Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

 
 
NODAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM 
SIFATINI OSHIRISH ASOSLARI 
Xallokova M.E. - FarDU, maktabgacha ta’lim kafedrasi katta 
o‘qituvchisi, (PhD); 
 
Toshmatova D.A. - FarDU magistranti 
 
Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, 
huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyati 
ta’lim jarayonini modernizatsiyalash, ta’lim mazmunini yangilash, yosh 
avlodning ijodiy, intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.
Mamlakatimizda nodavlat ta’lim xizmatlari sohasidagi faoliyat 
maktabgacha (bog’chalar), umumiy o’rta (maktab), oliy hamda kadrlar 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash (o’quv markazlari) ta’lim 
turlari bo’yicha tez rivojlanib, mazkur ta’lim turlari bo’yicha nodavlat 
ta’lim muassasalari soni ortib bormoqda. Nodavlat ta’lim muassasalarida 
ta’lim sifatini oshirish hamda ularda faoliyat yuritayotgan pedagog 
kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish yuzasidan zamonaviy 
qarashlar va tamoyillarni tahlil etar ekanmiz, bu sohada qator xalqaro 
hujjatlarning ishlab chiqilganliginig guvohi bo’lamiz. Jumladan: 
-
Yevropa ittifoqi davlatlarining yagona Evropa ta’lim hududi, 
ta’lim sifatini oshirish, ta’limdagi mobillikni ta’minlash va uzluksiz ta’lim 
masalalariga bag’ishlangan Bolonya (1999 yil, Italiya), Sarbonn 
deklaratsiyasi, Lissabon konventsiyasi (2000 yil, Lissabon); 
-
YUNESKOning Butundunyo ta’lim forumi Deklaratsiyasi 
(World Education Forum-2015, Inchxon); 
Birlashgan millatlar tashkilotining “Barqaror rivojlanish maqsadlari – 
2030” qabul qilingan (2015 yil, may) Dasturining 4-maqsadi sifatida 
“Barchaga sifatli ta’lim berish va hayot davomidagi ta’lim olish 
imkoniyatini yaratish” masalasining belgilanishi ham o’ziga xos 
dolzarblik kasb etadi. 


216 
Yuqorida qayd etilgan rasmiy hujjatlarda barcha ta’lim muassasalari 
pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning zamonaviy 
modellari sifatida zamonaviy texnologiyalardan keng foydalana olishi, 
Amerika Qo’shma Shtatlarining ilmiy markazlari, shuningdek, yirik 
korporatsiya (Toyota, Sony, Mitsubishi) larda stajirovkalar o’tkazish, 
modernizatsiya, supervertsiya, mahorat - darslari, noformal va informal 
shakllarda rivojlantirish masalalari keng yoritiladi.
Bugungi kunda nodavlat ta’lim muassalariga bo’lgan talabning 
ortishi ta’lim va o’qitish sifatini baholashning Xalqaro standartlarini joriy 
etish asosida ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda 
samaradorligini oshirish o’zbek tili va adabiyoti, chet tillar, (bir nechta 
chet tillari), informatika (kompyuter texnologiyalari), matematika kabi 
muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda 
o’rganish, ijtimoiy pedagogik - psixologik diagnostika; ta’lim tizimini 
zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash, pedagogik 
xodimlarga bo’lgan ehtiyojlarni tahlil qilish, pedagogik xodimlarning 
kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvini ta’minlash, ularni qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish; umumiy o’rta ta’lim muassasalari 
(NTM) ni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta’lim tizimini boshqaruv 
jarayoniga yangicha yondashuv; ta’lim muassacalarida mehnat-huquqiy 
munosabatlar masalalarini chuqur tahlil qilishni taqozo etmoqda. 
Mamlakatimizda nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim tizimi, undagi 
o’qitish jarayonini takomillashtirish maqsadida rivojlangan davlatlarning 
ta’lim sohasidagi islohotlari tahlil qilinib, shu asosida ta’lim mazmunini 
modernizatsiyalash uning maqsad va vazifalari, dunyo ta’limi oldida 
turgan global vazifalarning hal qilinishida yechimini kutayotgan 
muammolar: nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat mazmuni tahlili, 
vazifalari, maqsadlarini o’rganish va kerakli tavsiyalar ishlab chiqish
ta’lim xizmati ko’rsatuvchi barcha muassasalarning hozirgi kundagi asosiy 
qiyinchiliklari, ta’limni tashkil etish va uning sifatini yuqori darajaga 
ko’tarish, boshqarish, moliyalashtirish, ta’lim muassasalarining moddiy-
texnik bazasini rivojlantirish kabi masalalarning hal qilinishiga katta 
e’tibor qaratilmoqda. 
Sohaga oid adabiyotlarning nazariy tahlili, nodavlat ta’lim 
muassasalarida ta’lim sifatini oshirishda tizimli yondashuvning mazmun 
va mohiyatini asoslash uchun imkoniyat yaratdi. Ta’lim sifatini oshirishda 
tadqiqot ob’ekti tizim sifatida, ya’ni “xaridorgir mahsulot ishlab 
chiqarishga” xizmat qilayotgan murakkab tizim sifatida ko’rib chiqiladi. 
Bunda uning aloqalari va vositalarining mazmun-mohiyatiga ko’ra 


217 
nodavlat ta’lim muassasalarini bir butun, ya’ni yaxlit holda tasavvur qilish 
talab etiladi. Nodavlat ta’lim muassasalarini o’rganishda alohida 
xususiyatlarga ega bo’lgan bir necha qismlarga ajratib, ular o’rtasidagi 
aloqalar shuningdek, umumiy o’rta ta’lim maktablari bilan bog’liqlik 
xususiyatlari aniqlandi. 
Nodavlat 
ta’lim 
muassasalarida 
ta’lim 
sifatini 
oshirish 
mexanizmlarni ishlab chiqish, undagi muammolarni hal etish izchillik 
bilan rivojlanib borayotgan uzluksiz va zamonaviy yangi fan-texnologiya 
yutuqlariga asoslangan bugungi jamiyatda bunday holat oddiy ijtimoiy 
ong, tafakkurning o’sishi natijasi sifatida qaralishi kerak. Bu o’rinda 
xulosalarni tahlil qiladigan bo’lsak, nodavlat ta’lim muassasalarida tahsil 
olayotgan o’quvchilarga kelajakda jamiyat uchun jamiyatning talabi o’z 
yo’nalishiga ega bo’lib, ular quyidagicha ko’rinishlarda namoyon 
bo’lmoqda: 
birinchidan – jamiyatda o’z mavqeiga ega bo’lish uchun ijtimoiy 
nufuzli toifaga ega bo’lgan davlat attestatini olishga harakat qilayotgan 
yoshlarning salmog’i; 
ikkinchidan – DTS belgilangan o’quv rejasiga ko’ra ta’lim olayotgan 
o’quvchilarning qo’shimcha diplom va sertifikat (chet tillarini o’rganish 
yoki kompyuter, sport yo’nalishlari misolida) olishga harakat qiluvchilar 
ko’lami. 
Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi 
islohotlar nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish 
mexanizmlarini ishlab chiqish, takomillashtirishni, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, 
zamonaviy talablarga mos keladigan ta’lim tizimini shakllantirishni taqozo 
etmoqda. Bu bugungi kunning eng asosiy talablaridan biri bo’lib, nafaqat 
ta’lim sifatini oshirish muammolari, balki o’qituvchilarning pedagogik 
faoliyatini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish va ularni 
shakllantirish zamirida, eng avvalo, tizimning turli bo’g’ini xodimlari 
faoliyatini takomillashtirishning yo’l-yo’riqlarini aniqlash, yangi 
sharoitlarga muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish vazifalarini 
belgilaydi. 
Shundan kelib chiqib, ta’lim sifatini oshirish yo’nalishida amalga 
oshirilayotgan islohotlar barcha nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim 
jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishda fan-texnika 
yutuqlariga asoslangan innovatsion texnologiyalarning eng samarali 
metodlaridan foydalanishni, mutaxassislik doirasida o’z bilim, ko’nikma 
va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni egallab borishni talab 
qiladi. 


218 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish