Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Raqamli vositalar. 
Tasviriy san’at ta’limida raqamli texnologiyaning 
ma’lum bir turidan foydalanish va uni maktab o‘quv dasturiga kiritishda 
maqbul dasturiy ta’minot yoki raqamli texnologiyani tanlash muhim 
ahamiyat kasb etadi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, men tasviriy san'at 
darslarida "raqamli vosita" sifatida qaysi "raqamli vosita" zamonaviy yoki 
samarali ekanligini aniqlashim zarur. Ehtiyotkorlik bilan tanlangan 
platformalar yoki “raqamli vositalar” individual va jamoaviy ijod muhitini 
yaratishga yordam beradi. Smit ta’limda qo’llaniladigan raqamli 
vositalarni bolg'a bilan solishtiradi. Muallifning fikricha: 
“Agar odam bolg'achadan mixga urish uchun faol foydalanmasa, 
bolg'a harakatsiz va samarasiz bo'lib qoladi. ... yagona o'zgartiruvchi ta'sir 
inson tomonidan amalga oshiriladi va boshqa hech narsa inson tomonidan 
qabul qilinmaguncha o'zgartiruvchi kuchga ega emas[2]. 
Tahlil qilingan va dunyo tajribasida keng qo’llanilgan tajribalar 
asosida shuni aytish mumkinki, tadqiqotchilar tasviriy san’at ta’lim 
jarayoniga raqamli texnologiyalarni integratsiya qilishda turli vositalardan 
foydalanganlar. Lekin biz ularni xususiyatlaridan kelib chiqib rastrli 
grafika, vektor grafikasi, video tahrirlash dasturi va interaktiv turlarga 
ajratdik. 
Raqamli vositalarni integratsiyalashning o’quvchilarning o'qishi 
va hayotiga ta'siri. 
Ko'pchilik tadqiqotchilar o’quvchilarni tanqidiy fikrlash va raqamli 
san'at ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam berish orqali o'quvchilarni 
sinfga jalb qilish, kelajakka tayyorgarlik ko'rish va sinfda savodxonlikni 
rivojlantirishdagi rolini ta’kidlaydi. O'qituvchilarga axloq, ijtimoiy 
xabardorlik, tarix yoki tegishli san’at orqali muloqot vositalari kabi 
mavzular qatorida, zamonaviy raqamli vositalarning o'quv dasturiga 


625 
kiritish zarur, chunki ularning aksariyati texnik ko'nikmalar va 
o’quvchilarning kelajakdagi faoliyatiga tayyorgarlik bilan bog'liq [6]. 
Raqamli texnologiyalarning o‘rni UNESCO tomonidan 2015-yilda 
“Ta’lim-2030” doirasida qabul qilingan “Barqaror rivojlanish uchun 
ta’lim” dasturida ham alohida ta’kidlangan. Xususan, Irina Bokova 
dasturning maqsadlariga erishishga qaratilgan o'quv jarayoni haqida 
gapiradi: 
“Ta’limning global taraqqiyotdagi o‘rni haqida fikr yuritishda tub 
o‘zgarishlar zarur, chunki u odamlar farovonligi va sayyoramiz kelajagiga 
muhim ta’sir ko‘rsatadi. … Hozir har qachongidan ham koʻproq taʼlim 21-
asrning muammolari va intilishlariga javob berishi hamda barqaror va 
inklyuziv oʻsish va tinch-totuv yashashga olib keladigan toʻgʻri turdagi 
qadriyatlar va koʻnikmalarni tarbiyalash uchun masʼuldir”[7, 3]. 
Shu nuqtai nazardan, Xalqaro Ta'lim Texnologiyalari Jamiyati 
ma'lumotlariga ko'ra, texnologiya o’quvchilarga axborot texnologiyalari 
bilan ishlash, muammolarni hal qilish va qarorlar qabul qilish, mazkur 
vositadan ijodiy va samarali foydalanuvchi bo'lish imkonini beradi. Ta’lim 
jarayonida texnologiyani qo‘llash orqali bu boradagi ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirish o‘quvchilarni kelajakdagi kasb-hunarga 
tayyorlashga yordam beradi. Kolmanning ta'kidlashicha, raqamli mediani 
tasviriy san'at o'quv dasturiga integratsiya qilish o’quvchilarni shaxsiy va 
jamoaviy 
ifoda 
qilish 
uchun 
kompyuter 
va 
boshqa 
raqamli 
texnologiyalardan foydalanishga undaydi. Murakkab kompyuter grafikasi 
dasturlari va boshqa raqamli texnologiyalarni o'qitish jarayoni oson 
bo'lmaganligi sababli, ko'plab san'at o'qituvchilari o'zlarining ta'lim 
vaqtining ko'p qismini o’quvchilarni dasturiy muhitga moslashtirishga 
bag'ishlashlari 
kerak. 
Binobarin, 
Kolmanning 
so'zlariga 
ko'ra, 
o’quvchilarning san'at darslarida olgan raqamli texnologiyalarga oid 
tajribalari bitiruvdan keyin ish topishga yordam berishi mumkin[6]. 
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki nuqtai nazaridan texnologiyaning 
roli yanada jozibali ekanligini kuzatish mumkin. Raqamli mediani 
tomosha qilish o’quvchilar uchun shunchaki qiziqarli, shuning uchun, ular 
nafaqat 
maktabda, 
balki 
maktabdan 
tashqarida 
ham 
bunday 
texnologiyalarga ko'p vaqt sarflashadi. Shunday qilib, san'atni o'rgatish 
uchun texnologiyadan foydalanish o’quvchilarning kengroq guruhini 
badiiy jarayonga jalb qilishning yana bir usuli hisoblanadi[8]. Yoshlarning 
maktabdan tashqaridagi kompyuter multimedia vositalari va o'yin 
shakllariga ijobiy munosabatidan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni 


626 
integratsia qilish orqali ta'limni yoshlarga foydali bo'lishi ta’minlash 
mumkin.
Savodxonlik 
nuqtai 
nazaridan 
tasviriy 
san’at 
darslarida 
texnologiyadan foydalanish nafaqat kompyuter foydalanuvchisi bo‘lish, 
balki raqamli san’atning ayrim namunalarini yaratish orqali raqamli media 
savodxoniga aylanishni ham anglatadi. Uots ta'kidlashicha, oddiygina 
kompyuterdan 
foydalanish 
o’quvchining 
media 
savodxonligiga 
erishayotganini anglatmaydi. Agar o’quvchi kompyuterdan oddiy 
foydalanuvchi sifatida foydalansa, u kompyuter dasturlari bo'yicha texnik 
ko'nikmalarga ega bo'lishi mumkin, lekin media savodxon bo’la 
olmaydi[8]. Shuning uchun, Long texnologiyalar keng tarqalgan 
jamiyatimizda tasvirlar axborot olishning asosiy vositalaridan biri 
ekanligini ta’kidlaydi. Demak, tasviriy san’at darslarida raqamli 
texnologiyalarning qo’llanilishi o’quvchilarda “savodxonlik”, zamonaviy 
aytganda “multimedia savodxonligi”ning shakllanishini ta’minlaydi.
Sinfda raqamli texnologiyalarning qo’llanilishi yana bir muhim 
ahamiyati-uning ijodkorlikni shakllantirishdagi rolidir. Shu bois, san'at 
o'qituvchilari 
o'quv 
dasturlarini 
ishlab 
chiqishda 
ijodkorlikni 
rag'batlantirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishni oshirishlari 
kerak.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish