115
TALABA-YOSHLAR O’RTASIDAGI TEXNIKAVIY BILIMLARNI
BOYITISHDA MATEMATIK KOMPITENTLIKNI OSHIRISH
Саттаров М.– АДУ, Бошланғич таълим методикаси
кафедраси катта ўқитувчиси
Davlatimiz tomonidan yurtimizda ta’lim tizimiga katta e’tibor
qaratilmoqda. Zamanaviy ta’limning mazmuni, shakli va samaradorligini
takomillashtirish muhim masaladir. Ayniqsa, bilimli, yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlash masalasi o‘ta dolzarbdir. Respublikamiz oliy
ta’lim muassasalarida turli xil yo‘nalishlar mavjud. Ularning har birida
matematika asosiy fanlaridan biri sifatida o‘qitilmoqda. Matematikani
predmet sifatida o‘qitishda texnikaviy bilimlar
sifatini oshirishning
muhim belgisi sifatida ham xizmat qiladi. Texnika yo’nalishlarida
matematik kompetentlik faqatgina kasbiy chaqqonlikni oshiribgina
qolmay, shu bilan birga talabalarning ixtiro kuchlarini va qobiliyatlarini
ham rivojlantirishga, ularda ilmiy dunyoqarashni, ijobiy munosabatda
bo‘lish kabi fazilatlarni shakllantirishga ham imkon beradi.Talabalarda
shakillanishi zarur bo’lgan matematik kompetentlik insonning mehnat va
ishlab
chiqarish–texnik
faoliyatida
paydo
bo’ladi.
Shu
sababli,talabalarning kasbiy bilim ko’nikmalari bilan bog‘lanishi, ular
tomonidan bilimlarni o‘zlashtirishning zaruriy sharti bo‘lib xizmat qiladi.
Talabalarni mutaxasislikga tayyorlash mehnat ta’limini o‘rganish
jarayonida, texnika, texnologiya va ijtimoiy–foydali,
ishlab chiqarish
mehnati bo‘yicha amaliyot mashg‘ulotlarda yaqqol ko’rish mumkin.
Matematikani o‘qitishda talabalardagi matematik kompetentlikning
pastligi bugungi kunda ayniqsa, dolzarb hisoblanadi, chunki hozirgi
paytda texnika kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Bunda uning mazmuni
va bajarilib borishi tomoni farqlanadi. Mazmun tomoni esa o‘qitishning
metodlariga va shakllariga qo‘yilgan talablar hisoblanadi.
Matematikani o‘rganishda qarab chiqilayotgan standartlar xalq
xo‘jaligining muhim sohalaridagi texnik qo‘llanishlarni
ham kiritish
kerakligini talab etadi. Bu esa matematika kursining nazariy va amaliy
qismlarini aniqlab olishga imkon beradi.Oliy ta’lim muassasalari texnika
yo’nalishlarini tugatgan talabalarning asosiy qismi ishlab chiqarish
sohasiga boradi. Talabada matematik kompetentlikni shakillantirish
masalasini hal etishda matematika o‘qituvchisi ham muhim darajada
ishtirok etadi. Matematika o‘qituvchisining talabalarni kasbiy
tayyorgarligi va matematik kompetentlik bo‘yicha
ish metodini
116
aniqlovchi tamoyil bo‘lib politexnik tamoyil hisoblanadi. Matematika
o‘qituvchisi o‘z darslarida avvalam bor o‘z faniga talabalarni qiziqtira
olishi zarur.Oliy ta’lim muassasalarida ishlayotgan matematika
o‘qituvchilarining yana bir muhim vazifasi shundan iboratki, u o‘z
darslarida matematikani talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatlariga
qanchalik zarur ekanligini aniq misollar orqali ko‘rsatib
bera olishi va
bularni tajribalar orqali namoyish etib berishi kerak bo‘ladi. O‘qituvchi
shu yo‘l bilan talabalarni matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish
bilan birga o‘z kasbiga muhabbat tuyg‘usini ham uyg‘ota oladi.
Matematika o‘qitishni shunday tashkil etish kerakki,bunda texnika
taraqqiyotini belgilovchi faktor matematikaning qonunlari ekanligiga
talabalarda ishonch hosil bo‘lsin. Matematikani o‘rganish talabalarning
matematikadan olgan oldingi bilimlarigagina
tayanib qolmasdan, shu
bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olgan bilimlariga ham tayanadi.
Masalan, mexanika, tebranish va to‘lqinlarni o‘rganish uchun matematika
kursidan trigonometrik funksiyalar, elektroliz hodisasini, atom va yadro
matematikasini o‘rganishda kimyo kursidan olgan bilimlardan
foydalaniladi. Uning mazmuni xar bir yo‘nalishga mos tanlangan. Oliy
ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishda, ularning yo‘nalishlari
hisobga
olingan
holda,
innovatsion
pedagogik
va
axborot
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib noan’anaviy shaklda
o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir.
Jumladan, mazkur maqola yuqoridagi
maqsadga qisman bo‘lsada erishishga yo‘naltirilgan.
Talabalarning matematik kompetentligini oshirish maqsadida
o‘qituvchi avvalo pedagogik faoliyat ko‘rsatayotgan oily ta’lim
muassasasining tayyorlaydigan ixtisosligini e’tiborga olgan differensial
o‘qitishni amalga oshirishi lozim (O‘qitish mazmunini kasbiy
tayyorgarligi deganda o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarni
uning kelgusi faoliyatida tutgan o‘rni, nazariya va amaliyot birligi, ta’lim-
tarbiyaning uzviyligini amalga oshirish
orqali shaxsning yetuk
mutaxasislarni ta’minlash tushuniladi). Shu maqsadlarni ko‘zlab
matematika
fani
o‘qituvchilari
pedagogik
jarayonda
ilg‘or
texnologiyalardan foydalanib, o‘quv muammolariga asoslangan
vaziyatlarni vujudga keltirishi va ma’ruza, seminar,munozara,
konferensiya, muammoli darslarida muvaffaqiyatli hal etilishini
ta’minlashi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Talabalarning matematik kompetentligini oshirish nafaqat ta’lim
mazmuniga kelgusida egallaydigan kasb haqida ma’lumot berish, balki
117
mazkur kasb talab etadigan bilim, ko‘nikma
va malakalar, shuningdek,
shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirish ham muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: