Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


ONA TILI DARSLARIDA KICHIK GURUHLARDA ISHLASH



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

ONA TILI DARSLARIDA KICHIK GURUHLARDA ISHLASH 
Amanova Nazira 
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 17- umumiy o’rta ta’lim 
maktabi 
 
 Interfaol  ta’lim  jarayonida  dars  o’quvchilarning    o’zaro  muloqotlari  asosida  amalga  oshiriladi. 
Interfaol  so’zi  ingliz tilidan olingan bo’lib, ya’ni “interakt”, “inter”-o’zaro, “akt”-harakat, ta’sir, faollik 
ma’nolarini bildiradi.    
Interfaol  metod–  bu  o’quvchi  bilan  o’qituvchi  o’rtasida    ta'limni  o’zlashtirish  munosabatlarini 
kuchaytirish,  faollashtirish  demakdir.    Interfaol  metod  o’qituvchi  bilan  o’quvchini  hamkorlikda  ishlash 
vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol metod o’quvchini mustaqil fikrlashga 
undaydi. Interfaol metodlarni o’quv jarayoniga joriy etishning asosiy maqsadi shuki, dars qaysi shaklda, 
qayerda  o’tkazilmasin  ,darsda  o’qituvchi  bilan  o’quvchining  hamkorlikda  ishlashini  tashkil  etishdir. 
O’qituvchi  darsda  turli  muammoli  vaziyatlar  hosil  qilgan  holda  o’quvchilarni  turli  muammolarga  jalb 
etishi, ularning harakatlarini faollashtirishi va natijada o’quvchilarning o’zlashtirishlarini ta'minlashi lozim. 
Bunda o’qituvchi asosan yo’l yo’riq ko’rsatuvchi, xulosalovchi, kuzatuvchi vazifasini bajaradi. Interfaol 
metod orqali o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqil 
qaror qabul qilish, hissiyotlarini boshqara olish, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishning rivojlanishiga zamin 
tayyorlaydi.       Darsning mazmunli va samarali o’tishi uchun kichik guruhlarda ishlash qo’l keladi, chunki 
bunda har bir o’quvchi o’zi va guruhi uchun kurashadi.  Kichik guruhlarda ishlash an'anaviy darsdan nimasi 
bilan  farq  qiladi.  O’quvchilar  faol  ishlaydilar  va  topshiriqlarni    bajarishga  mas'uliyat  bilan  qaraydilar. 
O’quvchilar  jamoa  bo’lib  fikr-mulohazalarini  muhokama  qiladilar.  Tushuntirish  uchun  bir–birlarini 
tinglaydilar, savollar beradilar. Bir – birlariga yordam beradilar. Guruh ishlarida o’quvchilar o’zlarini erkin 
tu’tadilar,  o’ziga  nisbatan  ishonch  paydo  bo’ladi.    O’qituvchi  mavzu  bilan  tanishib  chiqishi  va  uning 
mazmuniga oid muammolarni belgilashi, guruhda ishlashning eng samarali yo’llarini belgilab olishi kerak. 
Masalan:  guruhni  4  ta  kichik  guruhga  bo’lib,  guruhlarga  topshiriq  beradi  va  vaqtni  belgilaydi  va 
mustaqkamlash  darsi  o’tilsa,  topshiriqlarni  bajarish  uchun  10  daqiqa  beradi.  O’quvchilar  guruhda  ish 
boshlaganda  bir  –  birlariga  savollar  beradilar,  egallagan  bilimlari  bo’yicha  o’zaro  fikr 
almashadilar.O’quvchilar  guruhlarda  ish  bilan  band  bo’lgan  vaqtda  o’qituvchi  xona  bo’ylab  yuradi,  u 


 
211 
 
barchani  kuzatib  topshiriqni  izohlab  beradi,  yordamga  muxtojlik  sezayotganlarga  yordam  ko’rsatadi, 
hamda dars mavzusi bilan band bo’lishini kuzatadi. Vaqt tugagandan so’ng hammaning e'tiborini doskaga 
jalb  qiladi.  va  har  bir  guruhdan  bittadan  vakil  doskaga  chiqib,  guruh  bajargan  ishni  butun  guruh  oldida 
taqdim etadi. Har bir guruh taqdimotidan so’ng boshqa guruhdagilar savol beradilar. O’qituvchi ham guruh 
ishlarini yakunlab bo’lgandan so’ng, ularga izoh beradi: xatolari bo’lsa, to’qrilaydi va xulosalaydi, guruh 
ishini baholaydi. Guruh bilan ishlashni tashkil etishda quyidagi tamoyillarniesdan chiqarmaslik kerak:   
1. Guruhlar tarkibi 3-7 o’quvchidan iborat bo’lishi kerak. O’quvchilar sonini ko’paytirish guruhlarda 
ishlash jarayonini qiyinlashtiradi va ba'zi o’quvchilarning chetda qolib ketishiga sabab bo’ladi. Ba’zan esa 
o’rtaga tashlangan fikrlar ko’payadi va natijada bu javob variantlarini qayta ishlashda o’quvchi qiynaladi. 
Natijada esa ba’zan to’g’ri javoblar chetda qolib ketadi.    
   2. Guruhlar tarkibini o’zgartirib turish kerak. Har bir darsdan yangi guruhni tashkil etish lozim. Bu 
hamma bolalarni bir birlari bilan do’stona munosabatda ishlashlarining imkonini tug’diradi.     
  3. Guruhda og’il va qiz bolalardan bir xil guruh bo’lib qolmasligiga e'tibor berish lozim.      
    4. Guruh tarkibini o’qituvchi belgilashi lozim: har bir guruhga qobiliyatli o’quvchilar bo’lishiga, 
qobiliyatli o’quvchilardan guruh tuzilib qolmasligiga e'tibor berish kerak.    5. Guruh ishining taqdimotini 
o’tkazish,  yakunlash  va  ularni  rag’batlantirib  borish  kerak.            Kichik  guruhlarda  ishlash  o’quvchining 
psixologik  jihatdan  rivojlanishiga  ham  quyidagicha  ta'sir  ko’rsatadi:          -avvalo  o’quvchilar  notanish 
masalalarni  ko’rib  chiqib,  qaror  qabul  qilishda,  har  bir  ishtirokchi  guruh  ishining  yaxshi  natijasi  uchun 
mas'uliyatni  sezgan  holda  ishga  kirishadi;  kichik  guruhlarda  ishlaganda  kamgap  o’quvchilar  o’zlarini 
erkinroq his qiladilar;               -o’quvchilarning o’zlariga  bo’lgan ishonchlari oshadi va kelajakda boshqa 
masalani muhokama  qilishda o’z  fikrlarini bildirib, faol ishtirok etadilar;  -shu uslub yordamida uyatchan 
o’quvchilar o’z fikrlarini o’rtaga tashlashni o’rganadilar. Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon pedagogika 
nazariyasi  va  amaliyoti tendensiyalaridan biri- bu an’anaviy o’qitish doirasidan  chiqishga intilish, o’quv  
jarayoniga zamonaviy nuqtai nazardan yondashishdir, ya’ni interfaol usullardan foydalanish.         
   Adabiyotlar:    1.N.S.Sayidahmedov “Ilg’or pedagogik texnologiya”   2.J.G’.Yo’ldoshev “Ilg’or 
pedagogik  texnologiya” Toshkent,”Fan”,2004 yil.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
212 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish