Zamonaviy axborot texnologiyalarida web sayt yaratish taraqqiyoti



Download 99,24 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi99,24 Kb.
#570268
Bog'liq
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDA WEB SAYT YARATISH TARAQQIYOTI


ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDA WEB SAYT YARATISH TARAQQIYOTI
R.Nurdinova, S.Yoʼlchiboyeva, E.Gʼofforov
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filiali
Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari atamalari kundalik turmushda eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar desak mubolog‘a bo‘lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko‘ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o‘zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi. 
Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o‘ziga hos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch – energiya, xom – ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan harajatlardan ustunlik qilmoqda, yani axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog‘liq faoliyat soxalari tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlaridan uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko‘proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resusrlarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisob – kitoblari tizimlari misol bo‘ladi. Yaratuvchi (ijodiy) Axborot texnologiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Frontend veb-ilovalarning (veb-saytlarning) umumiy qismi bo‘lib, u bilan foydalanuvchi o‘zaro aloqada bo‘lishi va bevosita bog‘lanishi mumkin. Frontend funktsional vazifalarni ko‘rsatishni, mijoz tomonidan bajariladigan foydalanuvchi interfeysini, shuningdek, foydalanuvchi so‘rovlarini qayta ishlashni o‘z ichiga oladi. Aslida, frontend - bu foydalanuvchi veb-sahifani ochishda ko‘radigan hamma narsa.
O‘z navbatida, veb-ilova mijoz-server ilovasi bo‘lib, unda mijoz asosan brauzer, server esa veb-server hisoblanadi. Veb-ilovaning mantig‘i server va mijoz o‘rtasida taqsimlanadi, ma'lumotlar asosan serverda saqlanadi va tarmoq orqali ma'lumotlar almashinuvi amalga oshiriladi. Oddiy qilib aytganda, foydalanuvchi har safar Internetga ulanganda va istalgan brauzerni ochganda nima ko‘radi va qanday harakatlar qiladi.
Oddiy qilib aytganda, HTML (HyperText Markup Language) sahifadagi barcha elementlar va hujjatlar uchun belgilash tili va ularning sahifa tuzilishidagi oʻzaro taʼsiridir.
CSS (Cascading Style Sheets) - bu hujjatning ko‘rinishini tavsiflash va uslublash uchun til. CSS kodi yordamida brauzer elementlar qanday ko‘rsatilishi kerakligini aniq tushunadi. CSS shriftlarni, ranglarni yaratadi, sayt bloklarining joylashishini aniqlaydi va boshqalar. Shuningdek, u bir xil hujjatni turli uslublarda moslashtiradi, uzatishni ekranda yoki ovoz bilan o‘qish uchun ko‘rsatadi.
JavaScript - bu veb-sahifalarni jonlantirish uchun mo‘ljallangan til. JavaScript-ning vazifasi foydalanuvchi harakatlariga javob berish, tugmalarni bosish, kursor harakati, sichqonchani bosishdir. JavaScript shuningdek, sahifani qayta yuklamasdan xabarlar kiritish, serverga so‘rovlar yuborish va ma’lumotlarni yuklash imkonini beradi va hokazo.
Har qanday web sahifa fundamental tarzda HTML yordamida yaratiladi, ammo web dizaynda ommabop loyihalarni yaratishda HTML ning o‘zi kamlik qiladi. Tashqi ko‘rinishi jihatidan mukammal bo‘lgan proyektlar har doim haridorgir bo‘lgan. Bunday holda bizga yaqindan yordam beruvchi CSS texnologiyasi mavjudki(Cascading Style Sheet- kaskadli stillar jadvali), uning imkoniyatlari orqali web hujjatning tashqi ko‘rinishiga ijobiy o‘zgarishlarni kirita olamiz.
CSS selektorlari HTML hujjatga 2 xil usulda bog‘lanadi: ichki va tashqi. Ichki bog‘lanish shundayki, hujjatning head bo‘limida
Download 99,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish