Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Mirziyoyev.Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik o’zbekiston 
davlatini birgalikda barpo etamiz” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy majlis 
palatalarining qo’shma majlisidagi nutq.T.”O’zbekiston” NMIU. 2016 
y.13-bet 
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 2022 — 2026 yillarga 
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida.
 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son, 
18.03.2022 y., 06/22/89/0227-son
 
 
SHAXSDA KREATIV IMKONIYATNI AMALGA OSHIRISHNING 
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

 
Bozarboyeva N. D.- ADU, Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
 
O’smirlarda kreativ imkoniyatlarni rivojlantirish zaruriyatiga 
birinchilardan bo’lib e’tibor qaratgan pedagoglardan biri P.T. Blonskiy 
bo’lib, kreativ imkoniyatni yoki kognitiv kreativlikni rivojlantirishga katta 
ehtiborni qaratgan. Kreativlik bir tomondan ijodiyot jarayonida amalga 
oshib, uning motivatsion-ehtiyojli asosini (ijodiyotning sub’ektli 
determinanti sifatida) aks ettiradi.Ikkinchi tomondan, kreativlik uning 
kechishi sharoitlari va xususiyatlariga bog’liq holda (ijodiy jarayonning 
ob’ektiv determinantlari sifatida) shakllanadi va rivojlanadi. 
Biroq, ijodiy jarayon sub’yektiv determinizatsiyasining zaruriy 
elementi bo’lgan holda kreativlik hamma vaqt ham ijodiy samaralilikda 
aks etmaydi. Ma’lum bir omillar ta’siri ostida yuqori kreativ imkoniyat 
hattoki yashirin va amalga oshmagan holida qolishi mumkin. 
Tadqiqotimizning maqsadi esa ushbu omillarni, ya’ni kreativ 
imkoniyatning ijodiy samaralilikka o’tishiga to’sqinlik qiluvchi 
omillarni, shuningdek uni yanada samaraliroq amalga oshirishga 
ko’maklashuvchi shartlarini aniqlash hisoblanadi. 


167 
Pedagogik-psixologik, ko’pincha texnik adabiyotlarda ham 
ijodiyotga o’rgatish mumkinmi degan savolning muhokama qilinishini 
kuzatish mumkin. Ko’pchilik psixologlarning fikricha, masalaning 
bunday qo’yilishi ma’noga ega emas, chunki ijodiyotni belgilashning 
o’zida uning algoritimsiz xarakterdaligi aks etadi. Lekin, ijodiyotga 
to’g’ridan-to’g’ri o’rganish mumkin bo’lmasa, biroq ijodiy faollikni 
rag’batlantiruvchi yoki to’xtatib qoluvchi shartlarni yaratish hisobiga 
unga bilvosita ta’sir qilish mumkin.Ijodiy faollikning kechishiga ta’sir 
ko’rsatuvchi omillar yoki shartlar ikki ko’rinishda bo’ladi: vaziyatli;
shaxsiy. 
Insonnning kreativ imkoniyatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi vaziyatli 
omillarga quyidagilar tegishlidir: vaqt chegarasi; stress holati; 
xavotirlanganlik holatining yuqoriligi; yechimni tezda topish istagi;
juda kuchli yoki juda oz motivatsiya;aniq yechim usuliga fiksatsiya 
qilingan ustanovkaning mavjudligi; avvalgi muvaffaqiyatsizliklar 
oqibatida kelib chiqgan o’z kuchiga ishonchsizlik; qo’rquv; o’z-o’zini 
nazorat qilishning yuqoriligi; vazifalar shartlarini taklif etilishi noto’g’ri 
yechimni keltirib chiqaruvchi usuli. 
Ijodiy jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi shaxsiy omillarga 
quyidagilar kiradi:konformlik; o’ziga ishonmaslik (ko’pincha o’zini 
baholashning umumiy pastligi bilan kuzatiladi), shuningdek o’ziga 
haddan ortiq ishonch; emotsional tushkunlik va salbiy emotsiyalarning 
barqaror 
ustivorligi;tavakkalga 
moyillikning 
mavjud 
emasligi;
muvaffaqqiyatsizlikni chetlab o’tish motivatsiyasining muvaffaqiyatga 
intilish motivatsiyasidan ustunligi; shaxs belgisi sifatida yuqori 
xavotirlanishning mavjudligi; shaxsiy himoyaning kuchli mexanizmlari 
va boshqalar.Ijodiy tafakkurga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi shaxs belgilari 
orasida 
quyidagilar 
ajratiladi: 
o’z 
kuchiga 
ishonch;quvonch 
emotsiyasining va hattoki ma’lum bir darajada agressivlikning 
ustuvorligi; tavakkalga moyillik; g’ayritabiiy va noodatiy ko’rinishdan 
qo’rqishning mavjud emasligi;konformlikning mavjud emasligi;hazil-
mutoyiba hissining yaxshi rivojlanganligi; ong ostining mazmun jihatdan 
boyligi (mazmun jihatdan turli-tuman tushlar ko’rish, sinestiziya 
fenomenini boshdan kechirish va boshqalar); fantaziya qilishga va 
kelajakdagi rejalarni tuzishga mehr va shu kabilar. 
Shu o’rinda ijodkor shaxslarda tez-tez uchrab turadigan, 
infantilizmgacha borib yetadigan bolalik mavjudligini qayd etib o’tish 
lozim. V.P.Zinchenko shu munosabat bilan 
P.A.Florenskiyning 
ijodiyotning siri yoshlikni saqlab qolishda, geniallikning siri esa bolalikni 


168 
hayotning oxirigacha asrab qolishda ekanligi haqidagi formulasini keltirib 
o’tadi. Ko’psonli tadqiqotchilar har qanday ijodkor shaxsning ijodga 
qobiliyati asosida yotuvchi bosh sifatni ta’riflashga urinishgan. Aniq 
ta’riflarning rang-barangligiga qaramasdan ularning barchasi qariyb bir 
narsani:ijodkor shaxs–erkin shaxs, erkin shaxs esa–o’z-o’zidek 
bo’lishga, K.Rodjers tarifida o’z «Men»ini eshitishga qodir shaxsdir. 
Iqtidorlilik tuzilmasiga doir turli yondashuvlar tahlili asosida (A.M. 
Matyushkin, D. Reyuulli, D. Sisk, J. Friman va boshқalar modeli) asosiy 
uch blokni ajratib o’tish mumkin: muvofiq faoliyat turiga motivatsiya; 
qobiliyatlar bloki;amalga oshirish bloki. Bizning tadqiqotimiz doirasida 
xalqaro e’tirofga sazovor bo’lgan iqtidorning Myunxen tadqiqoti tajribasi 
foydalidir. Iqtidorlikning Myunxen logityud tadqiqoti Germaniyada professor 
K.A.Xeller rahbarligida o’tkazilgan. U ko’p faktorli modelga asoslanib, yuqori 
individual yutuqlar kognitiv iqtidorlilik (intellektual, ijodiy, ijtimoiy va 
boshqalar), shaxs (motivatsiya, qiziqishlar, Men – kontseptsiyasi) va ijtimoiy 
muhit (oila va maktabdagi muhit, ta’lim sharoitlari, tengdoshlari bilan 
munosabatlar) natijasi sifatida ko’rilgan. 
Kreativlik diagnostikasining eng ko’p mahlum bo’lgan rest 
batareyasining muallifi Ye.P. Torrens ijodiy yutuqlarning yuqori darajasi 
faqatgina uch omil: kreativ imkoniyatlar, ijodiy mahorat va ijodiy 
motivatsiyaning bir-biriga mos kelishi holatidagina kutilishi mumkin, deb 
hisoblagan. 
Shaxs kreativ imkoniyatini amalga oshirish va rivojlantirishning 
mavjud modellari va tadqiqotlariga tayangan holda biz o’rta maktabda 
o’quv-tarbiya jarayonida shaxs kreativ imkoniyatini samarali amalga 
oshirishni belgilovchi quyidagi omillar mavjudligini faraz qildik. 
O’smirlarning 
kreativ 
imkoniyati;ijodiymotivatsiya; 
Men–
kontseptsiyasining xususiyatlari;ijodiy mahorat;atrofdagilar bilan o’zaro 
aloqalar 
(shaxslararo 
munosabatlar) 
xususiyatlari; 
o’quv-tarbiya 
jarayonining xususiyatlari. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish