225
bevosita bog’liqdir.Farzandga mehr qo`yish,ularning qornini to`q, ustini
but qilish o`z yo`li bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chog`idan boshlab
milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga yetkazish
biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Har qaysi millatning
o`ziga xos ma’naviyatini shakllantirish
va yuksaltirishda,hech shubhasiz,
oilaning o`rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza
tuyg`ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila
bag`rida shakllanadi.
Oilada shaxs iroda erkinligining tarbiyalanganlik darajasi muhim
hisoblanadi. Iroda erkinligi tabiat va jamiyat qonunlarini bilish, shu tufayli
muayyan maqsadlarda bu qonunlardan foydalanish imkoniyatlarida
namoyon bo’lib, odamning o’z oldiga turgan masalani to’g’ri tushunib,
tegishli qarorga kelish qobiliyatidir. Agar kishilar
ana shu qobiliyatlarini
samarali qo’llasalar, intizomli, qat’iyatli bo’lib shakllansalar, o’z
imkoniyatlaridan foydalanishlariga bog’liq. Oilaviy turmush munosabatlari
uzluksiz ravishda biron-bir g’oyaning boshqa-boshqa bir g’oya bilan
o’zaro niqoblangan kurash bosqichida bo’lib, u yoki bu qarashlar, aqidalar
ustunligi, istiqboli hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Bunday holatning
ko’zga tashlanishi eskilik bilan yangilik o’rtasidagi kurashni aslo
anglatmaydi. Balki er-xotinning yoki boshqa voyaga etgan oila
a’zolarining murosasiz pozitsiyalari nuqtai nazarlari ko’pincha ularning
xarakter xususiyatidagi tafovut negizida bog’liq bo’lib,
mutlaqo eskilik
sarqiti mohiyatidan kelib chiqmaydi. Oilada so’z bilan ish birligi masalasi
qarama-qarshi yo’nalishli ikki markazga va 2 xil intilishga ega. Faqat
burch hissigina, muayyan majburiyat bajarilishigina oila a’zolarini o’zaro
birlashtirib turadi xolos. Bola oilada birinchi hayotiy tajribani o’rganadi,
kuzatadi va o’zini turli xil va ziyatlarda qanday tutish kerakligini
o’rganadi. Bola zehnining qay darajada shakllanishi esa ota-onaning
farzandi uchun yaratgan sharoit va imkoniyatlariga bevosita bog`liq.
Husayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muhsiniy” asarida ham farzandlar
tarbiyasi haqida to’xtalib: “Farzand Haqning omonatidir. Ota-ona oldida
mahshar vaqtida bu omonat haqqi talab qilinadi.Bu omonat go’yoki oyina-
butun borliq ko’zgusi, avvalidir. Haqiqat javohiri uni nimaga xohlasa,
o’shanga moyil qilishi mumkin. Demak, zarurat bo’yicha farzandni to’g’ri
tarbiya qilish, toki yoqimli sifatlarga ega bo’lsin. Avvalo,
unga chiroyli
nom berish kerak. Agar farzand nomi munosib bo’lmasa, ma’lum muddat
yashagandan so’ng unga o’z ismiga nisbatan nafrat paydo bo’ladi. Yana
mo’tadil tabiatlik va xushmuomala va pokiza ko’rinishli bo’lsin” deb o’z
qarashlarini bayon etgan.
226
Kelajagini kafolatlashni istagan ota-onalar unga-bunga sarflaydigan
harakat va vaqtlarini ertaning buyuk insonlari bo`lgan farzandlarini
ulg`aytirish uchun ajratishlari lozim. Boshqa yo`nalishlar uchun sarflangan
mehnatlar bekor ketishi mumkin, ammo farzand kamoli yo`lidagi
mehnatlar bitmas-tuganmas xazinaga aylanadi va jamiyat rivojiga ham
ulkan hissa qo’shadigan komil inson bo’lib yetishadi. Ayniqsa yetuklik
davrida shaxsiy dispozitsiyalar kuchli boladi. Yoshlar ozlari nima deganini
yoki nima uchun bunaqa qilganini yoki qilayotganini anglab yetmaydi. Uni
ichki sabablar anglanmagan dispozitsiyalar boshqaradi. Ba'zi paytlarda esa
anglangan dispozitsiyalar boshqaradi. Misol uchun ongli ravishda
nimanidir oqishga
yoki ishlashga harakat qilsa, demak u nima
qilayotganini anglaydi. Bundan tashqari hozirgi kundagi yoshlar
muammoasi muloqot psixologiyasi hisoblanadi. Ya'ni yoshlar kop muloqot
olib bormaganliklari sabablari pand yeyishadi. Kimdir hayotda
boshqaruvchanlik liderlik qobiliyati boladi.
Ozining nutqlari bilan butun bir jamoani ham jalb etadi oladi.Biz bu
muammoni hal qilish uchun koproq mashq qilish gapirishni rivojlantirish
kerak. Ba'zi yoshlardan shunday ajoyib fikrlar boladiki, lekin shuni bayon
eta olishmaydi. Bu ham bir kamchilik. Bunga bir sabab oilaviy muhit ham
hisoblanadi. Oilada farzandni fikri ham albatta inobatga olinishi eshitilib
ko`rilishi lozim. Ota- ona bolani bir marta qaytargandan song,
uni hech
kim gapirtira olmaydi.
Yoshlar yetuklik davrida ozligini anglash ham muhimdir. Har bir
shaxs yoki individ bir biridan meni bilan farq qiladi. Hattoki Maslou
quyidagi fikrni bildiradi. "Ozligini faollashtirish ozini va faqat ozini
royobga chiqarish uchun intilishdirki, bu ijodiy faollik va xususiy menni
tolaqonli namoyon qilish uchun kabi fazilatlarga ega bo`lgan ozini
faollashtiruvchi shaxslarning otani individualligidan dalolat beradi" deya
fikr bildirgan. Buning ma'nosi shuki
har bir individ mana shu
xususiyatlarga ega bolsa tolaqonli yetuk shaxs bola oladi desak boladi.
Mana shunday yoshlar bizning jamiyatga qanot boladi. Xulosa ornida
shuni ta'kidlash joizki, yoshlarning ijtimoiy-psixologik muammolarini
keltitib chiqaruvchi ularning ozlari.
Yoshlar oz qobilyat istak maqsad bilan xarakat qilsa hech narsa tosiq
bolmaydi. Ğoziyev va Azizovalar fikricha "yoshlar faolligini oshirish va
ularni ijtimoiy munosabatlar tizimida faolligini rivojlantirishga psixologik
xizmatning maqsadi-shaxsnning har tomonlama mukammal psixologik
taraqqiyotni ta'minlovchi oqilona zarur shart sharoitlar oqilona muhit
yaratishdan iborat. Ya'ni har bir yosh oziga soģlom psixologik muhitni
227
oilasida ko`chada jamiyatda yarata olsa bu muammolarga oqilona yechim
boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: