Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.A.Karimov. "Yuksak manaviyat yengilmas kuch"
2. Ayollar islom nigohida. Jaloliddin Hamroqulov Toshkent Islom Instituti
"Tahfizul Qur’on" kafedrasi mudiri "Novza" jome masjidi imom xatibi.
3. Islom Karimov Ilmiy-Marifiy Majmuasi. Ayolni ulug’lamoq-vatanni,
hayotni ulug’lamoq deganidir.
4. Manba www.xorazmiy.uz internet sayti.
MODUL TIZIM – O‘QITISHNI LOYIHALASHTIRISHDA VA AKT
IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISHNING MUHIM SHARTI
Abdunabiyeva M. S.-Аndijon davlat universitetining Pedagogika
instituti, Ta’limda axborot texnologiyalari yo`nalishi magistranti
Anotatsiya:
bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda
yoshlarni intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish va ularni har
tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish
Kalit so`zi:
intelektual salohiyat, modulli ta'lim,
operativ nazorat,
kompyuter savodxonligi, pedagogik kadrlar.
Аннотация:
реализация
интеллектуального
потенциала
молодежи в воспитании гармонично развитого поколения сегодня и
развитии их как всесторонне развитой личности
Ключевые слова:
интеллектуальный потенциал, модульное
обучение, оперативное управление, компьютерная грамотность,
педагогический коллектив.
O`zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo
etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay
olishi ro`y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga
imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o`zgarishlarga nisbatan
shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko`rsatuvchi muhim
jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo`lgan shaxs o`z
imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Muvaffaqiyatli
ravishda olib borilayotgan ta'limiy islohotlarning ham asosiy maqsadi
erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni
tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir.
659
Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash,
unga ta'lim berishga yo`naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar
asosida tashkil etilgan bo`lsa, bugungi kunga kelib ta'lim jarayonini tashkil
etishga nisbatan o`ta qat'iy hamda murakkab talablar qo`yilmoqda. Bu
borada o`quv axborotlarining mazmundorligi muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib
borayotgan pedagogika fanining vazifalari doirasi kengayib bormoqda.
Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan samarali va
unumli foydalana olish vazifasi mazkur fan oldiga ham qo`yilgandir. Ayni
vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi
kirib kelmoqda va keng ko`lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor
sur'atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan
umumlashtirish, xulosalash hamda o`quvchiga yetkazib berishni yo`lga
qo`yish ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi.
Modulli ta'lim dunyo tajribasida qo`llanilib kelayotgan (Buyuk
Britaniya, Gollandiya, AQSH, Rossiya) ta'limning samarali shaklidir.
Lekin uning didaktik ta'minoti to`liq ishlab chiqilmaganligi sababli keng
tarqalmayapti.
Modulli texnologiya umumlashgan universal tizim bo`lib, ta'lim-
tarbiya maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan barcha optimal va
mos texnologiyalarni o`z ichiga oladi.
Bu texnologiya quyidagi g`oya, printsip va qoidalarni amalga
oshiradi:
1. O`quv materialini, uni o`zlashtirish uchun taklif va topshiriqlar
bilan birgalikda yirik blokli qilib tashkil etish.
2. O`quvchilar tomonidan o`quv materialini mustaqil ishlab
chiqilishini mo`ljallash.
3. O`quv faoliyati algoritmi (modul deb nom olgan o`quv-metodik
kompleks) va dastur (o`quv ishining ketma-ket topshiriq va bosqichlari)
yordamida o`quvchilar faoliyatini boshqarish.
4. O`qituvchi metodik tizimining ochiqligi (o`quvchilarga darsda
bajariladigan ishlar rejasi va materialni o`rganish dasturi oldindan aytib
o`tiladi).
5. Materialni o`zlashtirish darajasi, uni o`rganish shakli, joyi va
tempini o`quvchilar o`zlari tanlab olishlari mumkin.
6. Uyga vazifa ixtiyoriy.
7. Har bir o`quvchining samarali bilim olish faoliyati uchun sharoit
yaratish.
660
8. Nazorat me'zoni va mazmuniga o`quvchilarni perspektiv
yo`naltirish.
9. O`quvchiga va uning qobiliyatiga ishonch ko`rsatish.
10. Darsdan ish jarayonida erkin o`z-o`zini nazorat qilish va o`zaro
yordam.
11. Bahosiz operativ nazorat.
12. Yakuniy nazoratga qarab natijani baholash (joriy natijalarning
o`rta arifmetik hisobi emas).
13. Har bir o`quvchiga yakuniy natijani yaxshilash imkoniyatini
berish.
14. Ijodiy faoliyatda o`z imkoniyatlarini amalga oshirish.
15. O`quv jarayoni samaradorligini baholashda o`quvchilar ishtirok
etadi.
Modul lotincha “modulus” so`zidan olingan bo`lib me'yor, o`lchov
degan ma'noni anglatadi. Ta'limda modul o`rganilayotgan predmetni
ma'lum qismlarga bo`lib, uni o`rganishning aniq tizimini yaratadi.
O`quvchilarning o`qishini tashkil etish vositasi sifatida modullar
tayyorlashning har xil usullari mavjud.
Modul dasturi, mustaqil o`qishga o`rgatadigan o`quv qo`llanma
sifatida o`quvchiga o`quv moduliga kiritilgan o`quv materiali blokini
o`qish vaqtida doimiy foydalanish uchun berilsa ta'lim samaradorligi
oshadi.
Bu texnologiyani qo`llash natijasida o`quvchilarda o`qishga
qiziqishi va faolligi oshadi. Kishi har bir oqilona faoliyatni shu faoliyatni
bajarish metodikasi haqida oldin o`zlashtirilgan axborotlar asosida
bajaradi. Oldin bilib olingan axborotlarga bevosita tayanmay, tusmol va
xatoliklar yo`li bilan bajarish - ta'lim-tarbiya ishi uchun xarakterli
bo`lolmaydi. Kishining mahorati qandayligi faoliyat haqidagi axborotlarni
o`zlashtirish darajasiga bog`liq, faoliyatga doir axborotlarni ishlata bilish
esa ayrim o`quv elementlari va butun o`quv predmeti mazmunini
o`zlashtirish sifatiga, ya'ni harakatnng mo`ljal asosini o`zlashtirish sifatiga
bog`liq. Bunda bilib olingan harakatnng mo`ljal asosi yo aynan o`zlashtirib
olinganidek yoki faoliyatning shart-sharoitiga qarab o`zgartirilgan holda
ishlatilishi ham mumkin.
O`tkazilgan tadqiqotlar va ularning natijalari qo`yilgan farazlarni
to`la tasdiqlaydi hamda quyidagilarni xulosalashga imkoniyat yaratadi:
1. XXI asr ta'lim jarayoniga global texnologiyaning kirib kelishi
bilan ham xarakterlanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti talablari o`z-o`zidan
ta'lim jarayonini dunyo standartlari darajasida takomillashtirishni taqozo
661
etadi. O`z-o`zidan ma'lumki, dunyoga yuz tutayotgan O`zbekiston uchun
ham bu ta'lim turi uzoq kelajak emas. Shuning uchun ham O`zbekiston
o`quv yurtlarida ham ba'zi bir islohotlarni amalga oshirish davr talabi.
O`qitishdagi axborot texnologiyalar bu o`qitish faoliyatida qo`llaniladigan
elektron vositalar va ularni ishlatish usullari majmuidir. Elektron vositalar
tarkibiga apparatli, dasturli va axborotli komponentlar kiradi. Ularni
qullash ko`rsatmalari o`qitishdagi axborot texnologiyalarni metodik
(uslubiy) ta'minotida keltiriladi.
2. Ta'lim jarayoni ta'lim texnologiyasining asosini, yadrosini tashkil
etadi hamda ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, o`quvchi, ta'lim shakli,
metod, vositalari va ta'lim beruvchi kabi unsurlardan iborat tizim sifatida
namoyon bo`ladi. Tarkibiy unsurlar o`z navbatida o`quv axborotlarning
mazmundorligini ta'minlashda o`zaro birlik va aloqadorlikda ta'lim
jarayonining umumiy mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
3. Ta'lim jarayonida o`qitish vositalaridan foydalanish - dars
jarayonida tabiiy yoki tasviriy ko`rgazmali materiallar (predmet, sxema,
diagramma, surat va boshqalar; laboratoriya yoki namoyish etishga
asoslanuvchi mashg`ulotlar jarayonida qo`llaniladigan asbob-uskunalar,
o`quv qurollari, mikroskop va boshqa apparatlar, shuningdek, mavzuga oid
dalillar (tsitata, ta'rif, qoida, formula va boshqalar)ning qo`llanilishini
anglatadi.
4. Ta'lim jarayonining mazmuni shaxsga ta'lim berish, uni tarbiyalash
va rivojlantirish kabi vazifalarning ijobiy hal etilishini ta'minlashga xizmat
qiladi. Tezkor daraja ta'lim maqsadini shakllantirish mazmuni, ta'lim
jarayonini tashkil etuvchi alohida fanlarni o`rganishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |