492
согласным, и что прибавляются суффиксы, не меняет основы
выявления и объяснения их значения.
Ключевые слова:
Национальная учебная программа, правила
произношения и правописания, народные народные игры, прятки,
“Тополь белый, тополь голубой
?”
Men
amaliyotchi
o’qituvchi
sifatida
MO’Dni
qo’llab-
quvvatlayman. Dars o’tish jarayonida o’quvchilar uchun eng qiziqarli
,hayotiy voqealar asosida berilgan topshiriqlar o’quvchilarda katta qiziqish
uyg’otmoqda. Masalan,1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligidagi
“Mening oilam”mavzusi ostida berilgan hikoya va she’rlar o’quvchilarda
qarindosh-urug’larga, oila a’zolariga bo’lgan hurmat, ularni qadrlashga,
e’zozlashga o’rgatmoqda. Bundan tashqari matn yoki she’rdagi
voqealar
ketma-ketligini mulohaza asosida to’g’ri topishi, o’quvchilarni o’ylab
fikrlashga, mulohaza yuritishga o’rgatgan. Rasmlar ketma-ketligi, she’r
yoki hikoyadagi voqealarga moslashtirish topshirig’i berilgan. Masalan, 1-
sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligidagi “Xotiram kuchli bo’lsin
desangiz” mavzusi bo’yicha 90-betida rasmlar berilgan. O’quvchilar shu
rasmda nima ko’rayotgan bo’lsa, o’shani mashq daftarining 37-betidagi 5-
topshiriq uchun ajratilgan joyga yozishlari kerak. Bu topshiriqni
bajarishdan oldin o’qituvchi xattaxtaga to’rtta so’z yozadi: Abdurahim,
ixcham, mix, mehmon. X va h tovushlarining ishlatilish o’rnini yodda
tutishda quyidagi farqlash usullaridan foydalanib tushuntirishlari mumkin:
- h undoshi tushib qolish darajasiga bormagan hollarda y deb talaffuz
qilinishi mumkin , x undoshida esa bu holni ko’rmaymiz: shohi-shoyi;
Abdurahim-Abdurayim; Shohista –Shoyista; Ibrohim-Ibroyim;
-yopiq bo’g’inda e tovushidan keyin doim h qo’llanadi:ehtimol,
ehtiyoj, mehnat, istehzo;
- yopiq bo’g’inda i unlisidan
keyin doim x undoshi keladi; ixcham,
ixlos, ixtiro, six, ixtiyoriy;
-x undoshi qattiq talaffuz etiladi, shuning uchun tushib qolishga moyil
emas, aksincha , ba’zi shevalarda q ga o’xshash xususiyatga ega
bo’ladi:xulq-qulq;mix-miq;
-“x” tovushi bilan boshlangan aksar so’zlardan x tovushi olib
tashlansa, so’z ma’nosi tubdan o’zgaradi. H tovushi bilan boshlangan
so’zlarda esa ma’no o’zgarmaydi. Xayol-ayol, xola-ola, xazon-azon, xato-
ato, xon-on, xor-or, xona-ona, xos-os…
493
Shunday so’zlarni oson yodlashlari uchun o’quvchilarga bu harflar
qatnashgan maqol, tez aytish, topishmoqlarni
berish samarali natijani
kafolatlaydi.
1-sinf o’quvchilarini vaqtni to’g’ri taqsimlashga, darsdan bo’sh
vaqtlarini foydali, daromad keltiradigan ishlarga sarflashga yo’naltirilgan.
Uyda parranda va uy hayvonlarini boqish, ulardan daromad olish yo’llari
qiziqarli tartibda tushuntirilgan. Agar o’qituvchi mahoratli bo’lsa, bu
mavzular yanada hayotiy va jonli tarzda tushuntiladi.O’quvchilar
dunyoqarashini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Xalqaro urf-odatlar, milliy va harakatli o’yinlar ,tabiat hodisalari,
qonunlari, qiziqarli, rasmli tartibda ko’rsatilgan.
MO’D da ona tili grammatikasi, so’zlarning yasalishiga alohida
e’tibor berilgan.
O’yin va mashqlar ichida so’zning leksik ma’nosi, o’z va ko’chma
ma’nolari mohirona tushuntirilgan. Gapning maqsadga ko’ra turlari, tinish
belgilarining to’g’ri qo’llanishi mashqlar asosida berilgan.
Mashq daftardagi 32-bet 4-mashqda quyidagi so’zlardan foydalanib
matnni to’ldiring va ko’chiring. Qaysi hollarda “q” harfi “g’ ”yozilishiga
e’tibor bering.
qishloq o’rtoq o’roq
qovoq
tuproq
Qishlog’imizda tez-tez hashar bo’lib turadi. Bu safar o’rtog’im
Saidnikida hashar bo’ldi.Anvar o’t o’raman deb o’rog’ini olib keldi.
Kechgacha o’t o’rdik, yer ag’dardik.
Bu yerning tuprog’i unumli. O’tgan yili o’zimiz ekkan sabzi,
sholg’om, turp va qovoqdan yaxshi hosil oldik.
Qovoqdan so’zida so’z oxiridagi –q tovushining o’zgarmaganiga
e’tibor qaratiladi.U yerda so’zga qo’shilgan qo’shimcha –i bilan
boshlanmaganligi ta’kidlanadi.
Mashq daftardagi 40-bet 6-mashqda “Meshpolvonning janglari”
she’ridaagi ohangdosh so’zlarni topib yozishlari aytiladi.
1.Bekinmachoq-urshapaloq.
2.Ko’r-zo’r.
3.Oq-ko’k terak-naq pirpirak.
4.Ulog’ingdan- qulog’ingdan.
5.Bilmabdi-tug’ilmabdi.
6.Jahlim qo’zma-quloqcho’zma.
7.Qoqvosh-to’ptosh.
494
Ushbu mashqni bajarish orqali o’quvchilarda milliy va harakatli
o’yinlarning asosiy maqsadi sog’lom ,epchil,chaqqon, kuchli ,baquvvat
bo’lib ,voyaga yetishlari tushuntiriladi. Chunki o’yinlar bolalarning
qiziqishlarini oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatlarining
tezroq tiklanishini ta’minlaydi. O’yinlar
tufayli bolalar charchashni
unutadilar, mashqlarni diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar. Ayniqsa,
o’yin davomida bir-birlarini yanada yaqinroq bilishga muvaffaq bo’ladilar.
Raqib jamoani hurmat qilish, so’zga chechanlik, hozirjavoblik, jamoat
joylarida o’zini tuta bilish madaniyatini o’rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: