Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


KIMYO FANIDAN UY TAJRIBALARI – O‘QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY SAVODHONLIGINI OSHIRISH OMILIDIR



Download 7,41 Mb.
bet151/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

KIMYO FANIDAN UY TAJRIBALARI – O‘QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY SAVODHONLIGINI OSHIRISH OMILIDIR

Davlatov Ismat Xudoyqulovich, G‘aybullayeva Mo‘mina Shofayzovna




Kimyo fani o'qituvchilari
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi

Bugungi kunda ta’lim sohasini isloh qilish, uni rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi yutuqlari asosida takomillashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar olib borilmoqda [1, 2]. Jumladan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy majlis senatorlarga murojaatnomasida kimyo, biologiya, matematika, geologiya fanlarini rivojlantirish, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha o‘zlarining takliflarini berib o‘tdilar.


Zamonaviy umumta’lim maktablarida kimyoviy ta’lim mazmuni, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari takomillashtirilmoqda. O‘qitishda yangi yo‘nalishlar belgilanmoqda. Lekin bir jihat – kimyoviy eksperimentga bo‘lgan munosabat o‘zgarmasdan qolmoqda. Kimyo eksperimental fan bo‘lib kelgan va bo‘lib qoladi, chunki kimyoviy eksperimentsiz, laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarni bajarmasdan kimyoviy bilimlarning minimal xajmini ham egallash mushkul [3].


Zamonaviy kimyo ta’limi konsepsiyasida o‘quv eksperimentini amaliy yo‘naltirish borasida katta urg‘u beriladi. Lekin xozirda qo‘llanilayotgan maktab eksperimenti vositalari asosida bu fikr to‘laligicha ro‘yobga chiqmaydi. Maktab kimyoviy eksperimentini takomillashtirish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar





  1. asrning 50-60 yillarida olib borilgan. Bu davrda ishlab chiqilgan tajribalar boshqa o‘quv maqsadlari, dasturlar, maktab moddiy bazasiga, kimyoni o‘rganishga ko‘proq vaqt miqdoriga mo‘ljallangan edi [4].

Maktab o‘quv eksperimentini amaliy yo‘nalishini kuchaytirish muammosini an’anaviy maktab eksperimenti bilan birgalikda uy sharoitida bajarilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy tajribalardan foydalanish orqali yechish mumkin.


Uy tajribalari – barcha o‘quvchilar bajarishi shart bo‘lgan individual amaliy ish, mustaqil uy vazifalaridan biridir. Bu tajribalar uy-ro‘zg‘or buyumlari va moddalaridan foydalanib, o‘qituvchining bilvosita rahbarligi va nazorati ostida olib boriladi. Uy tajribalarida katta imkoniyatlar mavjud. Uy tajribalari o‘quv jarayonida alohida o‘rinni egallaydi. Birinchidan bu – amaliy mashg‘ulot bo‘lib, mustaqil kimyoviy eksperiment turlaridan biridir. Uy tajribalari o‘qituvchining bilvosita rahbarligi ostida olib borilganligi sababli kimyoviy eksperiment texnikasi nuqtai-nazaridan o‘ta murakkab bo‘la olmaydi. Bunday tajribalarni bajarishda asosiy maqsad natija emas, balki tajribani bajarish jarayonidir. Bunda umumo‘quv va eksperimental ko‘nikmalar takomillashadi. Uy tajribalarini bajarish davomida o‘quvchilar tajriba maqsadini aniqlaydi, o‘zining faoliyati bosqichlarini belgilaydi, xarakat usullarini tanlaydi, hulosa chiqaradi, o‘zini nazorat qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning bu faoliyatini zarur yo‘nalishda borishini nazorat qiladi.


O‘quvchilarning mustaqil faoliyatiga uy tajribalarini kiritish bilish motivlarini takomillashishiga, ayniqsa keng bilish motivi bo‘lgan mazmunni bilishga qiziqishni ortishiga olib keladi. Uy tajribalarini bajarish davomida o‘zini ishtiroki darajasida o‘quvchining o‘quv-bilish motivlari – bilim olish usullariga qiziqish ham takomillashadi. O‘z faoliyatlarini rejalashtirish, maqsadni aniqlash usullariga doir ko‘nikmalar rivojlanadi. Uy tajribalari ijobiy emotsiyalar ham keltirib chiqaradi, chunki ular “kattalar uchun xos” ish shaklidir. Boshqa tomondan, uy tajribalari uy vazifalari turlaridan biridir. Umumiy uy vazifalari sistemasida uy tajribalarining o‘rni va ahamiyatini tasavvur etish uchun, asosiy (an’anaviy), o‘quvchilar uyda bajarishlari kerak bo‘lgan ish turlarini ko‘rib chiqamiz. Ular quyidagilar:


Darslik matni bilash ishlash; Reaksiya tenglamalarini yozish; Masala va mashqlar ishlash;


Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanish; Ma’lumotlar to‘plash, ma’ruza tayyorlash; Ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘qish; Ma’lumotnomalar bilan ishlash.


Bu uy vazifalari turlari orasida ma’lum bog‘liqliklar mavjud. Masalan, darslik bilan ishlashda bevosita masala va mashqlar ishlash, laboratoriya ishi va amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish bilan bog‘liq


233
bo‘lib, ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘qishga aloqasi yo‘q. Uy tajribalari esa ularning barchasi bilan uzviy aloqada bo‘ladi.


Uy tajribalari mustaqil ish turlaridan biri bo‘lib, alohida va boshqa mustaqil ishlar bilan birgalikda qo‘llanilib, uni bajarish uchun o‘quvchilarning ijodiy yondashuvi talab etiladi. Uy tajribalari bilan maktab kimyoviy eksperimentini to‘liq almashtirish emas, balki darslarda o‘rganilayotgan bilim va ko‘nikmalarni turli hodisalar mohiyati va mexanizmini chuqurroq anglash uchun yordam beradigan tajribalar ishlab chiqish bizni maqsadlarimizdan biridir [5].


Quyida «Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari» mavzusi uchun shunday uy tajribalaridan misollar keltirilgan:


Uy sharoitida adsorbsiya


Zarur jihoz va moddalar: aktivlangan ko‘mir, siyog‘ yoki akvarel, suv, stakan, makkajo‘qori qalamchalari, odekolon, 0,5 l shisha banka qopqoqi bilan.


Ishning borishi: stakanga yarim suv quyib, unga siyoh yoki rangli akvareldan soling va aralashtiring. Rangli eritma hosil bo‘lganiga e’tibor bering. Unga maydalangan dorihona aktivlangan ko‘miridan solib aralashtiring. Eritma rangining o‘zgarishiga e’tibor bering.


Yarim litrli shisha bankaga 1 -2 tomchi odekolon yoki boshqa biror xidga ega suyuqlikdan tomizing. Bankani ikkala kaftingiz bilan bir oz vaqt ushlab turing. So‘ngra idish og‘zini ochib banka ustidagi havoni yelpib hidlang. Qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, siz hidni tabiiy tarzda sezasiz. Endi banka ichiga 1 dona aktivlangan ko‘mir soling va og‘zini yopib, bir necha daqiqaga qoldiring. So‘ngra idish og‘zini ochib hidlab ko‘ring. Xid nima uchun yo‘qoldi? Bu tajribalarni makkajo‘hori qalamchalari bilan ham takrorlang. Aktivlangan ko‘mir va makkajo‘hori qalamchalari xossalarini taqqoslang.


Yuqoridagi tajribalarga o‘xshash uy tajribalarini ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanish natijasida o‘quvchilarning kimyo fani, sanoati mahsulotlarini kundalik turmush, hayotdagi o‘rni va ahamiyatini anglashlarida, nostandart sharoitlarda ishlash, ijodiy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.


Foydalanilgan adabiyotlar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF–4947-son

«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi VM–997- son «Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.


Ivanova R.G. Obщaya metodika obucheniya ximii v shkole. Ximicheskiy eksperiment – osnova izucheniya ximii. – M.: Drofa, 2008. – s.170-184.


Shipareva T.A. Domashniy eksperiment po ximii kak sredstvo formirovaniya motivov k izucheniyu uchebnogo predmeta. Dis kand. ped. nauk. – M.: 2001. – 160 s.


I.R.Asqarov, K.G‘.G‘opirov, N.H.To‘xtaboyev. Kimyo. 8-sinflar uchun darslik. –Toshkent, «Yangiyo‘l poligraf servis» nashriyoti. – 2019 yil. – 156 b.





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish