208
hayotga tayyorlash, oilaparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash ma’naviy-
ma’rifiy ishlar samaradorligini oshiruvchi ta’sirchan vositalardandir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, oilaviy an’analar, rasm-rusmlar va
odatlar orqali o`spirin yoshidagi o`quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani
shakllantirish va dunyoqarashga aloqador tushunchalarni singdirishni
ta’minlovchi ijtimoiy psixologik omillar va shart-sharoitlarni aniq bilish
o’ta dolzarb va muhim vazifadir.
O
’
spirinlik yoshidagi bola dunyo, uning sir-sinoatlari qatorida oila va
nikoh, oilaga va insoniy munosabatlarga oid qadriyatlarning ma’no-
mohiyatini bilish, nafaqat bilish, balki e’tiqod tariqasida qalbiga
singdirishga ehtiyoj sezadi. Lekin ayni shu taraqqiyot davrida uning ongini
chalg’ituvchi ziddiyatlar va noto’g’ri stereotipli
ustanovkalar ham
shakllanib qolishi, zararli odat va ko`nikmalar shaillanib qolishi mumkin.
Shu o’rinda oilaviy muhitning sog’lomligi, undagi azaliy qadriyatlarning
milliy va umuminsoniy ma’naviyat tamoyillariga mosligi har bir o’g’il va
qizda sog’lom dunyoqarash va oilaparvarlik sifatlarining kamol topishiga
zamin bo’lib xizmat qiladi. Ushbu jarayonga xizmat qiluvchi oiladagi
ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlar va vositalar mustaqil ravishda maxsus
tarzda o’rganilmagan, mavjud nazariy qarashlar empirik materiallarda
asoslanmagan. Zero, yoshlarda, ayniqsa, o’spirin yoshidagi bolalarda yot
g’oyalarga nisbatan, ijtimoiy xulq normalariga zid ustanovkalarga nisbatan
mafkuraviy
immunitetni shakllantirish, ularni eng ilg’or va safarbar
etuvchi g’oyalarni to’g’ri idrok qilish, oilaning jamiyatda tutgan muqaddas
ro’li va uning Vatan, ona yurt tushunchalari bilan bog’liqligi ruhida
tarbiyalash
mohiyatan
ijtimoiy
psixologik
hamda
pedagogik
muammodir.[1]
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina
emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura
kabi O’zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy
g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning
ustuvorligiga erishish sanaladi. Ijtimoiy tarbiyaning
boshqa turlari kabi
ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy
qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi. Ma’naviyat shaxs,
xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va
istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir. Ma’naviyat
arabcha «Ma’naviyat» - ma’nolar majmui mohiyatiga ko’ra ijtimoiy
taraqqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy,
axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi.
209
Madaniyat so’zi “Kultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish,
ishlov berish ma’nosini bildiradi – ijtimoiy
taraqqiyot davomida
insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.[2]
Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-
tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni
o`rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar
tizimi. Mafkura –
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy,
badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish,
ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va
yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi
xisoblanadi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki,yosh avlodni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy. madaniy, tarixiy urf-
odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali,
zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib,
amaliyotga joriy
etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning
ustuvorligini ta'minlash, umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni
oshirish, mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya
ishlarini
takomillashtirish
«Oila, mahalla, maktab hamkorligi»
konsepsiyasining asosiy maqsadidir.
Do'stlaringiz bilan baham: