Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


INTEGRATSIYALASH – BOSHLANG’ICH TA’LIM SAMARADORLIK OMILI SIFATIDA



Download 7,41 Mb.
bet27/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

INTEGRATSIYALASH – BOSHLANG’ICH TA’LIM SAMARADORLIK OMILI SIFATIDA

Temirova Ma’mura Norboyevna, Berdiyeva Gulbahor Muhammadovna


Navoiy shahridagi 14- maktabning Tasviriy san'at va chizmachilik fani o'qituvchisi

Ta’lim amaliyoti ko‘rsatishicha, maktab ta’limida fanlararo aloqadorlikni yo‘lga qo‘yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir bo‘layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik o‘quvchilarning bilimlarni ongli o‘zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarini rivojlantirish amaliy va ilmiy-metodik tayyorgarligini oshirishda muhim o‘rinni egallaydi. Bunday tayyorgarlik umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilarini darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini erkin qo‘llash imkoniyatini beradi.


Zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta’limning barcha jixatlari (aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mehnat, estetik, gigiyenik, huquqiy, jismoniy tarbiya)ni qamrab oladi va ularning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi.


Integratsiyalashgan mashg’ulotlarda didaktik va psixologik talablarni hisobga olgan holda muayyan o’quv predmeti doirasida maxsus tashkil etilgan individual hamda alohida guruhlarda jamoa bo’lib, olib boriladigan ishlar orqali hamda turlicha murakkablik darajasida bo’lgan topshiriqlarning har tomonlama o’ylab ishlab chiqilgan tizimi har bir mavzuning o’zlashtirilishi muayyan pedagogik shart- sharoitlarni talab qiladi. Bunday sharoitda ta`lim rivojlanishi nisbatan ilgarilab boradi. O’quvchi odatda mustaqil bajariladigan topshiriqni kichik guruhda o’zaro yordam, hamfikrlik natijasida tez bajaradi. Kichik guruh uchun murakkablik qiladigan mashq va masalalarni o’quvchilar jamoa bo’lib, oson va sifatli bajarishlari mumkin. Savol va topshiriqlarni tabaqalashganlik darajasidan kelib chiqqan holda hamda bir mavzu bo’yicha belgilab beriladigan topshiriqlar ularning sifati, har bir o’quvchining o’zligini namoyon qilishini talab qiladi. Shu bilan birga bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchi o’z rivojlanishi va bilim sifatining darajasi va individual hatti-harakatlarini ham belgilab oladi. Ta`lim mazmunini tanlashda har bir o’quvchining o’ziga xos imkoniyat va qobiliyat darajasi,


alohida hisobga olinishi kerak. Har bir bolani uzluksiz rivojlanish tamoyili o’quv materiallarini integratsiyalashni, integratsiyalashgan o’quv materiallarini qamrab olgan darsliklar yaratishni taqozo qiladi. Taqdim etiladigan bilimlarning mustahkamligi, o’quvchining umumiy rivojlantirish darajasi o’quv materialining tarkibiga (turli ranglar, ramzlar, ularning ma`nosi, hajmi bilan tanishtirilishiga) bog`liq bo`ladi. Buning natijasida o’quvchida kuzatuvchanlik faoliyati tarkib topadi. Chunki kuzatuvchanlik shaxs faoliyatining asosiy yo’nalishini tashkil qiladi. Bu esa, o’z navbatida fikrlash faoliyatini rivojlantiradi.


Boshlang‘ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘qituvchilar tajribalarini umumlashtirib, fanlararo aloqadorlikda tashkil etiladigan darslarni uch guruhga bo‘lish mumkin:


Ko‘rgazmalilik asosida tashkil etiladigan darsda o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan alohida topshiriqlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan o‘quv fanlariaro aloqador elementlarning turli jadval va modellarda ifodalanganligi asosida. Chunonchi, boshlang‘ich sinflarda ona tili, o‘qish yoki tasviriy san’at darslarida mazmunan o‘xshash bo‘lgan “Qish”, “Bahor” kabi mavzularni o‘rganish bo‘yicha.


Mavzularning bir-biriga o‘xshashligi: o‘quv jarayonining uzviy tarkibiy qismida o‘quv fanlariaro aloqadorlikdan foydalanish asosida darsning samaradorligini oshirish.


Umumlashtirish-o‘quv fanlarining umumiy qonuniyatlari va tamoyillarini mukammal o‘rgatish maqsadida turli o‘quv fanlari bo‘yicha maxsus tashkil etiladigan takrorlash- umumlashtirish darslarida o‘quvchilarning egallagan bilimlarini takrorlashga imkon yaratish.


46
Agarda, dars jarayonida quyidagi didaktik shartlarga amal qilinsa, o‘qitishga mujassam yondashishda samaradorlikka erishiladi:


O‘rganilayotgan o‘quv fanlari bo‘yicha mavzularni mazmunan uyg‘unlashtirish orqali o‘quv rejalariga fanlararo aloqadorlik asosida tashkil topgan dars soatlarini kiritish; o‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida tashkil etilgan darslarning ta’lim sifatini ta’minlash va uning tarbiyaviy jihatlarini kuchaytirish;darslarda mazmunan bir-biriga yaqin yoki aralash o‘quv fanlari tarkibidagi tushunchalar yordamida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi hamda muayyan ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;


O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashda o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini jadallashtirishning turli vositalaridan unumli foydalanish. Chunonchi, aralash o‘quv kurslari bo‘yicha, muammolilik, ko‘rgazmalilik, mustaqil ishlar, individual topshiriqlar tashkil etish yordamida bunday maqsadga erishish mumkin.


Ulug’ didaktik Yang Amos Kamenskiy fikricha: “Bir-biri bilan bog’liq bo’lgan hamma narsa huddi shunday holda o’rganilishi kerak”.


Fanlararo bog’liqlik g’oyasiga keyinchalik juda ko’p pedagoglar yondashib uni rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo’shdilar. Jumladan D.Lohk g’oyasiga ko’ra: “ Ta’lim mavzuning aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari bilan va faktlari bilan to’ldirilishi kerak”.


I.V.Pestalossi o’zining didaktik maqolasida shunday deydi. “Bir-biri bilan bog’liq fanlarni onginga keltir, ularni tabiatdagi uzviy bog’liqlik holatida ekanini angla”-deydi. Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto havfliligini ta’kidlaydi.


D.Uskenskiy shunday deydi: “Har qanday fan tomonidan xabar qilinayotgan bilim va g’oya dunyo va hayotga keng nigoh va yorituvchan holatda berilishi lozim”.


Bir turdagi qism yoki elementlar mavjudligi va ularning bir maqsadga tabiiy bo’ysundirish imkoni va bir qator o’quv fanlari uslubidagi yaqinlik integratsiya atamasini aniqlashga asos beradi, ya’ni o’qitish tarbiya qilish va o’quvchilarni ma’lum o’quv fanlarini o’zlashtirish uyg’unlashtirish usullari haqidagi fan. Integratsiyani uslubiy hodisa sifatida tahlil qilib bergan I.Kolojvari va L.Pechnikova takidlashicha: “Integratsiyaning kelajagi porloq”. Bu usul natijasida o’quvchilar ongida olamning faol va ko’p tomonli tasviri shakllanadi. O’quvchilar olgan bilimlarini amalda faol foydalanishligi boshlanadi. Chunki bilimlari osonroq amaliyotga xos xususiyatlarini aniqlaydi, yangicha fikrlay boshlaydi, fanni tez o’zlashtiradi, uning boshqa fanlarga bo’lgan munosabatini ravshanlashtiradi.


O’qituvchi qachon va qanaqa fanlarni integratsiyalash mumkin yoki integralash shartlarini bilish muhim ahamiyatga ega.


E.Smirnova fikricha: “Birinchi sinfda quyidagi fanlarni integrarlash mumkin: o’qish, yozuv, tasviriy san’at va mehnat”. Faqat o’qish va faqat yozuv bolani juda charchatadi va unda salbiy tuyg’ularni uyg’atadi. 1-sinf o’quvchisida birinchi darslardayoq o’qishga bo’lgan istak yo’q bo’lmasligi kerak. Uning ko’zlaridagi uchqun o’chmasligi kerak. Yuqorida aytib o’tilgan fanlarni tartiblashda o’quvchining o’rganish jarayonnini, qiziqishini ushlab turish, faollashtirishga e’tibor beriladi.


Bir xil sinflarda turli fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilarning bir-birlarining darslariga qatnashib turishlari hamda o‘quvchilarning bilim va malakalariga qanday talablar qo‘yilishi lozimligini kelishib olishlari predmetlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. O‘quvchilar o`qish darslarida olgan bilim va malakalaridan boshqa fanlarni o‘rganishda qanday foydalanayotganliklarini va bunda qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganliklarini muntazam ravishda kuzatib borish ham muhim ahamiyatga egadir.


Xulosa qilib aytganda, o`qish fanini o’qitishda fanlararo aloqadorlik tamoyiliga erishish ta’lim samaradorligini oshiribgina qolmasdan, uni yanada takomillashtirishda asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish