TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INNOVASION YONDOSHUVLAR ASOSIDA QR- KODLI DARSLARNI TASHKIL ETISH
Sattorova Fotima Izzatullayevna
Qiziltepa tumani 12-maktabning Texnologiya fani o'qituvchisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019 yil 20 fevraldagi PQ-4199-son qaroriga [1] asosan Respublikamizning har bir hududida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida Prezident maktablari ochiladi.
Ular STEAM fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan.
STEAM — maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib, an’anaviy o‘qitish tizimiga muqobil tizim hisoblanadi.
U bolalarni bir vaqtning o‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda o‘quvchilar amaliy va ko‘ngilochar loyihalar mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar.
STEAM ta’limitexnologiyasi loyihalash metodiga tayangan holda uning asosida bilish va badiiy izlanish yotadi. Bunday izlanish amaliy faoliyat jarayonida bilimlarni olish, so‘ngra ulardan amaliyotda qayta foydalanish, [3] ya’ni o‘yinlarda konstruksiyalar tuzish, texnik ijodiyot elementlarini qo‘llab, bilim olishga oid tadqiqot ishlarida amalga oshiriladi.
STEAM ta’limi o‘quvchi yoshlarning rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita bog‘laydi. Ma’lumki, tabiiy fanlar atrofimizdagi olam bilan bevosita bog‘liq texnologiya kundalik hayotimizda doimiy ravishda qo‘llaniladi, muhandislik esa uylar, yo‘llar, ko‘priklar va mashina mexanizmlarda o‘z aksini topgan, biror bir kasb, kundalik mag‘ulotlarimiz ozmi- ko‘pmi matematika fani bilan ham bog‘langandir. Jumladan texnologiya fanini maqsadli qilib darslarini malaka oshirish kurslarida tashkil qilinishi tinglovchilarni o‘z ustida ishlashiga yanada faollashtirishga undaydi. Hozirgi kunda QR-kodli video rolikdan foydalanib darslarni tashkillashtirish tinglovchilarga zavq bag‘ishlaydi. Masalan, mavzu: Izonitdan namunalar tikish. Dars maqsadi: “QR kod” –metodi orqali nazariy saboqlarga ega bo‘lish va amaliy ishlar bajarish.Ta’limiy: tinglovchilarga izonitdan namunalar tikishni o‘rgatish. Tarbiyaviy ahamiyati: tinglovchilarni tejamkorlikka, tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish.Texnik vositalar:proyektor, noutbuk, elektron doska.
QR-kod [4] ingliz tilidan olingan bo‘lib, Quick Response –tezkor javob ma’nosini beradi.
QR-kod juda ko‘p ma’lumotni yetkazishda va undan foydalanish uchun qulay hisoblanadi.
QR-kod 1994-yilda Yaponiyada Denso Vave kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Bu kodning afzalligi:
Skanerlovchi [5] uskuna mobil telefon, fotoapparat yoki qo‘l skaneri yordamida oson va tez o‘qish imkonini beradi.
STEAM ta’limiasosida yondashuv o‘quvchi yoshlarga dunyoni tizimli ravishda o‘rganishga, atrofda ro‘y berayotgan jarayonlarni mantiqiy mushohada qilishga, ulardagi o‘zaro aloqani anglab yetishga o‘zi uchun yangi, noodatiy va qiziqarli narsalarni kashf qilishga imkon beradi. Qandaydir yangilikni kutish orqali o‘quvchi yoshlarda qiziquvchanlikni rivojlantiradi, o‘zi uchun qiziqarli masalani aniqlab olishni, yechimini topishning algoritmini ishlab chiqishni, natijalarni tanqidiy baholashni, fikrlashning muhandislik jihatlarini shakllantirishga olib keladi.
Ilmiy–texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash
STEAM ta’limida amaliy mashg‘ulotlar yordamida bolalarga ilmiy-texnik bilimlaridan real hayotda foydalanish namoyish qilinadi.
260
Har bir darsda o‘quvchilar zamonaviy industriya modellarini ishlab chiqadi, quradi va modelini rivojlantiradi.
Ular aniq loyihani o‘rganadi, natijada real mahsulotning prototipini yaratadilar.STEAM dasturi, bolalar kundalik hayotlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yengishga zarur bo‘ladigan tanqidiy tafakkur va muammolarni yechish ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
Masalan, bolalar tez yuradigan mashina modelini yig‘ishda, so‘ngra uni sinovdan o‘tkazishadi.
STEAM ta’limi oltita bosqichdan iborat:
savol (vazifa), muhokama, dizayn, qo‘rish, sinovda no‘tkazish va rivojlantirish.
Bu bosqichlar tizimli loyihalash yondashuvining asosi hisoblanadi. Turli imkoniyatlarning birgalikda mavjud bo‘lishi yoki birgalikda ishlatilishi o‘z navbatida kreativlik va innovatsiyaning asosi bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib, fan va texnologiyaning birgalikda o‘rganilishi ko‘pgina yangi innovatsion loyihalarni yaratishga olib keladi.
Adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonun. Toshkent. – O‘zbekiston 1998 yil.
Sharipov Sh.S., Muslimov N. A “Badiiy ijodkorlik va dizayn” o‘quv qo‘llanma. G.B. Abdiyeva “Badiiy ijodkorlik va dizayn” metodik qo‘llanma. 2020.T. 88 b. www.Uzedu.uz– xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb sayti
Eduportal.uz – xalq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portali.
a fani o'qituvchisi.
Mexanizmы vnedreniya individualnogo podxoda k protsessu nachalnogo obrazovaniya
Do'stlaringiz bilan baham: |