74
Kalit so‘zlar
: shaxs, oila, ta`lim, tarbiya, kitob, kitobxon, asar, she`r.
Аннотация.
В тезисе представлена научная и фактологическая
информация о роли семьи в развитии личности и важных факторах
культуры семейного чтения.
Ключевые слова:
человек, семейный, образование, воспитание,
книга, читатель, работа, стихотворение .
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganidek, “Bugungi kunda
yurtimizda tobora keng tarqalib borayotgan. “O`z bolangni o`zing asra”
degan da`vat faqat quruq shior bo`lib qolmasdan, har bir ota-ona,
har bir
fuqaroning qalbiga chuqur kirib borishi amaliy harakatga aylanishi zarur.
Buning uchun bu masalani, ya`ni ota-onalarning farzandlar tarbiyasi uchun
mas`uliyatini va burchini huquqiy asosda mustahkamlab qo`yish vaqti
keldi, deb o`ylayman”. Haqiqatan ham har bir ota-ona o`z farzandining
tarbiyasi uchun javobgar hisoblanadi. Farzandlarimizning tarbiyalashning
muhim shartlari oilalarning mustahkam, ma`naviy sog`lom asosda
qurilganligi, ayniqsa, ota-onaning o`zi tarbiyalangan bo`lishidir. Ota-
onalar farzandining bugungi muallimi hisoblanadi. Chunki farzandga til
o`rganish, kitob o`qishga qiziqtirishi aynan oiladan boshlanadi. Hozirgi
kunda farzandlarimizning har qanday insoniylikdan yiroqlashtiradigan
illatlardan asrash
uchun ularni ilm olishga, kitob o`qishga qiziqtira bilish
lozim. Farzandni tarbiyasida har bir ota-ona o`z mas`uliyatini har bir
daqiqa his qilib yashashi lozim.
Kitobsevar oilada kitobxonlik bo‘yicha ota barchaga munosib o‘rnak.
Kuni bilan davlatning muhim tashkilotida ishlab, oila tashvishlari bilan
yelib-yugurayotgan bo‘lishiga qaramasdan, har kech kitob mutolaasi bilan
shug‘ullanayotgan, biri qo‘yib, ikkinchisini olib o‘qiyotgan, ham she’riy,
ham nasriy asarlarga birdek qiziqish bildiradigan, o‘qigan asarlari
mazmun-mohiyati, adibning ijodiy salohiyati borasidagi fikrlarini oilasi
bag‘rida muhokama qilayotgan otaning o‘ziga xos bu fazilati beixtiyor,
tabiiy ravishda farzandlarga ham ko‘chib o‘tadi,
ularning hech birini
umuman befarq qoldirmaydi. Bundan ko‘rinadiki, yosh avlodning
kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishda oila eng muhim
va mustahkam tayanch bo‘lib qolaveradi.
Bugun
jamiyatimizda
kitobxonlikni
rivojlantirish,
mutolaa
madaniyatini takomillashtirish borasida har doimgi davrdan bir necha
barobar ko‘p miqdorda samarali ishlar amalga oshirilmoqda, tashviqot-
targ‘ibotlar olib borilmoqda. Shunday bo‘lsa ham, oilaviy muhitda
kitobxonlik madaniyati takomili qoniqarli darajada emas. Yuqorida ko‘rib
75
o‘tganimiz kabi kitobsevar oilalar bilan bir qatorda, ularning aksi bo‘lgan
oilaviy muhitni ham uchratishimiz achinarli. Ko‘pgina oilalar, ota-onalar
na o‘zlari kitob o‘qishga qiziqishadi,
na farzandlarini bu borada
to‘g‘ri yo‘naltirishadi. Oilaviy kitobxonlikda kitob tanlovi madaniyatiga
hamma ham yetarlicha ahamiyat qaratilavermaydi. Badiiy asar tanlashda
farzandining yosh va fiziologik xususiyatlari, ruhiy-ma’naviy dunyosi,
qiziqish va intilishlar ko‘lamini nazarda tutmas ekan, har qanday
kitobsevar ota-ona bu borada ijobiy yutuqlarga erisha olmaydi. Yaqin-
atrofdagi tanish oilalarimiz hayotiga sinchkov nazar tashlasak, qaysi oilada
kitobxonlik madaniyati qay darajada shakllanganligiga amin bo‘lamiz.
Kimdir dunyoviy hodisalar ummonida suzib yurishni xush ko‘rsa,
kimlardir badiiy adabiyot osmonida sayr etishga ishtiyoqmand. Kimdir bir
oyda bir kitob o‘qishga vaqt ajratsa, yana kimlardir bir haftada bir kitob
mutolaa qilishni xush ko‘radi. Xullas, kitob bilan hamma o‘z olamida, o‘z
xohish va imkoniyatlari chegarasida turli holatda yuzlashadi.
Shunday
oilalar borki, ular xonadonida kitob o‘qish kundalik mashg‘ulot, jiddiy
faoliyat sifatida qadr topgan, farzand o‘stirayotgan bunday xonadonlar
sohib va sohibalari ham o‘zlari, ham farzandlarining kitobxon bo‘lishi
uchun intilishadi. O‘zi tug‘ilib-o‘sgan oilaviy muhitida o‘z vaqtida kitobga
muhabbat, adabiyotga e’tibor bilan ulg‘aygan, kitobxonlikni oilaviy
muhim qadriyatga aylantirgan bunday insonlar bugun farzandlarining ham
kitob atalmish buyuk va bebaho xazinadan bahramand bo‘lib, ma’naviy
barkamollikka erishishini istaydi. Buning uchun ham ota, ham ona o‘z vaqt
va imkoniyatiga qarab, sermazmun, badiiy-estetik ahamiyati yuqori turli
adabiy janrdagi, jahon va o‘zbek
adabiyoti durdonalarini, diniy-ma’rifiy
sarchashmalarni tanlab xarid qilishadi. Bu asarlarni farzandlarining yosh
va qiziqishlari, aqliy salohiyati, o‘zlashtirish qobiliyatini e’tiborga olgan
holda taqsimlab berishadi. Eng muhimi, kitob taqdim qilinganda, hajmini
ham e’tiborga olgan holda, mutolaa uchun muayyan vaqtlar ajratishadi.
Oila boshlig‘i ya’ni ota, bu borada yanada talabchan bo‘lishi kerak. U
har kuni o‘qilishi lozim bo‘lgan sahifa miqdorini belgilab berishi, she’riy
asarlarga
alohida qiziqish bildirib, har bir farzandiga she’rlar yodlab
borishni tayinlab turishi, deyarli har kech ishdan qaytgach, ovqatlangandan
so‘ng, farzandlarini birin-ketin chaqirib, bir pedagog kabi topshirilgan
vazifa ijrosini qabul qilib olishi kerak bo‘ladi. Farzandlar ham o‘zlari yod
olgan she’rlarni aytib berishadi, o‘qiyotgan asarlaridan belgilangan
sahifalar va uning mazmunini gapirishadi, qahramonlar faoliyati, xarakter-
xususiyatiga munosabat bildirishadi. Kitobni yakunlaganlar esa asardan
olgan taassurotlarini ham o‘rtoqlashadi. Bu jarayonda farzandlarning
76
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, topshiriqqa mas’uliyat bilan yondashish darajasi,
kitobxonlik madaniyati ham oydinlashib, o‘ziga xos yondashuvlarga turki
bo‘ladi. Yana bir muhim jihati, farzandlar o‘ziga tegishli asarni o‘qib
bo‘lgach,
kitoblar almashtiriladi, biri-ikkinchisining kitobini ham o‘qib-
o‘zlashtirib boraveradi. Onaning uy yumushlari ko‘p bo‘lgani boisi,
ko‘pincha dam olish kunlari ota farzandlarini atrofiga to‘plab, tarbiyaviy
ahamiyati yuqori asarlarni mutolaa qilib, mazmunini tushuntirib berishi
lozim. Natijada, farzandlarning umumiy tarbiyasida ham ijobiy mohiyat
aks etadi.
Kitob oʻqishni sevadiganlar uchun yomon kayfiyat va umidsizlik sira
qoʻrqinchli emas. Oʻta tushkunlik holati va axborot bosimidan taʼsirlanish
esa televizor yoki kompyuter yonida vaqt oʻtkazadiganlarning doimiy
hamrohi. Bunday ermakni biror qiziqarli kitob mutolaasi bilan
almashtiring, natijani esa tez orada sezasiz. Mutolaa uyqusizlikni bartaraf
etadi. Pasaytirilgan yorugʻlik ostida
qilingan mutolaa organizmni
boʻshashtirib, uyquga tayyorlaydi.
Ijtimoiy institut sanalgan oiladagi ma`naviy muhitga oilaning katta
avlodlarining kitobga, uni mutolaa qilishga bo`lgan muhabbati azal va
abad qadriyatlarimizdandir. Bu an`anaviy tarzda yosh avlodga etkazilishi –
millat va elatning ma`naviy kamoloti yo`lida hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: