Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


O‘QUVCHIGA QOIDA YODLATMASDAN AMALIY KO‘NIKMANI



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

O‘QUVCHIGA QOIDA YODLATMASDAN AMALIY KO‘NIKMANI 
RIVOJLANTIRAYLIK 
Abdullayeva Barno Baxodirovna 
Urganch shaxar 28-son maktab uzbek tili fani Oliy toifali o`qituvchisi.  
 
So‘z  –  nutqining  asosiy  xom-ashyosi.  O‘quvchini  bu  xom-ashyo  bilan  ta’minlashning  asosiy 
mas’uliyati  ona  tili  ta’limi  zimmasiga  tushadi.  Shuning  uchun  so‘z  ustida  ishlash,  o‘quvchilarni  ularga 
notanish  bo‘lgan  so‘zlar  olamiga  olib  kirish,  nutq  sharoitiga  qarab  ularni  to‘g‘ri  va  o‘rinli  ishlatishni 
ta’minlash  ona  tili  mashg‘ulotlarining  muhim  tarkibiy  qismiga  va  ona  tilidan  o‘quvchi  bilimini 
baholashning asosiy omillaridan biriga aylanmog‘i lozim. 
Ona  tili  ta’limidan  asosiy  maqsad  “O‘quvchilarda  tilning  ichki  imkoniyatlaridan,  uning  tasviriy 
vositalaridan  nutq  jarayonida  samarali  va  o‘rinli  foydalanish  ko‘nikmalarini,  fikrni  turli  yo‘sin  va 
shakllarda ifodalay olish malakalarini hosil qilishdan iborat” ekan, bunga erishishni boy va barkamol so‘z 
xazinasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Nutq boyligi masalasi ona tilidan ta’lim samaradorligining amaliy ko‘rsatkich darajasiga ko‘tarilishi 
va so‘z boyligini oshirish hamda boyitish esa ona tili ta’limining asosiy maqsadiga aylantirilishi ta’limning 
jahon andazalariga mos keladi. 
Haqiqatda ham, o‘quvchliarga ona tilini o‘qitishdan maqsad nima? 
Maqsad  –  ularda  savodli  va  go‘zal  nutq  madaniyatini  hosil  qilish.  Ta’lim  samarasi  har  bir 
o‘quvchining  amaliy  nutqi  asosida  baholanishi  lozim.  Ona  tili  ta’limi  oldida  hozirgi  davr  qo‘ygan 
zamonaviy  talab  mana  shundan  iborat.  So‘z  boyligini  oshirishga  mone’lik  qiladigan  omillar  bir  nechta 
bo‘lib, ularni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin. 
 
Ona tili ta’limi mazmunining o‘ta ilmiyligi, nazariyiashtirilganligi va maydalashtirilganli bolalarning 
so‘z boyligini muttasil oshirib borish, so‘zdan tez, to‘g‘ri va o‘rinli foydaianish malakalarini shaklantirishga 
juda  katta  g‘ovdir.  Mashg‘ulotlarda  o‘quvchilarning  asosiy  vaqti  nutqiy  tadbirkorlik  va  samaradorlikni 
ta’minlashga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan til xodisalarini tahlil qilish-u, ularni quruq yodlab olish bilan band 
bo‘lmoqda. Hali yetarli so‘z boyligiga ega bo‘lmagan, o‘z ona tilining imkoniyalaridan nutqda foydalanish 
malakaiariga ega bo‘lmagan o‘quvchi gapda ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol kabilarni aniqlash-u, 


 
191 
 
ularning  talqinini  berish  bilan  cheklanmoqda.  Bu  esa  o‘quvchi  nutqining  rivojlanishida  hech  qanday 
ahamiyatga  ega  emas.  Chunki  ma’lumot  mazmunining  ilmiylashuvi,  nazariylashuvi  va  maydalashuvi 
bolalarni  fandan  bezdiradi:  amaliyotdan  yiroq,  murakkab  nazariy  bilimlarni  o‘zlashtirishning  qiyinligi 
o‘quvchilarda shu fanga nisbatan salbiy munosabat va o‘zlashtira olmaslik xavfini tug‘diradi. Ko‘r-ko‘rona 
vaqtincha  o‘zlashtirilib,  tez  orada  xotiradan  ko‘tariladigan  bilimlar  esa,  besamara  faoliyat  bo‘lib,  u 
o‘quvchilarda  o‘qishga  nisbatan  salbiy  ruhiy  munosabatni  vujudga  kaltiradi,  ulami  o‘qishdan  bezdiradi. 
Eng asosiysi bolalarning lug‘at boyligini oshirishdek foydali amaliy ishlar  grammatik talqinlar soyasida 
qolib ketadi. Jumladan, tilshunos olim B.Mengliyev ona tili ta’limi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirar 
ekan,  o‘quvchilarga  son-sanoqsiz  qoidalarni  yod  oldirishimiz,  gaplarni  ipidan  ignasigacha  tahlil 
qildirishimiz  bu  esa  o‘quvchinig  og‘zaki  va  yozma  nutqiga  qay  darajada  ta’sir  etish  haqida  o‘ylab  ham 
ko‘rmaymiz deya kuyinib gapirarkan yana shunday misollarni keltiradi: “Bolalarimizning nutqida tutilish, 
duduqlanish, “anaqa”, “haligi”, “nima desamikin” va h.k kabilarni har ikki so‘z orasida xuddi bog‘lama 
sifatida  qo‘llashlari  va  bundan  hijolat  ham  bo‘lmasliklari  haqida  gapirib,  buning  sababini  shunday 
ko‘rsatadi: “…ona tili predmeti to‘la-to‘kis tilshunoslik faniga aylanib bo‘ldi. O‘qituvchi ham, o‘quvchi 
ham,  ota-onalar  ham  ona  tili  ta’limi  deganda  tilshunoslik  qoidalarini  yodlash  va  ularga  doir  mashq  va 
topshiriqlarni  bajarishdan  boshqa  narsani  tasavvur  qila  olmaydigan  bo‘lib  qoldi.  Birinchi  planda  turishi 
kerak bo‘lgan og‘zaki va yozma nutq bo‘yicha savodxonlik, nutq va muloqot madaniyati, boy so‘z zaxirasi, 
notiqlik eng oxirgi o‘rinlarga tushib ketdi”12. 
Tilshunos olimning yuqoridagi fikrlari qanchalik to‘g‘ri va achinarli. Keyingi yillarda o‘zbek tilidan 
tuzilgan  dasturlarda  “Nutq  o‘stirish”  bo‘limi  ajratilgan.  Unga  maxsus  soatlar  berilgan.  Lekigin  dars 
jarayonida lug‘atlar bilan ishlamaslik, so‘zlarning izohini bilmaslik o‘quvchilrni na so‘z boyligini, na savod 
darajasini  oshiradi.  Bugungi  kunda  chuqur  mushohada  yurituvchu,  mustaqil  va  mantiqiy  fikrlovchi 
o‘quvchi yoshlarni tarbiyalashimizda oldimizda turgan muhim vazifalardan biri amaldagi ta’lim tizimidagi 
grammatik  qoidalar  va  ilmiylikni  bartaraf  etishdan  iboratdir.  Bu  grammatik  bilimlardan  to‘la-to‘kis  voz 
kechish  degani  emas,  albatta.  Ayni  bir  masalaga  ikki  xil  yondashuv  usuli  va  uning  samarasini  ko‘rib 
o‘taylik: 
  Grammatik, ilmiy. Gap ega, kesim,  aniqlovchi,  to‘ldiruvchi,  hol,  undalma,  kiritma  kabi tarkibiy 
qisimlarga ajratiladi va tahlil qilinadi. Bu usul bolalarda tayyor nutqni parchalash va uni chaynash, maktab 
amaliyoti  uchun  keraksiz  bilimlami  ajratishga  mo‘ljallangan.  Shu  bilan  birga  bolada  faqatgina  nazariy 
bilimlarni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan. 
Amaliy - ijodiy usul. Bu usul ona tilida «gapni kengaytirish» usuli deb yuritiladi. Gapni kengaytirish 
ham o‘z navbatida 2 turga bo‘linadi: 
Gapni  vertikal  kengaytirishda  berilgan  gapdagi  har  bir  so‘zga  ma’nodoshlar,  uyadoshlar  topilib 
pastga qarab ustuncha shaklida kengaytiriladi. Bunda o‘quvchi mustaqil, ijodiy fikrlaydi, so‘z izlaydi, so‘z 
topadi va nihoyat ana shu so‘zlarni o‘z nutqida to‘g‘ri va o‘rinli qo‘liash uchun so‘z tanlash imkoniyatlariga 
ega bo‘ladi. bu jarayonda o‘quvchi lug‘atlar bilan ishlaydi, mehnat samarasi sifatida ijodiy yaratiq yaratadi. 
Gapni kengaytirish usullari: 
So‘zga ma’nodoshlar topib gapni kengaytirish va ixchamlash. 
Do‘stim 
bugun 
xursand 
edi. 
 
 
o‘rtog‘ im 
Xushnud 
 


 
192 
 
dugonam 
shod-xurram 
 
jo‘ram 
Baxtiyor 
 
Oshnam 
vaqti chog‘ 
 
Birodarim 
kayfi chog‘ 
 
qadrdonim 
dimog‘ i chog‘ ……. 
…… 
 
 
 
Ushbu ma’nodosh so‘zlarning qo‘llanilish darajasi, nutq uslublari bilan bog‘liqlik jihatlari, ijobiy, 
salbiy bo‘yoqdorligi ya’ni stilistikasi yuzasidan ko‘nikma va malaka esa mashg‘ulot davomida “O‘zbek 
tilining sinonimlar lug‘ati” bilan ishlash jarayonida shakllanadi va takomillashib boradi. 
Kesimdan savol berib gapni kengaytirish va ixchamlash. 
Yozdim 
 
 
 
 
 
 
 
Men 
yozdim 
 
 
 
 
 
 
Men 
bugun 
yozdim 
 
 
 
 
 
Men 
bugun 
inshoni 
yozdim 
 
 
 
 
Men 
bugun 
adabiyot 
fanidan 
inshoni 
Yozdim 
 
 
Men 
bugun 
adabiyot 
fanidan 
komillik 
haqida 
inshoni 
yozdim…. 
Bu topshiriqiarni bajarishda bola yangi jumlasi uchun eng to‘g‘ ri, eng  nafis, eng joiz  so‘zni o‘zi 
mustaqil tanlaydi va asosiy mazmunni saqlagan holda yangi, o‘zining mustaqil fikri asosida shakllantirilgan 
“gapi”ni  quradi.  Bu  jarayon  bola  uchun  juda  jiddiy  va  qiziqarli.  Chunki  bu  yerda  bolaning  so‘z  tanlash 
qobiliyati rivojlanadi va takomillashadi. 
Ikkinchi usul «Gapni gorizontal kengaytirsh va ixchamlash» deb ataladi. Bu jarayon kesimdan savol 
berib gapni kengaytirish orqali amalga oshlriladi. 
Navbatdagi bosqichlarda o‘quvchiiar har bir kengaytirilgan bo‘laklarning o‘zini kengaytirish, boshqa 
so‘zlar bilan almashtirish orqali ham gap bo‘laklari haqida ma’lumot hosil qilishlari, ham so‘z boyliklarini 
oshirishlari hamda ravon nutq malakaiarini hosil qilishlari mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, 
maqsad  grammatik  ma’lumotlarni  ona  tili  mashg‘ulotlaridan  chiqarib  tashlash  emas,  balki  uni  nutq 


 
193 
 
o‘stirishga,  o‘quvchi  nutqida  to‘g‘ri  va  ravon  qo‘llay  olish  kompetensiyasini  shakllantirih  va 
rivojlantirishga xizmat qildirishdan iboratdir. 
Yuqoridagilarni amalga oshirishda yuzaga keladigan metodik qiyinchiliklar. O‘quvchilarning so‘z 
boyligini oshirishga mone’lik qilayotgan omillardan yana biri ko‘p hollarda ona tili mashg‘ulotlarida ta’lim 
metodi, usuli va vositalarining noto‘g‘ri tanlanganligidir. Ma’lumki, ta’lim jarayonida hamon o‘qitishning 
deduktiv usuli o‘z hukmronligini saqlab kelmoqda. O‘qitishning bu usulida o‘quvchi faqatgina tinglovchi 
nari  borsa,  o‘qituvchining  ko‘rsatmalari  asosida  harakat  qiluvchi,  berilgan  andozaga  qarab,  faoilyat 
ko‘rsatuvchi  shaxsga  aylanib  qoladi.  Til  materiallarini  berishning  bu  deduktiv  (qoidadan  tahlilga, 
umumiylikdan  xususiylikka)  usuli  o‘quvchini  faollashtirishni  qiyinlashtiradi,  uni  ta’lim  jarayonining 
tinglovchisiga aylantirib qo‘yadi. Chunki umumiy qoida, xulosa, ta’rif va talqinlardan amaliy ishga o‘tish 
jarayonida  o‘quvchining  fikrlash  faoliyati  chegaralanadi.  U  o‘rganilayotgan  til  hodisalarini  o‘z  aqliy 
faoliyati  jarayonidan  o‘tkaza  olmaydi.  O‘quvchi  o‘ylamaydi,  o‘zi  hodisalarni  kuzatib,  hukm  va  xulosa 
chiqarishni  o‘rganmaydi;  tayyor  qoidani  qabul  qiladi,  singmagan  qoidani  bir-ikki  mashg‘ulotda  baholi 
qudrat  amalda  qo‘llaydi  va  navbatdagi  mashg‘ulotga  o‘tgach,  o‘zida  singmagan  tushunchani  batamom 
unutadi. 
Shuni  unutmaslik  lozimki,  ona  tili  mashg‘ulotlarida  bolaning  ijodiy  fikrlash,  mustaqil  ravishda 
xulosalar  chiqarishiga  ko‘makiashadigan  so‘zlarni  kuzatish,  qiyoslash,  guruhlash,  umumlashtirish  kabi 
aqliy faoliyat usullaridan foydalanilmas ekan, ta’lim samaradorligiga umid bog‘lash qiyin. 
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi o‘zi mustaqil izlanib, qoida va xulosalar hosil qilmas ekan, bu 
qoida  va  xulosalarning  o‘quvchiga  hech  qanday  foydali  jihati  yo‘q.  Shuning  uchun  mashg‘ulotlarni 
deduktiv  (umumiylikdan  xususiylikka)  emas  aksincha  induktiv  (xususiylikdan  umumiylikka)  usulida 
amalga  oshirish  zarur.  bunda  o‘quvchiga  o‘xshash  hodisalar  berilib,  undan  o‘xshash  hodisalardagi 
umumiylikni ajratish va hodisalar sirasini davorn ettirish talab etilsa (“Venn diagrammasi”, “T- chizmasi”, 
“Klaster” tarmoqlash va h.k) samara tamoman boshqacha bo‘ladi. Birinchidan, umumiylikni hosil qilishda 
bolaning  mehnati  singadi:  hosil  qilingan  umumiylik  bolaning  faoliyat  samarasiga  aylanadi  (o‘ylaydi, 
izlanadi, farqlaydi, xulosa chiqaradi). Shuning uchun bu umumiylik o‘quvchining shaxsiy mulki sifatida 
abadiy  uniki  bo‘ladi  va  unutilmaydi.  Berilgan  hodisalarni  davom  ettirish  talabi  esa  hosil  qilingan 
umumiylikni  amaliy  tatbiq  bilan  mustahkamlaydi.  Umumiylikning  xususiy  voqealanishi  cheksiz 
bo‘lganligi sababli, bunday faoliyat o‘quvchini doimiy shakllanishga, rivojlanishga undaydi. 
O‘quvchining  ona  tili  va  adabiyot  fanidan  samarali  ta’lim  olishlari  va  ularning  so‘z  biyligini 
oshirishda  ularning  intellektiga  ham  alohida  e’tibor  qaratish  yuqori  natijani  ta’minlaydi.  Bunda 
konstruktivizm  nazariyasiga  amal  qilish  ya’ni  konstruktivist  o‘qituvchi  bo‘lish  lozim.  Biz 
o‘quvchilarimizga bilimni yodda saqlashni emas, balki olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish 
va hayotlari davomida samarali foydalanishga o‘rgatishimiz, yo‘naltirishimiz lozim. 
Adabiyotlar: 
1. 
Ne'matov.H.,  Gulomov  A.,  Ziyodova  T.  Hozirgl  olzbek  adabiy  tilini  o‘rganishda 
o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish. – Toshkent: «Xalq merosi», 2002. 
2. 
G‘ulomov A., Shukurov A. Ona tilidan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish. 
3. 
T.: «O‘qituvchi»,1989. 
4. 
G‘ulomov  A.,  Ne’matov  H.  Ona  tilidan  ta’lim  mazmunini  yangilashning  asosiy 
yo‘nalishlari. 
5. 
T.: «O‘qituvchi», 1992. 
6. 
Ziyadova  T.  So‘zi  boyniig  –  o‘zi  boy.  Ona  tili  o‘qituvchilari  uchun  o‘quv-metodik 
qo‘llanma. – Toshkent, RTM,1994, 60 bet. 
7. 
Ziyadova  T.  Dunyoni  so‘z  boshqaradi.  Ona  tili  o‘qituvchilari  uchun  o‘quv  -metodik 
qo‘llanma. – Guliston, 1995. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish