Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich


IV BOB. GIMNASTIKANING ASOSIY VOSITALAR



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/48
Sana22.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#73785
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
02etoirjanovgimnastikapdf

 
IV BOB. GIMNASTIKANING ASOSIY VOSITALAR 
4.1. Saf mashqlarva ularning tasnifi 
Saf  mashqlariga  -  saf  usullari,  saflanish  va  qayta 
saflanish,  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko’chish  usullari,  orani 
ochish  va  yaqinlash-  tirishlar  kiradi.  Saf  mashqlari  yordamida 
jamoa  bo’lib  harakat  qilish,  ritm  va  shiddat  hissiyotini 
tarbiyalash  masalalari  muvaffaqiyatli  bajariladi,  intizomlilik  va 
uyushqoqlik ortadi. 
Saf  mashqlarining  muhim  ahamiyati  shundan  iboratki, 
ular  kishi  qaddi-qomatini  rostlashga  yordam  beradi.  Bu  narsa 
harbiylarning  qaddi-qomati  to’g’ri  tuzffishida  yorqin  ko’rinib 
turadi.  Talabalarni  zalda  yoki  maydonchada  tez  vamaqsadga 
muvofiq  joylashtirishga  imkon  beradigan  saf  mashqlarisiz 
gimnastika mashg’ulotlarini tasawur qilib bo’lmaydi. 
Ko’p  sonli  talabalar  qatnasha  oladigan  saflanish 
turlarining  ko’pligi  tufayli  saf  mashqlari  ommaviy  gimnastika 
chiqishlariningtarkibiy  qismini  tashkil  qiladi.  Safdagi  harakatlar 
va  buyruqlarning  ko’pgina  qismi  O’zbekiston  Qurolli  Kuchlari 
Ustavining  saf  harakatlari  direktivasidan,  ozroq  qismi  esa 


55 
 
gimnastika  mashg’ulotlari  jarayonida  amaliyotda  qo’llaniladigan 
atamalardan foydalanilgan. 
Ushbu bobda gimnastika amaliy mashg’ulotlarida ko’proq 
uchraydigan  va  mashg’ulot  o’tishda  zarur  bo’lgan  saf  mashqlari 
yoritilgan.  Saf  mashqlaridan  foydalanish  qulay  bo’lishi  uchun 
gimnastika  zalida  shartli nuqtalar  belgilanadimarkazi,  o’rtalik  va 
burchaklari (10-rasm).  
 
10-rasm. gimnastika zali 


56 
 
Ular zalning o’ng chegara tomoniga nisbatan belgilanadi. 
Zalning  o’ng  tomoni  nisbatan  (eshiklar  joylashgan)  uzun 
tomonlaridan  biri  bo’lib,  unda  mashg’ulot  oldidan  guruhlar 
saflanadi  (odatda,  eshikdan  kirishga  qarama-qarshi  tomonda). 
Agar  zalning  uzun  tomonida  derazalar  joylashgan  bo’lsa,  guruh 
derazalarga orqasi bilan saflanadi. 
Saf mashqlari quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: 
  saf usullari; 
  saflanish va qayta saflanishlar; 
  joydan joyga ko’chish; 
  oraniochish va jipslashish. 
Saf  mashqlarini  qo’llashdagi  asosiy  tushunchalar  11-
rasmda ko’rsatilgan. 
 
11-rasm. 
Saf - talabalarning darsda birgalikda harakatlanishi uchun 
belgilangan qoidaga ko’ra tiziladi. 
Qator  -  shug’lanuvchilarning  bir  chiziqda  yonma-yon 
turishi. 
Ketma-ket 
qator 

shug’ullanuvchilarning  bir-biri 
orqasida tizilishi. 
Boshlovchi  -  ketma-ket  qatorda  birinchi  -  boshida  turgan 
o’quvchi (talaba). 


57 
 
Oxirgi - ketma-ket qator oxirida turgan o’quvchi (talaba). 
Front - shug’ullanuvchilar safning old tomoni (qatorda). 
Ichkari  -  front  teskarisi,  ya’ni  orqa  tomoni,  2-,  3-,  4-
qatorlar. 
Qanot - safning chap yoki o’ng tomoni. 
Saf chuqurligi - ketma-ket qatordagi boshlovchidan oxirgi 
o’quvchi (talaba) orasidagi masofa. 
Safkengligi  -  o’ng  qanotdan  chap  qanotgacha  bo’lgan 
masofa (qatorda). 
Masofa  -  yonma-yon  turgan  shug’ullanuvсhilar  orasidagi 
masofa (ketma-ket qatorda). 
Oraliq  -  front  bo’yicha  shug’ullanuvchilar  orasidagi 
masofa. 
Mashg’ulotda safni o’qituvchi va talabalar (guruh sardori, 
o’quv  bo’limlarining  boshliqlari  va  navbatchilar)  tovush  yoki 
belgilangan  signal  bilan  beriladigan  buyruq,  topshiriqlar  berish 
orqali tuzadilar. 
Zich  saf  -  talabalarning  qatorda  bir-biridan  kaft 
kengligidagi (tirsaklar o’rtasi) oralig’ida yoki ketma-ketlarda bir-
biridan  oldinga  uzatilgan  qo’l  uzunligidagi  masofadan  iborat 
safdir. 
О  nisi  ochiq  saf  -  talabalarning  qatorda  bir  qadam 
oraliqda  yoki  o’qituvchi  belgilab  bergan  oraliqda  joylanishidan 
iborat safdir. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish