Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


OILADAGI NOSOG‘LOM MUHITNI O‘SMIRLAR TARBIYASIGA



Download 7,41 Mb.
bet159/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

OILADAGI NOSOG‘LOM MUHITNI O‘SMIRLAR TARBIYASIGA
TA’SIRINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI


Mamatova Nozima Ravshanovna
Buxoro viloyati Olot tuman 33-maktab MIG’, huquq fani o’qituvchisi
Shaxsning kamol topishdagi asosiy bosqichlardan bo‘lgan o‘smirlik yoshi shu bilan ajralib turadiki, unda shaxs ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lib, jinsiy tomondan yetiladi. Ba’zi o‘smirlar tezroq, ba’zilar sustroq rivojlanishadi. Bu davr shunchalik qarama-qarshiliklar, keskinliklarga boyki, olimlarning ba’zilari bu davrni uzluksiz muammolar davriga tenglashadi. O‘smirlarning yosh davri xususiyatlari ular fe’lidagi xislatlarga chambarchas bog‘liqdir. O‘smirlarning bir-biridan farqi keskin namoyon bo‘lmasligi mumkin. Deviant xulqli o‘smirlar uchun tartibbuzarliklar, yaqin insonlari bilan keskin muomala, «ko‘cha» va turli to‘dalarning ta’siriga oson berilishi kabilar xos.

Oiladagi salbiy, beshafqat muhit, ma’lum turdagi o‘smirlardagi qo‘pollik, yovvoyilik, sovuq munosabat kabi illatlarni paydo bo‘lishiga zamin yaratadi, ular atrofdagilarga nisbatan qarama-qarshi ruhda harakatlanib, tajavuzkorona buzg‘unchilik namoyon qilishadi. O‘smirlar xulqidagi deviantlikning oldini olish unga qarshi kurashish maqsadida ularning nafaqat yosh davri balki shaxsiy ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish davomida ular yuqoridagi xususiyatlariga ko‘ra 3 guruhga bo‘linishi ma’lum bo‘ldi:





  1. O‘smirning ijtimoiy qobiliyatlarini namoyon etish xususiyatlari, shuningdek, o‘zaro muloqotga kirishishi;




  1. O‘smirning guruh ichidagi o‘zaro munosabati va guruh uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlarni qabul qila olishi;




  1. O‘smirning ijtimoiy xulq-atvori, atrof-voqelikka bo‘lgan nuktai- nazari bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy xususiyatlari.

Shu uch guruhning ijtimoiy-psixologik xossalaridan kelib chiqqan holda, deviant xulqli o‘smirlarning ba’zi bir o‘ziga xosliklarini aniqlash mumkin.


Ijtimoiy persepsiya - guruh ichida qabul qilingan o‘zaro muomala me’yorlari va xulq-atvor mezonlarini o‘zlashtirish.


Deviant xulqli o‘smirlar guruh ichidagi ular uchun referent, ya’ni ahamiyatli hisoblangan guruh a’zolarining muomala, xulq-atvor, munosabat me’yorlarini o‘zlashtirishga moyil bo‘ladi.


Ijtimoiy xayolot o‘zining hayotiy tajribasiga tayanib, shaxsiy va umuminsoniy qobiliyatlarga baho bera olish.


Ijtimoiy holat deviant xulqli o‘smirlarda juda zaif rivojlangan yoxud umuman bo‘lmaydi.


Ijtimoiy faollik - deviant xulqli o‘smirlar o‘z tengdoshlari tomonidan bo‘ladigan maqtovlardan manfaatdor bo‘lsalargina o‘zaro yordam ko‘rsatib, javobgarlik hissini sezadilar.


254
Deviant xulqli o‘smirlarga quyidagi xususiyatlar xosdir:



-
-

lider fikriga bo‘ysinish va unga ishonish;

o‘zining guruhi o‘smirlariga taalluqli bo‘lgan muomala;



  • muloqot me’yorlarini qabul qilish.

Barcha ijtimoiy-psixologik xususiyatlar, o‘smirqobiliyatlari o‘ziga xosdir. Ularning muloqot, faoliyat va o‘zaro muomala jarayonida rivojlanishi esa o‘smirning jamiyatda, oilada, jamoada ijtimoiy faolligini yoki passivligini belgilaydi. Yuqorida aytib o‘tganimiz: «ijtimoiy xayolot»,


«ijtimoiy tafakkur» kabi xossalar alohida ahamiyatga egadir. Ammo, aynan shu xossalar deviant o‘smirlar tabiatidagi eng kam o‘rganilgan xossalardir.


Barcha voyaga yetmagan jinoyatchilar umuminsoniy qadriyatlarni, jamiyat foydasiga mehnat qilishni, ijodiy faoliyatni tushunmasliklari, qadrlamasliklar bilan xarakterlanadi. Ularning qiziqishi moddiy boylik to‘plashga, «xohlaganidek yashashga», «sof vijdon» prinsiplariga yo‘naltirilgan. O‘smir yoshidagi huquqbuzarlikning psixologik holatlarini o‘rganish davomida ularga xos bo‘lgan quyidagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar aniqlangan:



  • odob-axloq, namunali xulq tajribalarining yo‘qligi;




  • do‘stlik, sevgi, jasurlik kabi ijtimoiy qadriyatlarni qabul qilmasligi, ular haqidagi to‘pori tushunchalar;

-
-

o‘z-o‘zini o‘ta past yoki juda yuqori baholash;

huquqiy va ma’naviy qadriyatlarni noto‘g‘ri tushunish va ularga teskari munosabatda bo‘lish;



  • tashqi barcha ta’sirlarga beriluvchan bo‘lish.

Tadqiqotlarimiz natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, voyaga yetmaganlarning rivojlanish jarayonidagi umumiy qiyinchiliklari va orqada qolayotganidan darak beruvchi holatlar - kelajak haqidagi tasavvurining yo‘qligi, oiladagi nosog‘lom muhit, atrofdagi insonlar bilan kelishaolmaslik, o‘zini hurmat qilmaslik hisoblanadi. Ularning ko‘pchiligida kelajakka ishonmasligini ko‘rish mumkin. Ular uchun shuhrat, moddiy boylik,‖zo‘r do‘st‖ kabi tushunchalar qadrlidir. Ularning 80 % kelgusi rejalari yo‘qligi, ko‘pincha bunday o‘smirlar nosog‘lom muhitdagi oilada yashaydilar va doimo ota-ona, o‘qituvchilari bilan janjanlashadilar. Bundaylarning 56% da boshqalar bilan muloqotga kirishi xohishi umuman yuq. 77% deviant o‘smirlar jinoyatga moyil illatlarga ega bo‘ladilar, bunday illatlarning barchasi o‘smirlarning 40%da ko‘ringan bo‘lsa, 17% deviant xulqli o‘smirlarda jinoyatga xos bo‘lgan xususiyat bo‘ladi.


O‘smirning individuallashuvi, agar uning motivlari liderlikka va muvaffaqiyatli bo‘lishga intilish tarzida bo‘lsa, o‘zligini tan oldirishga intilishi shaklida namoyon bo‘ladi hamda o‘quv va jamoaviy faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Shu bilan birga, o‘smirning o‘zligini tan oldirishga intilishi ijtimoiy qarama-qarshi, ya’ni individal ma’naviy kamolotdan jinoyatchilik va huquqbuzarlik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.


Unutmaslik kerakki, kattalar nazarida o‘smirlarning noodatiy harakatlari, qiziqishlari va turli sarguzashtlarga intilishlari me’yordan og‘ishish deb qaralsada, ularning o‘zlari uchun ―odatiy holat‖ hisoblanadi.


Yana bir tomoni, bolalar va voyaga yetmagan o‘spirinlarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyillikning shakllanishida oila va oilaviy munosabatlarning ta’siri ham yuqori. Qarovsizlik, ota-onalar tomonidan e’tiborsizlik, ijtimoiy nazoratning sustligi tashqi shart-sharoit hisoblanib, bular ta’sirida o‘spirin harakatlarida salbiy og‘ishlar asta- sekin uning ichki nazoratining sustlashib ketishi (o‘z xatti-harakatlarini chegaralay olmasligi) ga olib keladi.


Demak, o‘spirin tomonidan ―inkor‖ etilgan uning atrofidagi sotsium(ijtimoiy muhit), ya’ni ―oila- bola‖, ―maktab-bola‖ zanjirining sustligi, uning deviant qoidalar bilan yashovchi nosog‘lom guruhlarga qo‘shilishiga sabab bo‘ladi.


Oiladagi nosog‘lom ijtimoiy muhit oilaning asosiy funksiyasi – yetuk shaxsni tarbiyalashga yuzaki qarash yoki umuman bu vazifani bajarmasligiga olib keladi. Natijada, oiladagi ziddiyat va muammolar, ularni bartaraf etishdagi noto‘g‘ri (noijtimoiy ham bo‘lishi mumkin) harakat voyaga yetmaganlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda uning xulqi, xatti- harakatida salbiy og‘ishlar paydo bo‘ladi.


Bunday oilalar kriminal (jinoyatga moyil yoki sodir etgan), ziddiyatli, pedagogik passiv yoki antipedagogik bo‘ladi. Maktab oiladagi ijtimoiy- psixologik muhitdan xabarsiz bo‘lsa, ota-onaning xatosini davom ettirib, hatto muammoni yanada chuqurlashtiradi va voyaga yetmaganning deviantligini yanada kuchaytiradi.


Shuning uchun ham maktabdan bezish (―maktab dezadaptatsiyasi‖) deviant xatti-harakatning agressiv va ijtimoiy passiv ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogik xatoliklar, ayniqsa o‘qishning


255


ilk bosqichlarida, shaxs rivojlanishida xarakterining salbiy og‘ishiga olib keluvchi ijtimoiy- psixologik muammolarni keltirib chiqaradi. Bu muammolar kichik maktab yoshidayoq bartaraf etilmasa, o‘smirlik yoshidagi voyaga yetmaganlar ma’naviy, axloqiy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishining salbiy yo‘nalish olishiga asos bo‘ladi. Ya’ni, o‘smir xatti-harakatidagi agressivlik, tajavvuzkorlik, psixoaktiv moddalarni iste’mol qilishga moyillik va vertual dunyoda( kompyuter va internetga tobeilik) ―najot‖ izlash, o‘qishdan bo‘yin tovlash, uydan qochib ketish kabi harakatlarining ildizini oiladan, maktabdan va maktabdan tashqaridagi muhit hamda shaxslararo munosabatlar mazmunidan izlash kerak.

Shunday qilib, biz agar biz yomon ta’sirlarning oldini olsak, har bolaga (xoh o‘zimizniki, xoh o‘zgalarniki bo‘lsin) nisbatan e’tiborli bo‘lsakkina har tomonlama yetuk, yurti, oilasi ravnaqiga hissa qo‘shishga tayyor, mehnatsevar va ijtimoiy faol farzandlarni tarbiyalay olamiz. Bolalar taqdiri kattalar qo‘lida, bu qo‘llar mehrli, aqlli, haqchil bo‘lsagina bolalarimiz barkamol bo‘lib o‘sadi.

256
TASVIRIY SAN’AT VA TEXNOLOGIYA FANI



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish