Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


PEDAGOGIK TA’SIRNING TA’LIM-TARBIYA SAMARADORLIGINI



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

PEDAGOGIK TA’SIRNING TA’LIM-TARBIYA SAMARADORLIGINI 
OSHIRISHDAGI O‘RNI 
Axunxadjayeva Go‘zal Erkinovna 
Toshkent davlat transport universiteti "Tillar" kafedrasi katta o‘qituvchisi 
 
Respublikamiz  istiqlolga  erishgan  hozirgi  davrda  shaxsga  chuqur,  asosli  va  umumiy  talablar 
qo‘yiladi lekin ikkinchi tomondan shaxsga katta hurmat ko‘rsatiladi. Bu shaxsga bo‘lgan talablarni va unga 
bo‘lgan  izzat-xurmatni  birga  qo‘shib  –  ikki  xil  shart  bo‘lib,  pedagogning  bolalarga  bo‘lgan 
munosabatlarining  chinakam  insonparvarligidir.  Pedagogik  ta’sir  ko‘rsatish  usullari  o‘z  o‘quvchilari 


 
189 
 
taqdiriga  berparvo  bo‘lgan  kishilar  qo‘lida  sof  kasb-korlik  vositalari  emas,  balki  inonlar  orasidagi  jonli 
munosabatlar majmuidir. 
Umuman  pedagogik  ta’sir  ko‘rsatish  usullarini  mukammal  egallamasdan  va  undan  mohirona 
foydalanmasdan turib ta’lim-tarbiya sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib bo‘lmaydi. 
Ijtimoiy ruhiyat nazariyasida va pedagogik amaliyotda o‘zaro fikr almashishda ta’sir ko‘rsatish ikki 
usulda olib boriladi: ishontirish va ta’sir etish. Rus pedagogi Uspenskiy 
«Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo‘li ishontirishdir, odamning e’tiqodiga esa faqat ishontirish 
bilan ta’sir qilish mumkin», degan edi. O‘qituvchi faoliyati o‘z o‘qituvchilarini ishontirish va ta’sir etishni 
talab  qiladi.  Pedagogning  barcha  ta’sirlari:  o‘quvchilarning  munosabatlari,  fikrlari,  xis-tuyg‘ulari, 
xarakatlarini o‘zgartirishga va mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, u muhit va tabiatning hamkorligiga 
ta’sirlanadi. O‘zaro hamkorlikda ta’sir ko‘rsatishning natijasi ishonchdir. Ishonch asosida o‘qituvchining 
bilimlar tizimi, dunyoqarashlari, munosabatlari va xulq-atvori shakllanadi. 
Ishonch – o‘zaro hamkorlikdagi ta’sir etishning natijasi ekanligini ko‘ramiz. Ishonch ikki xil, ya’ni 
haqiqiy  va  soxta  turlarga  bo‘linadi.  Haqiqiy  ishonch  real  borliq  hayot  talablariga  mos  bo‘lib,  u  insonni 
qadrli, obro‘li qiladi. Sohta ishonch o‘zi va birovlarning salbiy tajribasi, qarashlari asosida hosil bo‘ladi. 
O‘qituvchilardagi  soxta  ishonchni  o‘zgartirish  uchun  o‘qituvchi  ko‘p  kuch  sarflaydi.  U  uch  yo‘nalishda 
olib boriladi: sog‘lom ijtimoiy fikrni shakllantirish, qimmatli maxsus individual tajribani yaratish, noto‘g‘ri 
ishonchdagi qarash, bilim, tasavvur, tushunchalarni bartaraf etish. 
Ishonch  odamlarning  dil  rishtalarini  bog‘lovchi  katta  kuch.  Buning  uchun  odam  boshqalarga 
ishonmog‘i  ixlos  qilmog‘i  kerak.  Halollik,  adolat  sof  vijdonlilik,  poklik,  so‘z  va  ish  birligi  ishonchning 
mezonlaridir. Ikkiyuzlamachilarga, firibgarlarga, munofiqlarga hech kim ishonmaydi. 
Insonda ishonch uchta tarkibiy qismdan tarkib topadi: bilim – xissiyot – xulq-atvor. Ishonch quyidagi 
formula: tushunish – kechinmalari – o‘ziga qabul qilish – bajarish (o‘z faoliyati va atrofida) asosiy amalga 
oshiriladi. 
Ishontirish yordamida yangi qarashlar, munosabatlar shakllanadi yoki o‘zgaradi. Ishontirish shakllari 
tubandagilar: munozara, baxs, suhbat, xikoya qilish va namuna. 
Ishontirish  hamkorlikda  ta’sir  ko‘rsatishda  maksimum  ta’sirli  bo‘lishi  uchun  quyidagi  talablarga 
javob berish kerak. 
-ishontirish mazmuni, shaklli o‘quvchining rivojlanish darajasiga mos bo‘lishi  (kichik o‘quvchilar 
ertak, fantastik xikoyalar va boshqa); 
-ishontirishda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish; 
-ishontirish  umumlashgan,  konkret  asoslarga,  misollarga.  Boshlang‘ich  sinflarga  ovozli 
materiallarga tayanishi; 
-ishontirishda o‘qituvchi o‘z habar qilayotgan narsaga o‘zi chuqur ishonishi va h.k. ishontirishning 
o‘zaro hakorlikdagi ta’sir ko‘rsatish samarasi quyidagi shartlarda yuz 
beradi: 
-o‘zaro  hamkorlik  ta’sirning  kuchi  ishontirishning  obro‘siga  va  voqeaning  mazmuniga  bog‘liq 
(o‘quvchi o‘qituvchiga qanchalik ijobiy munosabatda xo‘lasa, shunchalik unga tez ishonadi): 
-ishontirishda o‘quvchining individual ruxiy holatini hisobda olish; 
-ishontirishda ishontiruvchining intellektual xissiy holati bilan  ishonuvchining holati mos bo‘lishi 
kerak.  Masalan,  bola  haddan  tashqari  hayajonlanganda  noxush  his-tuyg‘ular  unda  hamkorlik  qilganda 
uning hulqidagi kamchiliklarni ko‘rsatish orqali ta’sir ko‘rsatish samara bermaydi. 
Ishontirish metodi ta’sirli bo‘lmaydi qaysiki, fikr, hissiyot va iroda bir butun holda muvofiqlashadi. 
Ishontirishning samarasi o‘qituvchining so‘z va ish harakat birligiga bog‘liq. 
Ta’lim  va  tarbiyada  o‘qituvchining  ishontirish  haqida  Ibn  Sinoning  quyidagi  iboraning  so‘zlarni 
qimmatidir: «Har bir so‘z harakat va mimika bilan tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uyg‘otadigan bo‘lishi 
zarur». 
Pedagogik  ta’sir  ko‘rsatishda  ushontirish  metodi  bilan  bir  qatorda  ta’sir  ko‘rsatish  metodi  ham 
qo‘llaniladi. Uzoq yillar pedagogik jarayonda ta’sir etish tan olinmas edi. Biz xoxlasak, xoxlamasak ta’sir 
ko‘rsatish elementlari hayotda o‘zaro hamkorlikda muxim rol o‘ynaydi. So‘z yordamida biz o‘qituvchilarga 
ziyraklik yoki qo‘rquvni, o‘ziga ishonch  yoki ishonchsizlikni,  zerikish ishonch yoki suxbat singarilarini 
hosil qilamiz. 
O‘qituvchilarga  ta’sir  qilish  so‘zning  fandagi  ma’nosiga  qarab  emas  so‘z  va  nutq  intonatsiyasi, 
aniqligini ifodolovchi hamda bularni mustahkamlovchi imo-ishoralar – yuz, qo‘l harakatlari bilan bevosita 
hissiyotga ta’sir etadi. Bu haqida Makarenko: «… Yuz harakatlarni yaxshi egallamagan, o‘z yuzida zarur 


 
190 
 
ma’nolarni  bera  bilmaydigan  yoki  o‘z  kayfiyatini  ushlab  turolmaydigan  kishi  yaxshi  tarbiyachi  bo‘lishi 
mumkin emas» - deydi o‘rinli ta’kidlab. 
Suxomlinskiy  so‘zning  ta’siri  haqida:  o‘qituvchining  so‘zi  –  o‘quvchining  qalbiga  ta’sir 
o‘tkazadigan  yagona  so‘z.  Tarbiyachilik  san’ati  –  avvalo,  gapirish,  inson  yuragiga  murojaat  qila  olish 
san’atiga  bog‘liq.  Men  astoydil  ishonamanki,  ko‘pincha  katta  janjal  bilan  tugaydigan,  maktabda  tez-tez 
sodir bo‘lib turadigan mojarolar – o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan gaplashishni bilmasliklari oqibatidir» 
degan fikrlari qimmatlidir. 
Umuman,  pedagogik  ta’sirning  samarali  bo‘lishi  shartlari:  o‘quv  materialining  mazmuni:  ta’sir 
ko‘rsatishdagi  xolatiga  bog‘liqligi;  o‘qituvchining  ta’sir  ko‘rsatish  texnikasiga;  ta’sir  ko‘rsatishning 
asoslangan sifatiga va amalda qo‘llash uchun yaratilgan sharoitga va boshqalarga bog‘liq. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish