Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar. R e j a



Download 19,39 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi19,39 Kb.
#312051
  1   2
Bog'liq
1-мавзу


Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar.

R e j a:

1. Informatikaning asosiy vazifalari.

2. Axborot va ma`lumot haqida tushunchalar.

3. Axborotlarni ulchash va ularni qayta ishlash vositalari.

4. EHM rivojlanish tarixi va avlodlari
Hozirgi kunda hammamizga ma`lumki biz yashayotgan davrning harakterli xususiyatlaridan biri inson faoliyatining barcha sohalarida matematik metodlarning va komp`yuterlarning keng kullanilishidir. Bu jarayonda ma`lumki informatika fani muxim urin tutadi.

Informatika fani asrimizning 50 yillaridan boshlab paydo bo’ldi va u hayotimizga tez su`ratlar bilan kirib keldi. Informatsiya so’zi lotincha information so’zidan olingan bo’lib, tushuntirish, tasvirlash degan ma`noni anglatadi. Umuman olganda biz o’ni axborot deb qabul qilamiz.

Informatika fanining kelib chiqishi asosan hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u programma vositalari yordamida axborotlarni qayta ishlash va ularni uzatish jarayonlari bilan bog’liq sohadir. Bundan tashkari, informatika axborot modellarini kurishning umumiy metodologik tamonlarini ishlab chiqishga yunaltirilgan. Shu sababli axborot uslublari ob`ekt, hodisa, jarayon va hakozolarni axborot modellari yordamida bayon etish imkoniga ega.

Informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va vositalarni ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning yangi texnologiyalarini yaratishdir.

Informatikaning asosiy ob`ekti bu zamonaviy jamiyatni axborotlashtirish va komp`yuterlashtirish bo’lib, ularning birinchisi bizning hayotimizni urab olgan, ikkinchisi esa juda tez rivojlanib, inson hayotiga kirib kelmoqda.

Shunday qilib, informatika inson faoliyatining turli jabxalardagi axborotlarni izlash, tuplash, saqlash, uzatish, qayta ishlash va foydalanish masalalari bilan shug’ullanadigan fandir.

Informatika-axborot va o’ni qayta ishlovchi texnikaviy, hamda dasturiy vositalarga asoslanadi.

Informatika fani o’rganadigan uchta asosiy tushuncha bor, ular:

-axborot;

-algoritm va programma;

-komp`yuter.

Axborot tushunchasida axborotlar va ularni qayta ishlash masalalari o’rganiladi. Algoritm va programma tushunchasida masalalarni algoritmlashtirish va programmalashtirish nazariyalari o’rganiladi. Komp`yuter tushunchasida esa kompyuterning texnik va programma ta`minotlari o’rganiladi.

Informatika sohasining asosiy resursi- bu axborotdir. Axborot atrof-muhit ob`ektlari va hodisalari, ularning o’lchamlari, xosiyatlari va xolatlari tug’risidagi ma`lumotlardir. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma`lumotlar tushunchasi ham keng ishlatiladi. Agar ma`lumotlar biz foydalanadigan ma`lumotlar bo’lsa, u axborotga aylanadi. Shu sabab axborotlarni foydalanadigan ma`lumotlar desa bo’ladi. Masalan, qog’ozga biror bir telefon raqamini yozib, birovga ko’rsatsak, u axborot bula olmaydi. Lekin, shu telefon raqami yoniga biror bir kishi yoki tashkilot nomi yozilsa, avvalgi ma`lumot axborotga aylanadi.

Har qanday axborot 3 ta muhim sifatga ega bo’lishi lozim:

1. Axborot o’rganilayotganda narsa yoki hodisani har taraflama to’liq ifodalashi lozim, ya`ni u to’liqlik sifatiga ega bo’lishi kerak.

2. Axborot ma`lum ma`noda qimmatli bo’lishi lozim, aks holda undan foydalanishga ehtiyoj qolmaydi.

3. Axborot ishonchli bo’lishi lozim, aks holda o’ni qayta ishlashga zarurat tug’ilmaydi.

Axborot ham boshqa ko’pgina tushunchalar (vaqt, harorat, masofa va h.k.) kabi o’lchanadi. Axborotlar komp`yuter xotirasida fayllar ko’rinishida saqlanib, ular o’z hajmiga egadir. Axborotni ulchash uchun unda ishtirok etgan harf, raqam va boshqa belgilar 0 va 1 raqamlaridan iborat bo’lgan son bilan almashtiriladi. Axborotning eng kichik o’lchov birligi sifatida BIT qabul qilingan, u ingliz tilidagi binary digit suzidan olingan bo’lib, ikkilik raqami degan ma`noni anglatadi.

Hisoblash ishlarining tarixi odamzod paydo bo’lishidan boshlanadi. Er yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi.

Qo’l va oyoq barmoqlari ibtidoiy “hisoblash vositasi” vazifasini utagan. Binobarin usha kadim zamonlardayok hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli - barmoq hisobi paydo bo’lgan. U qadimiy kabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta`minlagan. Hisoblashning bu usulida bir qul barmoqlari “besh”ni, ikki kul barmoqlari - “unni”, qo’l va oyoq barmoqlari birgalikda “yigirmani” bildirgan.

Dastlabki va eng sodda sun`iy hisob asboblaridan biri birkadir. Birka 10 yoki 12 ta tayoqchadan iborat bo’lib, tayoqchalar turli-tuman shakllar bilan uyilgandir. Kishilar birka yordamida podadagi mollar sonini, yigib olingan xosil mikdorini, karz va xakozolarni hisoblashgan. Hisoblash ishlarining murakkablashuvi esa yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni takozo etardi. Ana shunday extiyoj tufayli bunyodga kelgan va ko’rinishdan hozirgi chutni eslatuvchi abak asbobi hisoblash ishlarini birmuncha osonlashtirdi. Dastlabki hisob asboblaridan yana biri raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalardan iborat bo’lib, shotlandiyalik matematik Jon Neper nomi bilan atalgan.Neper tayoqchalari yordamida qushish, ayirish va kupaytirish amallari bajarilgan. Keyinroq bu asbob ancha takomillashtirildi va nihoyat logarifmik chizgich yaratilishiga asos bo’ldi.

Hisoblash texnikasida mexaniq moslamalar davrini boshlab bergan mashinalardan biri nemis olimi Vil`gel`m Shikkard tomonidan 1623 yili ixtiro qilindi. Biroq bu hisoblash mashinasi juda tor doiradagi kishilargagina ma`lum bo’lganligi sababli uzoq vaqtlargacha bu boradagi birinchi ixtirochi 1645 yili arifmometr yasagan frantsuz matematigi Blez Paskal` deb hisoblanib kelingan. Lekin 1958 yilda Shtutgard shaxri kutubxonasida İ.Keplerning kulyozma va xujjatlari orasidan topilgan hisoblash mashinasi chizmasi bu boradagi birinchi ixtirochi Shikkard ekanligini uzil-kesil tasdikladi.

Mexaniq mashinalarning tarakkiyotida rus olimlarining xizmatlari kattadir. Masalan, 1845 yilda Z.Slonimskiy turtta arifmetik amalni va ildiz chiqarish amalini bajara oladigan hisoblash asbobi sxemasini chizib, matbuotda e`lon qildi. Bu asbob Rossiya fanlar Akademiyasi tomonidan ikkinchi darajali Demidov mukofoti bilan takdirlandi. Atoqli rus matematigi V.Ya.Bunyakovskiy 1867 yilda 12 xonali sonlarni qushish va ayirish uchun ishlatish mumkin bo’lgan hisoblash mashinasini yaratdi va ushbu hisoblash vositasi yordamida ko’p hisoblashlarni muvaffakiyatli bajardi.

Elektr energiyasi bilan ishlovchi hisoblash mashinalari asosan kulda harakatlantiriladigan mexaniq qurilmalarni urnini egalladi. Elektromexaniq hisoblash mashinalarining deyarli hammasida sonlar mashinaga tugma (klavish)lar yordamida kiritiladi. Bu bosqichda tugma Odner gildiragi printsipida ishlaydigan un tugmali “VK-1” mashinasi ishlab chiqildi. Keyinrok esa barcha arifmetik amallar uchun etarli tugmalari bo’lgan “KSM -1” va “KSM-2” hisoblash mashinalari yaratildi. Bu xil mashinalarni yanada takomillashtirish tufayli “SAL-2S”, “SAR”, “VMA-2”, “VMM-2” va boshqa hisoblash mashinalari dunyoga keldi.

Elektromexaniq mashinalar ham, o’z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti extiyojlarini koniktira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko’p vaqt talab qilishi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tugildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida elektron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi.

1942-1945 yillarda birinchi bo’lib AQShdagi Pensil`vaniya universitetida elektron lampali raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna og’irliqdagi, 150 kvadrat metrli zalni egallagan va 18 ming elektron lampali bu baxaybat elektron hisoblash mashinasi “ENİAK” deb nom oldi. 1946 yili amerika olimi Dj. Neyman (1803-1957) shunday elektron hisob mashinalarini kurishning asosiy matematik printsipini bayon qildi. Bu printsip dastur asosida ketma-ket avtomatik boshqarish printsipidir. Bu xil mashinalar hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi, fan-texnikaning turli sohalari jadal rivojlanishiga turtki berdi. Keyinrok AQShda va Buyuk Britaniyada “EDVAK”, “EDSAK”, “SEAK”. “BİNAK”, “UNİVAK” va boshqalar yaratildi. Umuman 1950 yil elektron hisoblash mashinalari tarakkiyotining boshlanishi bo’ldi.

Birinchi elektron hisoblash mashinasi (EHM)ning loyixasini 1948 yili elektronika va hisoblash texnikasi sohasidagi yirik olimlardan S.A.Lebedov va B.İ.Rameevlar ishlab chiqishdi. Kichik elektron hisoblash mashinasi (MESM) Ukraina FA Elektronika institutida yaratildi. Bu mashinaning asosiy kamchiligi axborot sigimining kichikligi hamda sonlar xonasining ozligida edi. 1954 yili Anik mexaniqa va hisoblash texnikasi institutida S.A.Lebedev raxbarligida yangi EHM ishga tushirildi. (BESM - katta elektron hisoblash mashinasi).

Tarixan qisqa vaqt mobaynida (35-40 yil orasida) EHMning turt avlodi yaratilib, beshinchi avlod mashinalari loyihalanmoqda. EHMlarni avlodlarga bo’lish element bazasi, konstruktiv-texnologik, mantiqiy tuzilishi, matematik ta`minoti, texnik xarakteristikalari, foydalanuvchilarning EHMni ishlata olish darajasi bilan farqlanadi. Ayniqsa, Yaponiyada 1981 yilda EHMlarning beshinchi avlodini yaratish loyihasining e`lon qilinishi butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo’ldi.

EHMlarning quyidagi xarakteristikasiga qarab ularni solishtiradilar. EHM tez hisoblaydigan xotirasi katta va ishonchli bo’lishi kerak. Bulardan tashkari EHMlar bir-biridan element bazasi, konstruktiv texnologik bajarilishi, logik shakllantirilish programmaning ta`minoti, texnik xarakteristikasi, foydalanuvchi tomonidan EHMni tezda ishga tayorlash tomonlari bilan farqlanadi. Yukorida qayd etilganlarga qarab EHM ni quyidagi avlodlarga bo’ladilar.


Download 19,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish