Zamonaviy iqtisodiy o‘sish modellari mundarija kirish I bob zamonaviy iqtisodiy o’sish modellari


Iqtisodiy o’sish sifati omillarining ilmiy uslubiy asoslari



Download 0,98 Mb.
bet8/13
Sana06.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#749804
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY O‘SISH MODELLARI (3)

1.3 Iqtisodiy o’sish sifati omillarining ilmiy uslubiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Ayni shu ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, ya’ni, jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilgan, o‘zimizning resurs va imkoniyatlarimizni real baholagan holda, biz oldimizga aniq maqsadni – ya’ni, 2030 yilga borib mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 2 barobar oshirish vazifasini qo‘yishimiz uchun bugun, hech shubhasiz, barcha asoslarimiz bor»1. Bu esa barqaror va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish, uning omillarini tadqiq etishni talab etadi. Ayrim davlatlarda iqtisodiy o‘sish yuqori,boshqalarda esa past darajada ifodalanadi. Mamlakatlar rivojlanishida ushbu ko‘rsatkich vaqt bilan bog‘liq turli holatlarda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish uning omillari hajmi va darajasi o‘zgarishi bilan ham o‘rganiladi. Qisqa muddatli iqtisodiy o‘sishda mehnat va kapital omillaridan foydalanish davri o‘zgarishi nazarda tutilsa, uzoq muddatlida – ishlab chiqarishdagi omillar hajmi va texnologiyalarning o‘zgarishi nazarda tutiladi. Qisqa muddatli davrda 1-3 yil inobatga oli nadi va tashqi iqtisodiy konyunktura hamda makroiqtisodiy siyosat bilan bog‘lanadi. Uzoq muddatli o‘sish 5-10 yillik davrni o‘z ichiga oladi va unda tarkibiy islohotlar natijalari o‘zgarishi mumkin2. Ba’zi manbalarda, YAIMning uch yil davomida ijobiy o‘sishi barqaror o‘sish sifatida talqin etiladi. Boshqa bir manbada4 iqtisodiy o‘sisherishgan darajasiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: barqaror iqtisodiy o‘sish (5% va undan yuqori); yuqori bo‘lmagan iqtisodiy o‘sish (2-3%); sekinlashgan iqtisodiy o‘sish (1-2%); beqaror iqtisodiy o‘sish; muvozanatlashgan iqtisodiy o‘sish. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning ijobiy darajasiga dastlab 1996 yilda, aholi jon boshiga esa 1997 yilda erishildi va ushbu holat izchil davom etib kelmoqda (1-rasmga qarang).
Shunday bo‘lsa-da, mazkur ko‘rsatkichlarda miqdoriy jihatlar ifodalangan bo‘lib, ularning samaradorligi va sifat xususiyatlari qay darajada ekanligini o‘rganish lozim. V.Isterli va R.Levinlar5 samaradorlik masalasiga alohida to‘xtalib o‘tgan bo‘lib, ularning fikricha, omillarni jamg‘arish iqtisodiy o‘sish uchun muhim ahamiyat kasb etmaydi, balki ularning unumdorligi o‘sish darajalari orasidagi farqni tushuntirish uchun asos hisoblanadi. YA’ni, barcha omillar bir vaqtda o‘zaro ta’sirlashuv doirasida ortib, rivojlanib boradi.
Iqtisodiy o‘sish sifatining o‘zgarish darajasi bilan aholi turmush darajasi o‘rtasidagi nisbatlar ham turlicha o‘zgarib borganligini qator mamlakatlar tajribasidan ko‘rish mumkin. Jumladan, Hindistonda kuzatilgan 1980-2005 yillardagi o‘rtacha 3% o‘sish davomida kambag‘allik darajasi 1,5 barobarga o‘sgan1. Bu esa iqtisodiy o‘sishning nafaqat uzoq muddatli barqaror darajasiga, balki sifatiga ham alohida e’tibor berishni talab etadi. Bir qator tadqiqotlarda iqtisodiy o‘sish sifatini uning barqaror darajasi bilan bog‘lashadi2. Bu esa iqtisodiy o‘sishning an’anaviy omillarini ham tadqiq etishga alohida e’tibor qaratishni talab etadi. Iqtisodiy adabiyotlarda taklif, talab va taqsimot o‘sish omillari sifatida ilgari suriladi.

Ular iqtisodiy o‘sishning an’anaviy omillari hisoblanadi. Ayrim manbalarda taklif omili tarkibiga mehnat omili, tabiiy resurslar darajasi, texnologiyalar darajasi (uning tarkibida ITT, kapital bilan ta’minlanganlik kabilar kiradi), institutsional omillar (jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasi, ijtimoiy institutlarning rivojlanganlik darajasi, davlat siyosati kabilar kiritiladi va ular yuqoridagi omillar amal qilishi uchun subyektiv jihatlarni o‘zida ifodalaydi) kiritiladi. Boshqa mualliflar iqtisodiy o‘sishning taklif omiliga quyidagilarni kiritadilar: tabiiy resurslar mavjudligi; mehnat resurslari miqdori va sifati; kapital; ilmiy texnika va texnologiya darajasi. Shunday bo‘lsada, tabiiy resurslar darajasi barqaror o‘sish va uning sifati uchun asos bo‘la olmaydi. Tabiiy resurslarga boy mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atining past bo‘lish holati ikki xil jihat bilan, ya’ni, makroiqtisodiy va institutsional jihatlar bilan izohlanadi. Makroiqtisodiy jihatlar quyidagilar: tabiiy resurslarga bo‘lgan narxlarning ortishi qazib chiqaruvchi bo‘g‘inda ishlab chiqarish omillari to‘planishi natijasida qo‘shimcha qiymat yaratuvchi tarmoqdan mehnat omillarining qazilma ishlariga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Institutsional jihati – tabiiy resurslardan olinayotgan yuqori daromad iqtisodiy tizimda amal qilayotgan institutlarning «buzilishiga» olib keladi. Iqtisodiy o‘sishning talab omillariga davlat va shaxsiy iste’mol, yalpi jamg‘arma hamda eksport imkoniyatlari kiradi. Taqsimot omillari asosan davlatning mavjud resurslarini samarali taqsimlashga qaratilgan makroiqtisodiy siyosat va chora tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy iqtisodiy o‘sish omillari ilmiy nazariyalarda asosiy va ikkinchi darajali (yoki yordamchi), yoxud bevosita va bilvosita turlarga ajratib o‘rganiladi3. Asosiy yoki bevosita turiga sanoatga kapital qo‘yilmalar, innovatsiya va yuqori texnologiyalar, kompyuterlashtirilgan ishchi o‘rinlari, pulning xarid qobiliyati, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarishning texnik va tashkiliy jihatlari kabilar kiritilsa, yordamchi va bilvosita omillar sifatida asosiy e’tibor texnologik, tashkiliy va tarkibiy jihatdan mehnat sharoitini yengillashtirishga qaratiladi. Shuningdek, mehnatga haq to‘lash, soliqqa tortish tartibi va tamoyillari, narxni shakllantirish mexanizmlari hamda ushbu omillarning o‘sishga ijobiy ta’sirini oshirish borasida davlatning iqtisodiy siyosatini


tadqiq etish targ‘ib qilinadi. Boshqa bir manbada iqtisodiy o‘sish omillari inson, buyumlashgan, ijtimoiy va tabiiy omillar (resurslar)ga bo‘lib o‘rganilgan.
Inson omili – bu mehnat qilishga qobiliyatli insonlarning bilimi va kasbiy mahoratini o‘z ichiga olgan ishchi kuchi yoki ishlab chiqarish quvvati hisoblanadi va bu umumiy holda inson kapitalini ifodalaydi. Buyumlashgan ishlab chiqarish omillari inson mehnati asosida yaratilgan ishlab chiqarish omillarini o‘z ichiga oladi, jumladan, xom ashyo va materiallar, mehnat qurollari va asbob-uskunalar, bino va inshootlardir. Ijtimoiy omillarga infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan va madaniyat, aholini ijtimoiy himoyalash, davlat xavfsizligini ta’minlash, kommunikatsiya vositalari kiradi. Yuqorida qayd etilgan omillar iqtisodiy o‘sishning an’anaviy taklif omillarini uyg‘unlashgan shaklda ifodalaydi. Bunda, inson omili – mehnatni, buyumlashgan ishlab chiqarish omillari – kapitalni, tabiiy omillar – tabiiy resurslarni ifoda etayotgan bo‘lsa, texnika taraqqiyotini inson omili tarkibiga qo‘shgan holda an’anaviy omillarga alohida e’tibor bermoqda. Zamonaviy iqtisodiy o‘sish nazariyalarida barqaror o‘sish sifatining qator omillari tadqiq etilgan. Bunday tadqiqotlarda o‘sish sifatining har uchala jihatini ta’minlovchi texnika taraqqiyoti va uniyu inson kapitali hamda tabiiy o‘sish asosida rivojlanishi kabi masalalar o‘z aksini topgan. Iqtisodiy o‘sish sifatiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishda g‘arb olimlari asosan uning inklyuziv o‘sish jihatlariga e’tibor qaratganlar. Jumladan, Kunal Sen o‘z tadqiqotlarida5 iqtisodiy o‘sish sifatining inklyuziv jihatlariga e’tibor berib, asosiy omillar sifatida iqtisodiyotda institutsional tizim sifati, korrupsiya, qonunchilik va demokratiya, barqaror o‘sish, eksport darajasi, davlat iste’moli kabilarning ta’sirini o‘rgangan. P.Velala, M.Madala va U.Chxattopadxay inklyuziv o‘sish omili sifatida birinchi navbatda tezlashgan, barqaror o‘sish darajasini qaraydilar, shu bilan birga, uning asosida yuzaga keluvchi salomatlik, ta’lim, kommunal xizmatlar bilan aholining ta’minlanganlik darajasi kabilar hamda ish bilan bandlik, mehnat unumdorligi, inson kapitaliga investitsiyalar, davlatning makroiqtisodiy siyosati samaradorligiga e’tibor qaratadilar. CH.Aoyagi va G.Ganelli1 tadqiqotlarida inklyuziv o‘sishni ta’minlovchi ishsizlikning kamayishi, savdo erkinligi va unumdorlikning o‘sishiga qaratilgan budjet-soliq, pul-kredit siyosati hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘sish sifati omillari deb qaragan. Shuningdek, ular tadqiqotlarida qayta taqsimot,inflyatsiya, YAIM, qishloq xo‘jaligida ish bilan bandlik, ishsizlik darajasi, savdo erkinligi, mehnat unumdorligi, aholi jon boshiga YAIM (bir davr avvalgi), eksportniyu YAIMdagi ulushi, aholi jon boshiga YAIM kabi omillarni ham sanab o‘tishgan. R.Anand, S.Mishra, Sh.Peyris tadqiqotlarida makroiqtisodiy barqarorlik, inson kapitali, tarkibiy o‘zgarishlar, globalizatsiya sharoitida to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hamda iqtisodiyotning ochiqlik darajasi inklyuziv o‘sish omillari sifatida qayd qilinadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq masalalar va ularga turli omillarning ta’siri amaliy va nazariy jihatdan atroflicha o‘rganilgan bo‘lib, mazkur izlanishlar asosan rivojlangan iqtisodiyot uchun mos keladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga esa nisbatan kam e’tibor qaratilgan. Mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiyotdagi chuqur tarkibiy o‘zgarishlarning davom etayotganligi hamda O‘zbekistonda to‘la bandlik darajasi ta’minlanmaganligi bois ekstensiv omillarga ham e’tibor berish zarur. Bu o‘rinda MDH mamlakatlaridagi mazkur masalaga tegishli tadqiqotlarni alohida o‘rganish talab etiladi. MDH mamlakatlari miqyosida iqtisodiy o‘sishning barqaror darajasini ta’minlashga bag‘ishlangan bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, A.Golub jamg‘armani va ishchi kuchini qo‘shimcha qiymat yaratuvchi
sohada oshirish barqaror o‘sishni ta’minlaydi, deb hisoblaydi3. YE.Yasin fikricha, barqaror iqtisodiy o‘sish iqtisodiyotni quyidan modernizatsiya qilish, fan va ta’limni rivojlantirish, investitsiya va jamg‘armalarni o‘stirish, innovatsiyalarni intensivlashtiruvchi institutsional o‘zgarishlarga bog‘liq4. S.Glazyev barqaror o‘sishni ta’minlash moliya bozori, bank, moliya va investitsion institutlarni tartibga solish samaradorligini oshirish, yangi texnologik ukladning o‘sishini rag‘batlantirish va yangi mos institutlarni shakllantirish asosida amalga oshiriladi, deb hisoblaydi5. V.Mau, Z.Boschayevalar tadqiqotlarida asosiy e’tibor innovatsiya va yangi texnologiyalarni amaliyotga keng tatbiq etishga qaratilgan. Ayni damda, iqtisodiy o‘sish sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari ham amalga oshirilayotgan bo‘lib, K.Xubiyev tadqiqotlarida innovatsiya va texnika-texnologiyalardagi o‘zgarishlar hamda axborot-kommunikatsiya tizimining rivoji asosiy omillar sifatida qaralgan1. A.Aganbegyan ham innovatsiya va texnologiyalardagi o‘zgarishlar bilan birga raqobatdoshlikni sanab o‘tgan2. S.Gubanov barqaror iqtisodiy o‘sish sifati omillari innovatsiya va texnologiyalardagi o‘zgarish hamda qo‘shilgan qiymat yaratuvchi sohalar rivoji deb ta’kidlaydi3. Shuningdek, V.Kulikova, N.Frolova va I.Tenyakovlar ham o‘sish sifati omillari deb innovatsiya va texnika-texnologiyalardagi o‘zgarishlarni biladilar4. T.Kostina esa samaradorlikdagi o‘zgarishlarni qaraydi5. MDH mamlakatlari olimlari tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar, olib borilgan tadqiqotlar asosan Rossiya iqtisodiyoti xusu siyatlaridan kelib chiqqan bo‘lib, ular tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar Rossiya iqtisodiyoti xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan. Ayni chog‘da, iqtisodiy o‘sish samaradorligi, sifati bilan bog‘liq omillarni tadqiq etishga metodologik va metodik yondashuvlarga kam e’tibor berilgan. O‘zbekistonlik bir guruh olimlar barqaror iqtisodiy o‘sish omillari sifatida texnika-taraqqiyotini amalga oshirish, qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, tarkibiy o‘zgarishlarning sifat darajasini ta’minlash, investitsiyalarni oqilona taqsimlash masalalariga e’tibor qaratgan bo‘lsalar6, A.O‘lmasov va Sh.Shodmonovlar esa an’anaviy omillarni tadqiq etganlar7. A.Vaxobov va A.O‘lmasovlar esa barqaror o‘sish omillari sifatida quyidagilarni sanab o‘tishgan: ishlab chiqarishdagi moddiy kapital; inson kapitalining sifat darajasi;
ishlab chiqarishning texnologik usullari; investitsiyalar miqdori va tarkibi; ta’lim darajasi; iqtisodiy erkinlik darajasi; iqtisodiyotning ochiqligi; xalqaro bozordagi holat; demografik vaziyat8. A.Rasulov, A.Qodirov va R.Alimovlar investitsiya muhiti, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, innovatsiyalar o‘sishning barqarorligini ta’minlovchi omillar, deb ta’kidlaydilar9. Sh.Yuldashev xorijiy investitsiyalar ta’siriga alohida to‘xtalib o‘tgan bo‘lsa10, Y.Muxammedov tadqiqotlarida barqaror iqtisodiy o‘sishning ekonometrik modellari o‘rganilgan. Iqtisodiy o‘sish sifati omillari S.Chepel ishlarida ham tadqiq etilgan bo‘lib, unda samaradorlik, aholi savodxonligi, ishbilarmonlik muhiti, institutsional jihatlar va davlat institutlari sifati kabi omillar tadqiq etilgan1. I.Qayumova innovatsiyalar, biznes muhiti va tadbirkorlik sharoiti, axborot kommunikatsiya tizimi va ta’-
lim darajasini o‘sish sifati omillari deb qaraydi2. T.Shodiyev esa mazkur omillarni aholi savodxonligi, axborot texnologiyalari hamda samaradorlik tarzida sanab o‘tgan. Yuqoridagi tadqiqotlarda kichik biznesning YAIMdagi, ish bilan bandlardagi ulushi, eksport va uning tarkibi, tarmoqlarning bir qator samaradorlik jihatlari sifatini ta’minlashdagi o‘rni, kapital qo‘yilmalarning manbalari, xorijiy va milliy investitsiyalar, kapital intensivlik, kapital qaytimi, mehnat unumdorligi, iqtisodiy o‘sishning kapital sig‘imi va mehnat salmog‘i kabi iqtisodiy o‘sish omillariga kam e’tibor qaratilgan, zero, mazkur manbalar mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish va uning sifati uchun muhim omillar sanaladi.
Barqaror iqtisodiy o‘sish va uning sifatini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etishga qaratilgan izlanishlarni umumlashtirish asosida O‘zbekiston uchun quyidagi omillarni muhim deb hisoblaymiz: yalpi talab omillari; jamg‘arma va uning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar; eksport va uni oshirish; asosiy va inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalar; texnologiyalar darajasi va innovatsiyalar, ularni rivojlantirishga qaratilgan infratuzilma holati; ishlab chiqarishning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish va tarkibiy o‘zgarishlarga qaratilgan davlat siyosati; hududlarning iqtisodiy mutanosib rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati; ta’lim, fan va sog‘liqni saqlashga davlat tomonidan xarajatlar darajasini o‘stirish va maqsadliligini ta’minlash hamda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlarni kengaytirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobat va erkinlikni kengaytirish. Yuqori rivojlangan davlatlar tajribasining ko‘rsatishicha, iqtisodiy o‘sishning muhim jihati uning sifati, ta’minlovchi omil esa innovatsiya hisoblanadi. Shuningdek, zamonaviy nazariy yondashuvlarning ko‘rsatishicha, iqtisodiy o‘sishni asosiy harakatga keltiruvchi kuch texnologik taraqqiyot hisoblanadi. O‘z navbatida ta’lim, fan va yuqori texnologiyalar iqtisodiy o‘sish manbaining, farovon hayot va davlat taraqqiyotining asosidir. Demak, iqtisodiy o‘sish samaradorligini oshiruvchi asosiy omil investitsiyadir. Chunki asosiy kapitalni o‘stirish, inson kapitalini jamg‘arish, texnika taraqqiyotini birgalikda qo‘llash natijasida tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshadi. Ular negizida esa moliyaviy mablag‘lar yotadi. Ayni paytda iqtisodiy o'sish muammolari, hozirda iqtisodiy muhokamalar va turli millatlar, xalqlar va ularning hukumatlari vakillari tomonidan iqtisodiy muhokamalar va muhokamalarga asoslanadi. Real ishlab chiqarishning o'sishi ma'lum darajada iqtisodiy tizim duch keladigan muammoni hal qilish uchun ma'lum darajada muammoni hal qilishga imkon beradi: inson ehtiyojlarining cheksizligi cheklangan.Ichida so'nggi yillar Iqtisodiy farovonlikka erishgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o'sishning istaklari to'g'risida jiddiy shubhalar bo'lgan. Turli sabablar beriladi. Ulardan biri atrof-muhitning ifloslanishi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish