Hadislardan birida: ―Ota – ona farzandiga go‘zal odobdan ko‘ra yaxshiroq narsa bera olmaydi‖,- deb aytilgan.
Dono xalqimizning ajoyib bir hikmatli so‘zi borki: ―Farzand aziz, tarbiyasi esa undanda aziz‖.
Bugungi kunda farzand tarbiyasi otalarning oldidagi vazifalari nimalardan iborat bo‘lishi kerak.
Farzandini shaxs sifatida kamol topishida ota har bir ishni donolik va xusherlik bilan amalga
oshirishi, sabrli bo‘lishi kerak. Milliy qadriyatlarni unutmay oilasiga, farzandiga mehr-muhabbat bilan yashashi kerak.
Tarbiya ota-onaning izlanishi va mexnatining samarasi. Farzandlarimiz biz kutgandek inson bo‘lishi uchun, avvalo tarbiyani o‘zimizdan boshlashimiz kerak.
Qashqadaryo viloyatida ota-onalar o‘rtasida farzand tarbiyasiga oid so‘rovnoma o‘tkazilgan edi. Farzandingiz tarbiyasi bilan oilada kim shug‘ullanadi degan savolga so‘rovnomada qatnashgan respondentlarning
75%dan ortig‘i oilada farzand tarbiyasi bilan ona shug‘ullanishini, 17 % i buvilar shug‘ullanishi bildirgan edi.
51
Xuddi shuningdek farzandingizga qachon oxirgi marta kitob sovg‘a qildingiz degan savolga 1.5-2.0 foiz otalar farzandi uchun kitob sotib olganligini bildirgan, aksariyati farzandiga kitob sotib olish bilan onalar shug‘ullanishini bildirgan.
Farzandingizga bir kunda qancha vaqt ajratasiz degan savollarga juda ko‘pchilik javob berishga qiynalgan.
―Yoshlar‖ telekanali orqali ota-onalar, bobo-buvilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov ham har birimizni o‘ylashga, fikrlashga, farzandimiz tarbiyasiga nihoyatda katta e’tibor qaratishimiz lozimligi eslatdi. Ko‘chada to‘xtatib savol berildi. Qachon farzandlaringiz bilan muzeyga bordingiz? So‘rov o‘tkazilgan respondentlarni 90 foizi qachon farzandlari bilan muzeyga borganliklarini eslolmadi.
Otalar farzand tarbiyasida e’tibor karatishi kerak bulgan xususiyatlar quyidagilardang iborat bo‘lishi
kerak:
Har bir ishga o‘zlari o‘rnak bo‘lishlari;
Farzandlari uchun vaqt ajratishlari va o‘z mehrlarini ko‘rsatib borishlari;
Farzandlarini o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishlari;
Farzandlari fikrini tinglash va e’tiborli bo‘lishlari;
Farzandlari qobiliyati iqtidorini, qiziqishini ko‘ra bilish, to‘g‘ri yunaltirishlari;
Farzandlari ishonchini oqlash. Berilgan va’dani albatta bajarish lozimligi;
Barcha uy-yumushlarini, tozalash, uy ta’mirlash, ovqat qilish, bozor qilishni o‘rgatishlari;
Farzandlar qalbida halollik va poklikni shakllantirishlari;
Farzandlarni bilim olishga, til o‘rganishga, kitob o‘qishga qiziqtirishlari;
Farzandlari oldida yolg‘on gapirmaslik, g‘iybat qilmasliklari;
Ular oldida o‘zgalarni kamsitish, haqoratlash, janjallarga yo‘l quymasliklari;
Farzandlari bilan do‘st bo‘lishlari;
Farzandlari ongiga ―Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat‖ ruhini singdirishlari;
Oiladagi kattalar bobolar va buvilarni hurmat qilishga o‘rgatishlari;
Oiladagi tarixiy meros, ota-bobolardan o‘tib kelayotgan an’analarni saqlashga o‘rgatishlari;
Eng asosiysi oila, mahallani , Vatanni sevishga o‘rgatishlari , bu borada o‘zlari namuna bo‘lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |