Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


XALQARO BAHOLASH «PISA DASTURI» RIVOJLANISH TENDENSIYASI



Download 7,41 Mb.
bet8/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

XALQARO BAHOLASH «PISA DASTURI» RIVOJLANISH TENDENSIYASI

Abdushukurova Nazokat Abdug’affor qizi




Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti talabasi

Ta’lim jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Bugungi kunda esa ana shu jarayon avj pallasiga kirdi. Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o‘zgarish sezilmaydi. Modomiki, zamon jadal sur’atlarda o‘zgara boryaptimi, demak, ta’lim ham shu o‘zgarishlarga hamohang bo‘lmog’i darkor.


YUNESKO 1988 yili o‘zining mashhur qarori bilan XX asr pedagogik konsepsiyalarining shakllanishiga jiddiy hissa qo‘shgan to‘rt pedagogni alohida e’tirof etgan. Bular Djon Dg‘yui, Georg Kershenshteyner, Maria Montessori va Anton Makarenkolar. Ular tomonidan ilgari surilgan ta’limning maqsad va vazifalari o‘z davri uchun hamda aksariyat g‘oyalar bugungi kun ta’limi uchun ham g‘oyat dolzarbdir.


Hususan, A.Makarenkoning fikricha, ta’limning bosh maqsadi ta’lim oluvchilarning sifatlarini shakllantirishda aks etmog’i kerak. O‘tmishdan hozirgi kungacha ta’limning bosh maqsadlari o‘q tomir sifatida quyidagilar belgilanib kelingan: yoshlarni ta’lim va tarbiya jarayoniga jalb etish, insoniyat madaniy merosini keyingi avlodga tizimli ravishda yetkazish, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiya qilish. So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini yuksaltirishga qaratilgan ilg’or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.[1;98\99-b]


Bugun mamlakatimizda taʼlim sifatini baholashda yangicha monitoring qilish xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllanmoqda. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish, mavjud tizim bilan qiyosiy tahlil qilish, tegishli yoʻnalishdagi


13
xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro loyihalarni joriy qilish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim sanaladi. Shunga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 16-sentabrdagi “2017-2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoring tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish to‘g’risida”gi 299-sonli buyrug’ining 3-band 2-xatboshida: Monitoring jarayonini tashkil etish, nazorat materiallari va turlarini ishlab chiqishda ilg’or xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS va h.k.) ni o‘rgangan holda milliy monitoring tizimini takomillashtirish va uning natijalari asosida o‘quv-metodik jarayonni yanada rivojlantirish choralarini ko‘rish haqida aytib o‘tilgan.


Inson faoliyati – uning rivojlanishi uchun zarur sharoit bo‘lib, uning jarayonida shaxs hayotiy tajribaga ega bo‘ladi, atrof-olamni idrok etadi, bilimlarni o‘zlashtiradi, malaka va ko‘nikma hosil qiladi. Hozirgi davrda zamonaviy texnika va texnologiyalarning hayotga kirib kelishi inson faoliyatida, ijtimoiy ongida katta o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etmoqda. Zero, olam to‘g‘risida va insonning hayotda tutgan o‘rni to‘g‘risidagi tasavvurlari o‘zgarmoqda, tafakkuri va olamni tushinishning yangi usullari shakllanmoqda, ma’naviy-amaliy o‘zlashtirishning yangi vositalari va usullariga o‘tish yuz bermoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining faoliyatida ijodkorlik uning samarali ta’lim faoliyatini belgilab beruvchi ilmiy tasavvurlari evristik ta’limning pedagogik asosi sanaladi. O‘quvchidagi bilish jarayoni ijodkorlik natijasida yuz beradi. Izlanishlar jarayonida ijodkorlik faoliyati namoyon bo‘lishi uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan, me’yorlarga ega bo‘lgan, o‘z-o‘zini anglagan faoliyat zaruriyati seziladi. Bu esa o‘quvchida atrof-olam ob’ektlari va ular haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish; ta’lim samaradorligini vujudga keltirish, faoliyatning avvalgi turlariga tayanishni taqozo etadi.O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida uning aqliy- intellektual, ijodiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Bu borada, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayonida ijodiy faoliyatini shakllantirish imkoniyatlari kengroq bo‘lib hisoblanadi. Chunki boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning aqliy qobiliyati, diqqati fikrlash darajasi faol rivojlanadi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mayl va intilishlari bilish va ijodiy faoliyatlari, iste’dodlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o‘z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan, texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bog‘liq. Shunga ko‘ra, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda har bir o‘quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir. [2;4/5-b]


Umuman aytganda, o‘quv jarayonini takomillashtirishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad uning sifatini yangi pog‘onaga ko‘tarishdir. Shunga ko‘ra o‘qituvchining faoliyatida qanday yangilik vujudga kelishi kerak? Avvalo, u materialni shunchaki bayon etmasligi va o‘quvchilarga tayyor xulosalar hamda umumlashmalarni aytib bermasligi, balki ularning fikrini o‘rganiladigan obyektga jalb qilishi, undan muammo topishi yoki imkoni bo‘lsa, o‘quvchilarning o‘zlarini mazkur obyektdagi muammoni mustaqil holda o‘ylashga rag‘batlantirishi, muammoli vaziyatni yaratib ularning diqqatini safarbar qilishi, tafakkurni faollashtirishi, ta’limdagi loqaydlikni bartaraf etishi, o‘quvchilarga o‘zlaricha mulohaza yuritib, zarur xulosalar va umumlashmalar chiqarishda yordam berishi, ularni kuzatishga, tasavvur qilishga, eslab qolishga, ijodkorlikka o‘rgatishi, ya’ni u o‘z tarbiyalanuvchilarini olgan bilimlari bilan kuzatilgan hayotiy dalillar va hodisalarga taqqoslash, shu asosda to‘g‘ri xulosalar va umumlashmalar chiqarishga odatlantirishi kerak. Mana shularning hammasi ta’lim jarayoniga zamonaviy mazmun baxsh etadi.[3;91-b]


Bilim ko’nikma va malakalarni tekshirish va baholash o’quv jarayonini eng muhim va zaruriy qismlaridan bo’lib, u 3 asosiy vazifani bajaradi:


a) bolalar tamonidan o‟zlashtirilayotgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalarini nazorat
qilish;

    1. bilimlarning sifatini aniqlash;




  1. o’quv dasturida belgilangan materiallarni ongli, izchil va mustahkam o’zlashtirib olishga undash. O’quvchilar bilimini baholashning asosiy maqsadi bilimni tekshirish orqali ulardagi nuqson va

kamchiliklar sezilib, mazkur sabablar aniqlanadi, kamchiliklar bartaraf etish choralari belgilanadi. Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi? Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga


olgan holda egallagan o‘rni to‘g’risida xulosalar chiqarish imkonini beradi.


Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi.


Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat materiallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi.


14
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish xususiyatlari aniqlash imkonni beradi;





    • boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish modeli va asosiy mezonlari belgilandi;




  • boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish mazmuni, shakl va metodlari tavsiya etildi;




  • boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish samaradorligi darajasi

aniqlandi.

Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmuni, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi.[4;4-b]


Foydalanilgan adabiyotlar.


1.R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova, M.K.Shirinov, S.Hafizov. Umumiy pedagogika. -Т .: «Fan va texnologiya», 2018y


2.Boltaeva Sh.T., Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish. Monografiya, Navoiy 2012y


3.R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, N.X.Voxidova. Pedagogika.Darslik, Toshkent 2010y


4.B.U.Normo’minov. Ta’lim jarayonini modernizatsiyalashda ta’lim sifati natijalarini baholash texnologiyasi. Samarqand 2015y


5.www.lex.uz



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish