Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA JISMONIY HATTI-HARAKATLARNI MUSTAQIL EGALLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH



Download 7,41 Mb.
bet167/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA JISMONIY HATTI-HARAKATLARNI MUSTAQIL EGALLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Atabekov Fozil O‘razali o‘g‘li




TVChDPI “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi

Maktabda jismoniy tarbiyaning xilma-xil shakllari mavjud. Afsuski, boshlang‘ich sinflarda faqat dars shaklini tashkil qilish va o‘tkazish bilan cheklanib qolinmoqda. Bu esa o‘quvchilarda harakatga bo‘lgan talablarini qoniqtirmaydi. Pedagogik kuzatishlarning ko‘rsatishicha jismoniy tarbiya darslari jarayonida o‘quvchilar hayot uchun zarur bo‘lgan harakat faolligini nihoyatda kam qismini oladilar. O‘zbekiston xalq ta’limi Vazirligining 1989 yil


30 yanvar, 45- sonli buyrug‘iga binoan haftasiga 3 soat jismoniy tarbiya darsini o‘tish mo‘ljallangan edi. Lekin jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bundan unumli foydalana ololmadilar. Bundan tashqari darslarni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinmasligi (ko‘pchilik maktablarda boshlangich sinf o‘quvchilari bilan jismoniy tarbiya darsini mutaxassis bo‘lmagan o‘qituvchilar tashkil qiladi va o‘tkazadilar), o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va jismoniy rivojlanishini hisobga olmagan holda mashqlar tanlanishi natijasida o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash, harakat malakalarini shakllantirish yetarli darajada emas.


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni jismoniy rivojlantirish uchun zarur va faol dam olishiga qaratilgan tadbirlar: mashg‘ulotgacha o‘tkaziladigan gimnastika, katta tanaffuslarda qiziqarli harakatli o‘yinlar, umumta’lim darslar jarayonida o‘tkaziladigan quvnoq daqiqalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilishiga e’tibor berilmay qoldi. Natijada o‘quvchilarning harakat faolligi, ishchanligi tez pasayib boradigan bo‘ldi.


Mustaqil O‘zbekiston Resupublikasining strategik vazifalaridan biri – kelajakdagi barcha ezgu ishlarni amalga oshirishga qadar bo‘lgan jismoniy soglom va ma’naviy barkamol shaxsni voyaga yetkazishdan iborat.


Bu vazifalarni amalga oshirish uchun o‘quv ishlarni rejalashtirishda va samarali olib borishda yangicha hamda ijodiy qarashimiz lozim, ishga tashabbuskorlik bilan yondashishmog‘imiz kerak.


Demak, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiya tizimini rivojlantirsh zarur, bolalarni harakat mahoratini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak.


Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning tarbiyasida, ularni jismonan baquvvat, aqlan barkamol bo‘lib yetishishlarida jismoniy tarbiya yetakchi rolni o‘ynaydi. Bu muammolarni hal etishda asosiy o‘rin bolalar orasida, o‘qituvchilar, ota-onalar o‘rtasida organizmni chiniqtirish, gigiyenik qoidalari va talablarini o‘rgatish va tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini tartib etish egallaydi. Shu sababli birinchi navbatdagi vazifa bolalarni har tomonlama to‘liq rivojlanishiga yordam berish, salomatligini mustaxkamlash, hayotga va mexnatga tayyorlash, yetuk shaxs bo‘lishiga hissa qo‘shishdir.


O‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashning turli xil shakllaridan foydalanish maktabda nafaqat jismoniy tarbiya o‘qituvchisining vazifasi, balki boshlangich sinf o‘kituvchilarining, maktab jamoatchiligining va maktab yoshlar uyushmasi faollarining ham bevosita vazifasidir. Ammo ko‘pgina maktablarda jismoniy tarbiya davlat dasturida ko‘zda tutilgandek tashkil qilinmaydi. Buning birinchi sababi maktab o‘qituvchilarining jismoniy tarbiya mas’ul bo‘lganlarning barchasida jismoniy tarbiya nazariyasiga va metodikasiga oid bilimlar yetarli emas. Bu muammolarni hal qilishga qaratilgan, metodik adabiyotlar va qo‘llanmalar ham juda kam.


Respublikamiz mustaqilligining xalqimizga bergan eng buyuk ne’matlaridan biri yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga berilayotgan katta e’tibordir.


Keyingi yillarda bolalar sporti va jismoniy tarbiyani rivojlantirishga katta e’tibor berilayotgani hammamiz uchun quvonarlidir. Ammo shunga qaramay hali ta’lim muassasalarida bolalarning jismoniy tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish borasida qator muammolar mavjud.


Olingan ma’lumotlarga ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy jihatdan sog‘lomlik darajasi qoniqarli emasligi ko‘pgina mutaxassislar tomonidan e’tirof etilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining to‘rtdan uch qismi birdaniga ortiqcha o‘quv yuklamalari bilan band etilganligi oqibatida odatdagi o‘quv predmetlarini o‘zlashtirishga qiynalmoqdalar. Sir emaski, ko‘pincha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari birinchi sinfga


270
kelgan o‘quvchilarining savodini tezroq chiqarish, ularni yozishga va o‘qishga, hisob-kitobga tezroq o‘rgatish uchun yozuv, o‘qish va matematika mashg‘ulotlariga asosiy e’tiborni qaratadilar-da, aksincha, bolalarning qiziqishi va ehtiyoji ko‘proq seziladigan jismoniy tarbiya, musiqa, mehnat kabi mashg‘ulotlarni ikkinchi o‘ringa surib qo‘yadilar. Buning natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchisi rivojlanishida ham jismoniy, ham psixologik nosozliklar vujudga keladi. Bu esa, o‘z navbatida bolaning maktabdan, o‘qishdan tez bezib qolishiga sabab bo‘ladi. Maktab uning uchun o‘z imkoniyatlarini namoish etadigan, bilish, o‘qish va o‘rganish ehtiyojlarini qondiradigan, uni takomillashishga bo‘lgan intilishini qanoatlantiradigan joy emas, balki uni har tomonlama ezib qo‘yadigan zindonga aylanadi.


Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining jismoniy xatti-harakatlarga bo‘lgan ehtiyojining yuqoriligi uning yosh va fiziologik xususiyatlari bilan asoslanadi. Bu davrda bolaning suyak- muskul tizimi shakllanishda davom etib, uning organizmida suyaklashish davri kechayotgan bo‘ladi. Ana shu holatning o‘zi uning jismoniy xatti-harakatlarga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Ko‘p aqliy mehnat talab etadigan mashg‘ulotlarda vaqti-vaqti bilan fizkultdaqiqalarni o‘tkazib turishning o‘zigina bolaning yuqorida aytib o‘tilgan ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli hisoblanmaydi. Hatto haftada ikki marta o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining o‘zi ham o‘quvchilarda jismoniy ko‘nikmalarni, qolaversa, jismoniy madaniyatni talab darajasida shakllantirish uchun yetarli emas.


Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faqat 9%i - yuqori darajadagi, 57%i – o‘rta darajada, 34%i – past darajadagi jismoniy ko‘rsatgichlarga ega.


T.V.Korneyevaning fikricha, 95,3% boshlang‘ich sinf o‘quvchilari darsdan tashqari paytlarda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaydilar, 87,8 %i esa ertalabki badantarbiyani bajarmaydi, faqat 12% bolalar ota-onalari bilan faol dam oladilar.


Bu ko‘rsatkichlar, albatta, bizni tashvishga soladi. O‘quvchilarda boshlang‘ich sinfdan, hatto undan ham oldinroq jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish faqat ta’lim muassasalarining emas, balki ta’lim-tarbiya ishi bilan shug‘ullanadigan barcha ijtimoiy institutlar – oila, maktab, mahalla, ommaviy axborot vositalari, huquq-targ‘ibot organlarining birgalikdagi bahamjihat faoliyat ko‘rsatishlariga bog‘liqdir.


Ammo barcha ijtimoiy institutlar ishini bolalarda jismoniy madaniyatni shakllantirishga oid zarur metodik ko‘rsatmalar va tavsiyalar, zarur bilimlar bilan qurollantiradigan tashkilot – bu ta’lim muassasalaridir. Ta’lim-tarbiya ishi bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini yuqori darajada takomillashtirish ham muammoning yechimini topish uchun asosiy shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy ko‘nikmalar va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy vositasi bu jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridir.


Xulosa qilib aytganda harakat malakalarini takomillashtirish jarayonida oson tushunarli va individuallashtirishni ta’minlash bilan birga, o‘rganilgan harakatning qanchalik mustaxkamlanganligiga qarab musobaqa metodidan oldin harakat texnikasiga asosan, so‘ngra butun funksional imkoniyatlarini ko‘rsatib yanada kengroq foydalanish zarur.


ADABIYoTLAR RO‘YXATI





  1. Sh.Qurbonov, A.Qurbonov. Jismoniy mashqlarining fiziologik asoslari. «O‘AJBNT»

Markazi, 2003 y.

  1. Q.Sodiqov, S.X.Atipova. Yosh fiziologiyasi va gigiyena. «Yangi asr avlodi» Toshkent

2009 y.



  1. N.Q.Qosimova. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi. Buxoro 2005 y.

  2. A.Q.Atoyev. Bolalar sportini rivojlantirish. Buxoro-2007 y




  1. M.Raxmatxo‘jayev, B.Safarov. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, sport maktablarining rahbar va murabbiylari uchun qo‘llanma. Toshkent 2009 y.

271
JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING QO‘LLASH MASALALARI


Rashidov Komron Kamoliddinovich





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish