Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


BUYUK  SHARQNING  KITOBXONLIK  TARIXI  VA KELAJAGI



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

BUYUK  SHARQNING  KITOBXONLIK  TARIXI  VA KELAJAGI 
Abdurahmonova Muhabbat Obloqulovna 
Buxoro  viloyati Gʻ ijduvon tumani 17-umumiy oʻrta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot 
fani 
oʻqituvchisi
 
 
  Mustaqil    respublikamizning  kelgusi  taraqqiyoti,  uning  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  ma'naviy 
rivojlanishi  hozirgi  davrda  hayotga  qadam    qoʻyayotgan  yosh  avlodga,  ularning  kamolotiga  bevosita 
bogʻliqdir. Jamiyat istiqboli ham, xalqimiz istiqloli ham har tomonlama yetuk, komil insonlarni tarbiyalab 
voyaga yetkazishni taqozo etadi. Kitobxonlik madaniyati xalqning ma`naviy qiyofasini belgilaydi. Shu bois 
bugun yurtimizda aholining, ayniqsa, yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga katta e`tibor 
qaratilmoqda. Xalq ta`limi tizimida o'quvchilarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish 
bugungi kunning dolzarb masalasidir. Prezidentimizning 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish 
va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi  va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot 
qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi farmoyishi xalqimiz ma`naviyatini yanada yuksaltirish, yosh 
avlod  qalbida  kitobga  mehr  uygʻotish,  komil  insonni  tarbiyalash  borasida  juda  muhim  qadam  boʻldi. 
Mazkur farmoyish biz,  tilshunoslarning  zimmamizga ham ulkan mas`uliyatni yukladi. Avvalo, kitobxonlik 
masalasi jamiyatning negizini tashkil etuvchi oiladan boshlash lozim. Har bir oila oʻziga xos an'anaga, boy 
ijodiy-intellektual  boylikka  ega.  Ana  shu  ma'naviy-madaniy  boylikni  oʻrganish,  undan  jamiyat 
taraqqiyotida  foydalanish,  kelgusi  avlodlarga  yetkazish  uchun  bilim  va  tafakkur  manbai  kitobxonlikni 
oiladan  va  maktabdan  boshlamoq  zarurligini  koʻrsatadi.  Lekin  bu  muammo  O.Sharofiddinov 
ta'kidlaginidek,  “Keng  ma'nodagi  kitobxonlik    masalasi  faqat  chaqiriqlar-u  da'vat  bilan,  xitobu  shiorlar 
bilan hal boʻladigan masala emas... ma'naviyat masalalariga juda katta ahamiyat  berayotgan, uni har bir 
fuqaro qalbiga yetkazish tadbirlarini juda jiddiy oʻylayotgan jamiyat... bu yoʻldagi dasturiga kitobxonlik 
dasturini  ham  qoʻshib  qoʻymasa  boʻlmaydi”-juda  jiddiy  masaladir.  Olim  bejizga  bu  haqda  kuyinib 


 
209 
 
gapirmagan.  Chunki,oilada  bolalarni  kitob  vositasida  tarbiyalash  juda  qiyin  jarayon.  Ana  shu  jarayonda 
oʻqilayotgan  kitoblardagi  barcha  hodisa-voqealar  ota-ona,  oilaning  boshqa  a'zolari  va  bolalar  uchun 
tushunarli  boʻlishi,  oʻquvchilarda  insoniy  fazilatlarni  tarbiyalashi,  bilim  berishi,  ezgulikni  his  etishga 
yoʻllashi zarur. Ana shu taqdirdagina kitobxonlik oʻquvchi ma'naviyatini shakllantirishga yordam beradi. 
Bunda ota-onaning ma'naviy dunyosi, xulq-odobi, orzu-umidlari, hayotiy tajribasi, an'analari, kasbi katta 
yordam beradi. Kitob bolani dunyoni anglab olishi bilan bir qatorda ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, 
uning shaxsiy fazilatlari tarkib topib boradi, hayot va turmush ziddiyatlarini qanday qilib yechish yoʻllarini 
tushunib yetadi. Bu xislatlarni egallab olgan har bir oʻquvchi yuksak ma'naviyatli shaxs boʻlib yetishadi. 
Uzoq  yillik  tarixga  nazar  tashlasak,  Sharqda  farzand  ham  oilani,  ham  yurtni  shon-shuhratga 
burkashni oʻzining  ilk burchi deb bilgan.  Islom olamida shunday  hikmat mashhur boʻlgan: “Joy kishini 
emas, kishi joyni aziz etadi”. Buning quyidagicha sharhlari bor: 
Birinchidan,  sen  farzandlik  burchingni  oʻtamog‘ing  uchun  dunyoga  chiq,  dunyo  seni  va  tug‘ilgan 
joyingni tanisin. Qadimda bu hol “el kezish” deb atalgan. 
Ikkinchidan,  ilmda,  axloqda  va  faoliyatda  farishtasimon  boʻl,  toki  tug‘ilgan  yurtingga  olam  sajda 
qilsin. 
Uchinchidan, tug‘ilib oʻsgan joying bilan g‘ururlanma, bu oʻtkinchi haqiqatdir. Qoʻlingdan kelsa joy 
nomini aziz qil. 
Sharqda  farzandlar  butun  hayotida  ana  shu  aqidani  amalga  oshirishga  intilganlar.  Misol  uchun 
Bahouddin Naqshband tug‘ilgan qishloq oʻsha kezlari “Qasri hinduvon” - hindlar yashaydigan qishloq deb 
atalar  ekan.  Bahouddin  Naqshband  olamni  valiylik  nuriga  toʻldira  boshlagach,  qishloq  “Qasri  Orifon” 
Xudoni  taniganlar  –  bilimlilar  qishlog‘i  deb  atala  boshlangan.  Bu  darajada  oʻz  joyini  shon-shavkatga 
burkash uchun har bir inson oila va maktabdan qalbga nur va ilm bilan chiqishi lozim.Xuddi shu maqsad 
bilan  tarbiyalangan  insonlar  yurti  ham  obod boʻlib boravergan.  Buyuk  allomalarimizning  onalari  oilada 
farzand  kamoloti  uchun  kitob  mutolaasi,  bilim  egallash  nechog`lik  muhim  ekanligini  yaxshi    anglagan 
holda  o’z  farzandlarini  tarbiyalaganlar.  Buyuk  sharqning    kitobxonlik  an`anasi    tarix  zarvaraqlariga  oʻz 
izini  qoldiraolgan.  Bizgacha  yetib  kelgan  manbalarning  guvohlik  berishicha  sharq  gavhari  bo’lmish 
Buxoroda  oʻsha  davrlardanoq  katta  kitob  bozori  boʻlgan,  kitob  doʻkonlarida  olim  va  fozil  kishilar 
uchrashib, ilmiy muloqot, munozaralar o’tkazgan. Abu Ali ibn Sino kitob do’konlaridan birida Forobiyning 
Aristotel “Metafizika”siga yozgan sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi. Buxoro amiri 
saroyida esa yirik kutubxona mavjud boʻlgan. Amir kutubxonasini oʻsha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan 
bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar. Kitobga bo’lgan qiziqish uzoq oʻtmishdan asrlar 
osha bizga ulkan meros boʻlib yetib kelgan. Tarixdan bizga ma'lumki, buyuk mutafakkirlarimiz tarbiyasi 
juda erta, ya'ni 3-4 yoshdan boshlangan, kitob mutolaa qilishga, oʻz onalari yoki enagalari (tarbiyachilari) 
yordamida ertaklar, dostonlar, qissalar, rivoyatlar, hikmatli soʻzlarni tinglashga, kitob bilan doʻstlashishga 
ahamiyat berganlar. Shuning uchun boʻlsa kerak buyuk allomalarimiz ham olim, ham shoir, ham san'atkor, 
ham ijodkor, bir so’z bilan aytganda har tomonlama yetuk bilimli va komil inson bo’lib tarbiyalanganlar. 
Kitobxonlik masalasida bejizga tarixga nazar tashlanmadi. Chunki oʻz tarixini yaxshi bilmagan, ajdodlari 
qoldirgan ilmiy merosni puxta egallamagan va ularning yoʻlini davom ettirmagan kelajak avlod mustaqil, 
mustahkam yurtning poydevori bo’lolmaydi. 
 Oʻquvchi  bolalikdan  oilada  va  maktabda  kitob oʻqishni  bilgan  taqdirdagina  kitobxon boʻla  oladi. 
Adabiyotshunos  olim  S.Matchonov  “Kitob  oʻqishni  bilasizmi?”  degan  asarida  shu  masalada  mulohaza 
yuritadi.  U  kitobxonlik  ko’p  jihatdan  adabiyot  va  jamiyat  taraqqiyotiga  bog‘liq  deb  koʻrsatadi  va 
kitobxonlikni ijodiy mehnat sifatida ta'rif etib,  kitobxonlik mehnatining shakli, darajasi, tanlangan asarning 
turiga qarab oʻzgarib boradi, deydi. Bu borada ilmiy asarlar, albatta muayyan mehnat talab etishi, badiiy 
asarni oʻqish garchi mehnat talab etmaganday koʻrinsa ham, aslida kitobxon qahramon boshidan kechirgan 
voqealar orqasidan borib, asarda tasvirlangan voqealar ustida fikr yuritadi, qahramonlar taqdirini oʻylab, 
diqqatini  jamlaydi,  tafakkurini  ishga  soladi.  Bu  yozuvchi  maqsadini,  asarda  ilgari  surilgan  muammoni 
o’ylashga, fikr qilishga yo’llaydi. Ana shu jarayon kitobxonda estetik his-tuyg‘u uyg‘otadi. Shuning uchun 
ham badiiy asarni oʻqish va oʻqiganini tushunib oʻqish muhim sanaladi. Xullas, kitobni “tushunib” oʻqish, 
kitobxonlik darajasini,  uning madaniyatini koʻrsatadi. Buyuk mutafakkirlar birinchi  navbatda qobiliyatli 
kitobxon ham boʻlganlar. Demak, kitobxonlik qobiliyati tug‘ma emas, balki insonning kitob ustida ishlashi, 
malaka va koʻnikmalar hosil qilishi orqali kamol topa boradi, deydi olim. [2;  25-26] Adabiyotshunos Safo 
Matchonovning  fikriga  qo’shilgan  holda  kitobxonlik  bu  –  insonda  oʻqilganlari  yuzasidan  his-tuyg‘u 
uyg‘onishi, uning ruhiyatini oʻstirishi, kitob oʻqishning zaruriyatga aylanishi, bilim va tafakkurning ortishi, 
madaniy-ma'naviy saviyasining ortishi, hayot bilan badiiy adabiyot oʻrtasidagi oʻxshashlikni anglab olish, 
adabiyot bilan jamiyat taraqqiyoti oʻrtasidagi bog‘liqlikni tushunish bilan bog‘liq jarayondir. Xudoyberdi 


 
210 
 
Toʻxtaboyevning  yozishicha:  “Taraqqiy  etgan  xorijiy  mamlakatlarda  –  kitobxonlik  fan  darajasiga 
koʻtarilgan.  Kitobxonlik  kitobni  targʻib  qilishgina  emas,  balki  kitob  oʻqishni,  oʻqiladigan  kitobni  tanlay 
olishni, magʻzini chaqishni, ya'ni kitob yordamida oʻzini anglashni oʻrgatish hamdir” . Adabiyotimizning 
buyuk namoyandalarining ushbu xulosalaridan kelib chiqqan holda kitobxon oʻqimoqchi boʻlgan asari goh 
ilmiy, goh badiiy, goh ilmiy-fantastik boʻlishidan qat`iy nazar oʻquvchining yuragidan joy olsin, tafakkur 
dunyosini kengaytirsin, unga yangi gʻoyalar bera olsin, uni oʻz kelajagiga ishonch tuyg`usini shakllantira 
olsin.Shundagina  biz,  ya`ni  shu  yurtning  har  bir  fuqarosi  kitobxonlik  masalasining  mevasini  koʻra 
olamiz.Kitobxonlik qobiliyati tug‘ma emas, u insonning oʻz ustida ishlashi orqali, tarbiya vositasida kamol 
topadi. Kitobxonlik bu ijodiy mehnat. Buyuk mutafakkir olimlar, fan va madaniyat arboblari avvalambor 
iste'dodli  kitobxon  ham  boʻlganlar.  Shu  haqiqatdan  kelib  chiqqan  holda  biz  tilshunoslarning  oldidagi 
muhim  vazifasi  yoshlarimiz,  nainki  yoshlar  barcha  kitobxonlarimizning  kitobga  boʻlgan  muhabbatlarini 
yanada  kuchaytirish  va  asarlardagi  soʻzlarning  sofligi,  ma`nodorligi  bilan  shugʻullanishdan  iboratdir.     
Tarixda hech bir xalq yoki millat oʻz ozodligi va mustaqilligini osonlik bilan qoʻlga kiritmagan. Buni jahon 
tarixi,  jumladan,  yurtimiz  tarixi  ham  isbotlaydi.  Bizning  ajdodlarimiz,  ota-bobolarimiz  qadim  tariximiz 
davomida  necha  bor  yovuz  bosqinchilar  hujumiga  duch  kelib,  Vatanimiz  ozodligi  uchun  kurash  olib 
borganlar.  Masalan,  Toʻmaris,  Shiroq,  Spitamen,  Muqanna,  Jaloliddin  Manguberdi,  Najmiddin  Kubro, 
Temur  Malik,  Mahmud  Torobiy,  Amir  Temur  singari  mard  va  bahodir  sarkardalarimiz  boshchiligida 
yovlarga qarshi qilingan jangu jadallar, soʻnggi 130 yildan ortiqroq davom etgan istibdod davridagi ozodlik 
kurashlari,  jadid  bobolarimizning  xalqimizni  jaholat  va  mustamlakachilik  domidan  xalos  etish  yoʻlidagi  
ma’rifiy harakatlari bu fikrning tasdig’idir. Qiyinchiliklar bilan qoʻlga kiritilgan mustaqilligimizni asrab-
avaylash siz-u bizning muqaddas burchimizdir. 
           Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Sharofiddinov O. Kitobsiz yashab bo’lmas.O’zAS,1999.24-sentabr.           2.Donishmandlar tarbiya 
xususida: Arab, fors va boshqa sharq tillaridan Shorasul Zunnun tarj.To’pl.va nashrga tayyorl. A.Zunnun.  
Toshkent:O’qituvchi,1982.           
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish