Zahriddin Muhammad Bobur ijodida perifrazalar”


Z.M.Boburning ,,Boburnoma asarida qo’llanilgan perifrazalar



Download 40,83 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2022
Hajmi40,83 Kb.
#677757
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi

Z.M.Boburning ,,Boburnoma asarida qo’llanilgan perifrazalar
«Bobumoma» o'ziga xos tuzilishga ega bo'lgan nasr namunasidir. Unda ma’lum bir sanaga oid muhim bir voqea hikoya qilinadi, so'ng voqea sodir bo'lgan joy (viloyat, shahar)ga tavsif beriladi. Uning geografik o'rni, o'simlik va hayvonot dunyosi, xalqining urf-odatlari, yirik inshoot-lari o'quvchiga tanishtiriladi. Bo'lib o'tgan voqeaning asosiy ishtirokchi-lari xususida asarda mufassal ma’lumot keltiriladi. Bu asar barcha fanlar bilan bog`liqlikda o`rganiladi. Xususan, tilshunoslik va tarix sohalari uchun juda muhim qo`llanma hisoblanadi. Unda tilshunoslikka oid juda ko`p terminlar, istilohlar va atamalar qo`llanilgan. Biz ushbu kurs ishimizda uning bir qirrachasini, ya’ni asarda qo`llanilgan perifrazalarni o`rganib chiqamiz. “Boburnoma”da qator perifrazalar keltirilgan, biz uning ayrimlarini quyida keltirib o`tamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ayiq o`ti – Mehrigiyoh
Ba’zi kitoblarda bitibdurlarkim, “yabruhus-sanam” bu tog`lardadur, vale bu muqatta hech eshitilmadi. Bir giyoh eshitildikim, Yettisuvning tog`larida bo`lur, ul el “ayiq o`ti” derlar, mehrigiyoh xosiyatliq, g`olibo mehrigiyohdur, ul el ot bila ayturlar. [8-bet]
Baldayi mahfuza – Samarqand
Shahri Samarqanddur , viloyatini Movarounnahr derlar. Hech yog`iy qahr va galaba bila mung`a dast topmag`on uchun baldayi mahfuza derlar. [43-bet]
Sohibi “Sahihi Buxoriy” – Imom al-Buxoriy
Yana sohibi “Sahihi Buxoriy” Xoja Ismoil Xartang ham Movaroun- nahrdindur. [44-bet] Sohibi
“Hidoya” – Burhoniddin al-Marg`inoniy
Yana sohibi “Hidoya”kim, Imom Abu Hanifa mazhabida “Hidoya”din mutabarroq kitobi fiqh kam bo`lg`oy. [44-bet]
Samarqand tosh qo`rg`oni – Chaqor
Samarqandning tosh qo`rg`onida – Chaqarda bir madrasa solibtur. [44-b.] Qora suv – Obirahmat
Qora suvkim, Obirahmat ham derlar. Konigilning o`rtasidin oqar, yeti- sekkiz tegirmon suyi bo`lg [46-bet]
Go`shti to`rt ilik qovun – “Mir Temuriy”
Agarchi Farg`ona viloyatidin Axsining bir nav qovunikim, “mir temuriy” derlar, muning qovunidin chuchukroq va nozukroq bo`lur, vale ul go`shti to`rt ilik kelg`och qovundur [47-bet]
Tamom qumg`a singan daryo – Sirdaryo
Hech daryoga qotilmas – Sirdaryo
Turkistondin xeyli quyiroq bu daryo tamom qumg`a singar, hech daryog`a qotilmas. [5-bet]
Farg`ona viloyatining poytaxti – Andijon
Janubiy tarafidagi kasabalar bir Andijondurkim, vasatta voqe bo`lubtur, Farg`ona viloyatining poytaxtidur. [5-bet] Chingizxonning 2-o`g`li – Chig`atoyxon
Necha navbat qoyin otasi Yunusxonnikim, Chingizxonning ikkinchi o`g`li Chig`atoyxon naslidandur, Chig`atoyxonning yurtida mo`g`ul ulusi-ning xoni ul fursatta ul erdikim, mening ulug` otam bo`lg`ay, istido qilib kelturdi. [9-bet]
Yunusxonning ulug` o`g`li – Sulton Mahmudxon
Bu fursatga mo`g`ul ulusining xon va sultonlig`i Yunusxonning ulug` o`g`li – mening tog`oyim Sulton Mahmudxon erdi. [9-bet]
Tosh qo`rg`on – Axsi
Axsi qo`rg`onidag`ilarni zarbi rost arkka tiqib, Ibrohim Soru va Vays Log`ariy va Seydiy Qaro boshlig`larni tilab , bu tosh qo`rg`ong`a kiyurdilar. [58-bet
] Ahmad Tanbal viloyati – O`sh Sulton Ahmad Tanbal o`z viloyatig`a – O`shg`a bordi. [59-bet]
Ikki suv orasi – Rabotak
Bir yerda qishlamoq kerakkim, cherik eli oshliqsizlikdan ojiz bo`lmag`ay va g`anim kishisig`a ham qabal yo`sunluq ojizlig`i bo`lg`ay. Bu maslahat uchun Rabotak o`rchinidakim , bu Rabotak o`rchinini Ikki suv orasi ham derlar. [65-bet] O`ratepaning ko`hnoya kenti – Daxkat
Necha kundin keyin Daxkat O`ratepaning ko`hnoya kent-laridindur, ulug` tog`ning tubida tushubtur. [87-bet]
G`ayri Hindiston – Xuroson G`ayri Arab – Ajam Hindiston g`ayri Hindistonni Xuroson der. Nechukkim, arab g`ayri Arabni Ajam der. [117-bet]
Qorliq tog` – Lomg`on
Qorliq tog` Lamg`om tog`idur. [124-bet]
Ulug`bek Mirzoning mansub bog`i – Bog`i Kalon
Bu kentta Bog`i Kalon otliq Ulug`bek Mirzoning bir mansub bog`i bor edi. Men egalarig`a baho berib oldim. [124-bet]
Berk tog` – Bomiyon
Yana Bomiyon tog`idur. Bu tog` berk tog` voqe bo`lubtur. Harmand va Sind va Dug`oba, Kunduz va Balxob suyi bu tog`din chiqar. [124-b.]
Sulton Mahmudning poytaxti – G`azni Yana bir G`azni viloyatidur. Sabuqtigin birla Sulton Mahmudning va avlodining poytaxti G`azni ekandur. [125-bet]
Muhaqqar yer – Farmul
Yana bir Farmul tumanidur. Muhaqqar yeredur. [127-bet] Qorandasi kofir – Badrov
Yana bir Badrov bo`lukidur. Alasoyning yonidadur. Munda meva bo`lmas , qorandasi kofirdur. [128-bet]
Munajjimi shumnafas – Muhammad Sharif
Muhammad Sharif munajjim shumnafas , agarchi manga aytur yorosi yo`q edi, har kimga yo`luqsa mubolag`alar bilan aytur erdikim: “Bu ayyomda Mirrix g`arb saridur, har kim bu tarafdin urushsa mag`lub bo`lur”. [286-bet]
Umdat-ul havas zubdquai as’hobi itisos – Shoh Mansur Umdat-ul havas sodiq-ul ixlos – Shahobiddin Abdulla
Maqarri izzati podshohi dar g`ul muqarrar gasht va bar dasti rosti g`ul brodari azizi arshadi arjumandi, saodat yor, almuxtassu biavostifil malikil- mustaon Chin Temur sulton farzandi aazzi arshadi manzuri anzori hazrati ilo Xocha Kamoliddin Do`st Xovand va Chaloliddin Shoh Mansur barlos umdat-ul havas zubdquai as’hobi itisos va umdat-ul havas sodiq-ul ixlos Shahobiddin Abdulla kitobdor dar mahalli xud qaror giriftand. [294-bet] Almuxtassu biavotifil malikil-mustaon – Sulton Bahlul Lo`diy
Va bar dasti chapi g`ul sultanat maob, almuxtassu biavotifil malikil- mustaon Sulton Alouddin Olamxon binni Bahlul Lo`diy chamaoi devoniyoni izom har yak dar mavhiz muqarrar istodand. [294-b]
Fathi podshohi islom – Shayx Zayn
Shayx Zayn bu fathqa “Fathi podshohi islom” lafzini tarix topib, ruboiy aytib yiborib edi, – tavorud voqe bo`lubtur. [298-bet]
Sohibi “Qasidai Burda” – Imom Busiriy
… sohibi “Qasidayi Burda”ning qasidasi maqbul tushib, o`zi aflij marazidin xalos bo`ldi, men dog`i bu orizadin qutulub, nazmimning qabulig`a dalile bo`lg`usidur. [318-bet]
Kaval kikriy – nilufar Duda – tuxum
Yaxshigina nima gulikim, nilufar bo`lg`ay. Hindustoniy “kaval kikriy”– der, tuxumini – “duda”. [338-bet]
Agar bir tasviriy ifoda bir necha so`z o`rnida qo`llansa, shakldosh tasviriy ifoda hisoblanadi : Aql gimnastikasi – 1) shaxmat , 2) matematika Asr vabosi – 1) giyohvandlik , 2) SPID Bunday holatdagi perifrazalar, ya’ni shakldoshlik hosil qilgan perifrazalarni Bubur ijodining gultoji bo`lgan “Boburnoma” asarida ham uchratishimiz mumkin. Masalan ,
Takoblari berk dara 1. Darai Zindon – 2. Darai So`f 3. Garzavon 4. G`arjiston [128-bet]
Yaramas vazliq tog` – 1.Xo`ja Ismat 2.Dasht 3.Duki 4.Afg`oniston tog`i [129-bet]
singari perifrazalar Bobur ijodida, xususan, “Boburnoma”da ko`plab uchraydi, biz undan ayrimlarinigina keltirdik, xolos. Ular asar obrazliligini va ta’sirchanligini yanada oshiradi, tasviriy bo`yoqdorlikni esa kuchaytiradi.

Xulosa
Umuman olganda, jahon lingvistikasida, jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham birmuncha asosli, faktik qarashlar ilmiy asoslangan va daliliy ashyolar asosida o‘rganilgan perifrazalar nutqimizning ko‘rkam, jozibador, ohangdor bo‘lishini ta’minlaydiki, ularsiz fikrimizni ta’sirchan, tasviriy ifoda etish qiyin. Zero, olamning lisoniy manzarasini nomlashdagi o‘rni beqiyos bo‘lgan perifrazalar muloqotni obrazli ifodalar bilan amalga oshirilishini ta’min etuvchi asosiy tasvir vositalaridandir. Tilshunoslikda perifrazalar, ko‘pincha, metafora, metonimiya, sinekdoxa, frazeologizm, evfemizm va epitet kabi yondosh hodisalar bilan qorishtiriladi, o‘zaro farqlanmaydi. Perifraza ma’lum jihatlari bilan o‘xshatish, metafora, metaforik epitet kabi badiiy tasvir vositalari bilan bir qatorda tursa ham, ularni aynan takrorlamaydigan alohida hodisadir. U so‘zlar singari muayyan shaxs yoki narsa, hodisani alohidalikda (o‘ziga xos tarzda) atab kelib, tasviriy ifodani yuzaga keltiradi.
Boburnoma”, yuqorida aytib o`tilganidek, juda serqirra asar namu-nasi. Unda har sohaning eng nozik jihatlarigacha ochib berilgan. Asarda XIV asrda so`zlashuv nutqida qo`llanilgan go`zal perifrazalarning qo`lla-nilganiga guvoh bo`lib turibmiz. Ular shoir mahoratining ne chog`liq buyukligidan dalolat beradi.

Download 40,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish