195
творчество, рефлексия, педагогические инновации, образовательные
модели, самоактивация.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi masalalarning to’xtovsiz takomillashib
borishi va yangi imkoniyatlarning yuzaga kelishi umumta’lim maktablari
qatorida maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim sifat va samaradorligini
oshirish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qitish
usullarini muttasil yangilab turishni taqozo etmoqda. Ta’lim jarayonida
qo‘llanadigan usul “o‘rgatish”ning o’z oldiga qo’ygan
maqsadlariga
erishish, ma’lum ob’ektni o’rganish uchun nazariy va amaliy faoliyatlarni
anglatadi.
Bundan tashqari davlatimizni 2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar strategiyasining 4-bo’limi hisoblangan Ijtimoiy sohani
rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarida ham uzluksiz ta’kimni
rivojlantirish va innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish va innovatsion
faoliyatni rag’batlantitirish ko’zda tutilgan. Bugungi kunda innovatsion
texnologiyalarni ta’lim tizimga joriy qilish va ta’lim samaradorligini
oshirish dolzab ahamiyat kasb etmoqda. [2]
Ma’lumki, ta’lim jarayoniga yangiliklarning
kirib kelishi
innovatsiyani anglatadi. Demak, pedagogik innovatsiyalashuv
ta’limning
ilmiy bilimlar, metodologiyalarini jamiyat rivojlanishi, ta’limga
qo‘yilayotgan ijtimoiy buyurtmaning jahon talablari darajasiga bog’liq
holda moslashuvchanligi deb talqin etish mumkin
Bugungi kunda ta’limni shunday ta’lim
modellari yaratildiki, ular
ta’limga texnologik jarayon sifatida yondashilib, ma’lum sharoitlarda va
belgilangan vaqt ichida ko‘zlangan ta’lim maqsadlariga erishishni
kafolatlaydi va keng imkoniyatlar yaratadi.
Bugungi kunda boshlang’ich ta’limda interfaol metodlar yordamida
uyushtiriladigan
mashg‘ulotlarda
o‘quvchilar
ma’lum
darajada
o‘qituvchiga, guruh esa yagona, o‘zaro hamkor,
hamjihat jamoaga
aylanishi.
O’qituvchi va o’quvchilar, shuningdek, o’quvchilar o’rtasidagi
o’zaro hamkorlikni yuzaga kelishini ta’minlovchi ta’limiy faoliyat
interfaol ta’lim deb yuritiladi. Interfaol ta’limda o’qituvchi va o’quvchilar
hamda o’quvchilar o’rtasida yuzaga keluvchi o’zaro munosabat odatda u
yoki bu muammoni qay tarzda hal etish, qarorlarni qabul qilish borasidagi
takliflarning ilgari surilishi va yakuniy qarorning qabul qilinishini
ifodalaydigan munozara shaklida namoyon bo’ladi.
196
O’qituvchining innovatsion faoliyatini samarali
amalga oshirish bir
qator shart-sharoitlarga bog’liq. Unga o’qituvchining tayinli muloqoti aks
fikrlarga nisbatan beg`araz munosabat, turli holatlarda ratsional
vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida
o’qituvchi o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan
keng qamrovli
mavzuga ega bo’ladi.
O’qituvchi faoliyatida o’z-o’zini faollashtirish, o’z ijodkorligi, o’z-
o’zini bilishi va yaratuvchiligi mavzular muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
esa o’qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Muloqotning - bu o’qituvchining o’z mustaqillik mavqeini, dunyoga,
pedagogik fan, o’ziga bo’lgan yangi munosabatni yarata olish
qobiliyatidir. O’qituvchi o’z nuqtai nazarlariga o’ralashib qolmaydi, u
pedagogik tajribalarning
boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib
boradi. Bunday vaziyatlarda o’qituvchining fikrlash usullari, aqliy
madaniyati o’zgarib boradi, hissiy tuyg’ulari rivojlanadi.[5]
Keyingi sharti - bu o’qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o’zgartirishga, uning
muammolari va usullarini echishni aniqlashga qaratilgandir.
O’qituvchi va talaba o’rtasidagi muloqot namunasining o’zgarishi
innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar an`analarda bo’lganidek, qistovlar,
hukmga
bo’ysunish kabi unsurlardan holi bo’lishi lozim. Ular tenglarning
hamkorligi, o’zaro boshqarilishi, o’zaro yordam shaklida qurilgan bo’lishi
darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o’qituvchi va
talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Ta’limda innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funktsiyalar bilan
izohlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: