Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Ключевые 
слова:
 
родина, 
духовность, 
просветление, 
независимость, великое государство и историческая память

 
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi, farzandlarimiz qanday 
inson bo’lib kamolga yetishi bilan bo’g’liq. Bizning asosiy vazifamiz-
yoshlarning o’z salohiyatini namoyon qilish uchun zarur sharoitlar 
yaratishdan iboratdir
38

 
Har qanday mamalakatning tarixiy taraqqiyot yo’lidan ma’lumki, 
yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, davlatning 
farovon bo’lishi o’sha mamlakatda yoshlar ta’lim–tarbiyasi va kelajagiga 
beriladigan e’tibor ko’lamiga bo’gliq. Shu ma’noda Respublikamiz yoshlar 
masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
O'zbekiston tarixi yoshlarga diyorimizning o'tmishi, tarixi haqida 
bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, 
ma'naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantirishga xizmat qiladi. 
38
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyоyevning BMT BOSH ASAMBILIYASINING 72-sesiyasida 
so’zlagan nutqi


528 
Vatanimiz tarixi "Har bir yosh avlodni, jumladan, talaba-yoshlarni boy 
madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko'z qorachig'iday avaylab-asrashga 
o'rgatadi. O'zimizning boy o'tmish merosimizdan madad va ibrat olishga 
imkon beradi. O’quvchi-yoshlar qalbida ezgulik tuyg'ularini uyg'otib, 
bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini 
anglashga undaydi".
Mustaqilligimiz qo'lga kiritilgach, Vatanimiz tarixida burilish pallasi, 
ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruviga asoslangan totalitar tuzimdan erkin, 
demokratik tuzumga o'tish davri boshlandi. O'tish davrida eski ideallar, 
g'oyalar, odatdagi tafakkur va axloq me'yorlari qayta ishlanib, milliy 
qadriyatlar qayta baholanadi, muqobil nuqtayi nazarlar paydo bo'Iadi, 
allaqachon unutilgan qarashlar qayta uyg'onadi, ziddiyatlar keskinlashadi. 
Vujudga kelgan murakkab sharoitda «birovlar tarixning borishini bilish 
mumkin emas»,- deb talvasaga tushsa, boshqalar eskirgan, rad etilgan 
"haqiqat'ga yopishib olib, tarix g'ildiragini orqaga qaytarishni orzu qiladi, 
urinadi. Tarixiy tajriba va saboqlar esa dunyoda nimalar o'zgardi, nima 
uchun o'zgardi, qanday qarashlardan tezroq xalos bo'lish kerak degan 
savollarga javob topishga, yangi jamiyat qurishning muqobil yo'llarini 
mushohada qilib, eng to'g'risini topishga, xatoga yo'l qo'ymaslikka 
undaydi. Bunda tarix to'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi kompas bo'lib kelajak 
avlodni barkamol qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Mustaqillikni 
asrab-avaylash, 
mustahkamlash, 
mamlakatimizni 
keyingi avlodlarga yanada qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
rivojlangan holda yetkazish zamonamizning dolzarb vazifasiga, talabiga 
aylandi. Bu mas'uliyatli, ayni paytda sharafli vazifaning qay darajada ado 
etilishi bugungi avlodlarga, xususan, yoshlarga, ularning ma'naviy 
barkamolligiga bog'liq. "Biron bir jamiyat, - deb ta'kidlaydi birinchi 
prezidentimiz lslom Karimov, - ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida 
tarixiy-ma'naviyat va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda 
mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi". 
Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma'naviyat va 
ma'rifatdir. Ma'naviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omil 
hisoblanadi.
"Ma'naviyat, - deb yozadi birinchi prezidentimiz lslom Karimov, - o'z 
xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va 
tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi", "...tug'ilib 
o'sgan yurtida o'zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko'tarib 
yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor 
inson - irodali inson".[1] 


529 
Insonda tarixiy xotira o'z Vatani tarixini, o'z xalqi, ajdodlari tarixini bilish 
orqali shakllanadi. Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o'z o'rnini 
topdi, barcha o'quv maskanlarida talaba-o'quvchilarga Vatan tarixini 
o'qitish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, Vatan tarixini o'qitish yo’lga 
qo'yildi.
Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga 
aylanmoqda. Bu borada Birinchi Prezident Islom Karimovning "Tarixga 
murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz 
kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan 
xalqning kelajagi ham bo'Imaydi", "Tarix - xalq ma'naviyatining asosidir", 
"Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q", "O'zlikni anglash tarixni bilishdan 
boshlanadi", "Inson uchun tarixdan judo bo'lish -hayotdan judo bo'lish 
demakdir" degan hikmatli so'zlari va ko'rsatmalari dasturilamal bo'lib 
xizmat qilmoqda. 
Xalqirnizning buyukligi, kuchi uning boy ma'naviy merosga ega 
ekanligi bilan belgilanadi.
Kelajagi buyuk davlat qurayotgan bugungi avlodlar uchun o'zbek 
davlatchiligi tarixi, ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelgan 
siyosiy-huquqiy 
institutlar, 
qonun-qoidalar 
tajribasi 
O'zbekiston 
mustaqilligini yanada mustahkamlash, huquqiy davlat, demokratik jamiyat 
qurishda mustahkam tayanch va madadkordir. 
Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni egallash 
talaba-o'quvchilarda 
halollik, 
odillik, 
rostgo'ylik, 
mehr-oqibat, 
mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga 
ko'maklashadi. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish