153
katta yutuq sifatida e’tirof etishmoqda. Buni tushunarli tilda o’quv-
o’rganish natijalari deyiladi.
Xo’sh, avvalgi ta’lim qanday edi? Mavzular bo’yicha aniq, ta’limiy
natijalar yo’q,hayot uchun ko’nikmaga ega bo’lmagano’quvchilar
yakka
tartibda
ishlashga
majbur
edi.
O’qituvchi
bilimlarni
bir-biriga
bog’lamasdan yetkazib berish,ma’ruza qilish bilan band edi.Imtixonlar esa
o’rganuvchidan fanning hayot bilan bog’lik tomondan emas,yod olishni
talab qilar edi.Biroq hozir biz shiddat bilan o’zgarayotgan XXI asrda
yashamoqdamiz.Butun dunyo bir-biri bilan doimiy aloqada,qizg’in axborot
almashmoqda.Odamlar bir-biri bilan jamoa bo’lib ishlashni ma’qul
ko’rmoqdalar.Ta’lim ham bu jarayonlarga moslashdi.So’nggi o’n yillik
mobaynida ta’lim tizimi juda katta evolutsiyaga,tadrijiy rivojlanishga yuz
tutdi.O’quv
dasturlari,ta’limiy
muhit,o’qituvchilar,o’qitish
usullari,baholash va ta’lim oluvchi, hammasi, har tamonlama o’zgardi.
Ta’lim
boshqaruvi, yondashuv, ta’lim mazmuni hammasida favqulotda
transformatsiya sodir bo’ldi.
An’anaviy ta’limda fanlar bir–biriga bog’lanmasdan, alohida-alohida
o’qitilgani uchun ham, odamlar voqea hodisalarni ayro tasavvur
qilmoqdalar. Aslida esa hammasi bir-biriga chambarchas uyg’un. Insonlar
dunyoni, hodisalarni, jarayonlarni yaxlit tasavvur qilishlari uchun fanlar
ham bir-biriga uyg’un ravishda hamohang o’qitilishi zarur.
Aynan mana
shu ehtiyoj XXI asrda o’quvchida hayotiy ko’nikmalarni shakllantiruvchi
noan’anaviy ta’limning paydo bo’lishiga xizmat qildi. Bugungi kunda
butun dunyoda STEM, STREM, STEAM deb nomlanuvchi bunday ta’lim
yondashuvi o’quvchida muammoni hal qilish,munozaraga kirishish,
tanqidiy fikrlash,jamoa bilan ishlash layoqatlarini shakllantirish bilan
o’ziga xosdir.Tabiiy fanlar,
texnologiya va muhandislik, tasviriy san’at,
matematika, robototexnika bu fanlarning o’quv dasturlari birgalashib
hamohanglikda o’zaro STEAM ta’lim yondashuvini tashkil qiladi.
E’tiborli jihati shundaki, yuqorida tilga olingan ta’lim yondashuvlari
zamonaviy dunyoda eng talabgir tarmoqlarga aylanib bormoqda. STEAM
– ta’lim fanlararo va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, o’z ichiga
olgan 5 ta fanni uyg’unlashtirgan holda bilim berishga asoslangan.
STEAM — maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib,
an’anaviy o‘qitish tizimiga muqobil tizim hisoblanadi.
U bolalarni bir vaqtning o‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology
(texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics
(matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda o‘quvchilar
amaliy va ko‘ngilochar loyihalar mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar.
154
O‘zbekistonda didaktik ta’limning tashkil
topishi va rivojlanishi
Abdulla Avloniy, Hamza Xakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy,
Qori Niyoziy, Sadriddin Ayniy kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan
bog‘liq. Shu jumladan qomusiy olimlarimizdan Abu Rayhon Beruniy
(973-1048) ta’lim jarayonini chuqur o‘rgangan olimlardan biri. U ilmiy
bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqida shunday fikrlarni bildiradi.
O‘quv jarayonida pedagog quyidagi qonuniyatlarga:
-bolani zeriktirmasligi;
-bilim berishda turlilikka asoslanishi;
-uzviylikka, izchillikka rioya qilish kerak.
Beruniy yangi mavzularni
qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish samarali natijalar berishini ham
ta’kidlaydi.
Abu Ali Ibn Sino (980 - 1037) bilim olishda shaxslarni o‘quv
muassasasida o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi
tomonlarga rioya etishni ta’kidlaydi:
-bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
-ta’limda osondan murakkabga borish orqali bilim berish;
-o‘qitishda jamoa bo‘lib, o‘quv muassasasida o‘qitishga e’tibor berish;
-bilim berishda bolalarning maylini, qiziqishi va qobiliyatini hisobga
olish;
-o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.
Ushbu ishlab chiqilgan qoidalar ta’limda mustahkam o‘rin egallay
boshladi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra butun
dunyoda STEAM-kasblariga
bo’lgan extiyoj 2011-yildan boshlab 17% oshgan bo’lsa,boshqa kasblarga
bo’lgan ehtiyoj esa 9,8% gagina oshgan,demak,butun dunyoda STEAM-
ta’lim tizimiga talab juda yuqorilashmoqda.
STEAM-ta’limi
aynan
bir
xil
fanlar
tutashgan
joyda
innovatsiyalar,kreativ
g’oyalar
tug’ilish
tushunchasiga
asoslangan.STEAM-ta’limi
an’anaviy
ta’limdagi
kabi
faktlarga
asoslangan holda bilim berish bilan birga ,bolalar rivojlanishi uchun zarur
bo’lgan - moslashuvchanlik, tanqidiy fikrlash, yaratuvchanlik va
kirishuvchanlik kabi ko’nikmalarni rivojlantiradi.
Zamonaviy ta’limda o’qituvchi fasilitator (maslahatchi) ga
aylanadi,ya’ni o’quvchi uchun maslahatchi va yordamchi vazifasini
bajaradi.Ularga ma’lumotni
shunchaki uzatmasdan,tushunarli qilib
yetkazadi va o’quvchining mustaqil faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi.
155
Baholash esa loyihalarga asoslangan.O’quvchilar belgilangan vaqt
ichida, jamoa bo’lgan holda,berilgan resurslar asosida biror ishni amalga
oshiradilar.
Xulosa qilib aytganda, endi ta’lim o’quvchi uchun o’zini ko’pchilik
orasida yakka qolishni talab qiladigan zerikarli tizim emas,balki hamfikrlar
topish,dunyoni har tomondan kuzatish imkonini beruvchi yangi
imkoniyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: