Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi



Download 186,5 Kb.
bet10/14
Sana31.12.2021
Hajmi186,5 Kb.
#268526
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
курс иши мет.қўлланма

Ilovaga ishning asosiy qismida qandaydir sabablarga ko‘ra taqdim etilmay qolgan ma’lumotlar kiritiladi.

Jumladan, ilovada:



  • yordamchi va raqamli ma’lumotlar iborat jadvallar (jadval, diagramma;)

  • qo‘shimcha ko‘rgazmali materiallar (rasm, surat va fotohujjatlar);

  • ilmiy ishni bajarish jarayonida ishlab chiqilgan metodikalar va yo‘riqnomalar joylashtiriladi.


6. Kurs ishining rasmiylashtirilishi
Ilmiy ishning zarur elementlaridan biri bayon etilayotgan ma’lumotlarni savodxonlik bilan (grammatik va stilistik jihatdan to‘g‘ri) ifodalanishi, adabiy uslub, pishiq va puxta ishlanishi, tashqi tomondan yaxshi rasmiylashtirilishi va uning mohirona tasvirlanishidir.

Asosiy ma’lumotlarni bayon etish jarayonida u yoki bu holatlar ko‘chirib olingan bo‘lsa, manbalar havola etilishi lozim. Manbalar haqidagi ma’lumotlarga quyidagilar kiritilishi kerak: muallifning F.I.SH., kitob nomi, nashriyot nomi, chop qilingan joyi va yili, betlar soni.

Havolalar matn parchasi keltirilgan varaqning pastki qismida rasmiylashtiriladi. Shuningdek, foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatida qo‘llanilgan manbalar sifatida ham keltiriladi. Ushbu ro‘yxat manbalarni bibliografik ifodalash qoidalari bo‘yicha tuzilgan bo‘lishi shart.

Kurs ishining matni A4 formatli oq yozuv qog‘oziga 14 hajmli Times New Roman shrifti bilan, so‘zlar oralig‘idagi qator 1,5 intervalda kompyuter yordamida teriladi. Kompyuterdagi qo‘lyozmaning bitta varag‘ida so‘zlar 30 ta qatordan oshmasligi lozim. Varaqning chap tomoni – 25 mm, yuqori qismi – 20 mm, o‘ng tomoni – 10 mm, pastki qismi – 25 mm.

Matn qat’iy izchil tartibda nashr qilinishi talab etiladi. Har xil turdagi matnga, ya’ni boshqa bir varaqlarda yoki qog‘ozning orqa tomoniga yoki bo‘lmasa boshqa bir o‘ringa matn bo‘lagini ko‘chirish kabi qo‘shimcha kiritishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Barcha havola va satr ostidagi izohlar matnlarga taalluqli bo‘lgan varaqlarda (mayda intervalda) beriladi.

Ish tarkibiy qismlarining (mundarija, kirish, boblarning nomi va xulosa) sarlavhasi katta harflar bilan teriladi, bo‘limlar sarlavhasi esa abzatsdan bosh harf katta harf bilan, qolganlari kichik harflarda maydonning chap qirrasi buyicha yoziladi. Shuningdek, sarlavha so‘ngida nuqta qo‘yilmaydi va ostiga ham hech qanday chiziq tortilmaydi, faqat qora harflar bilan ajratiladi.

Bob va bo‘limlar sarlavhasi imkon qadar qisqa bo‘lishi lozim. Sarlavhada so‘zni bo‘lib keyingi satrga ko‘chirish mumkin emas. Agar sarlavha ikkita murakkab gap bo‘lagidan iborat bo‘lsa, bunda ularni nuqta bilan ajratib yozish lozim.

Sarlavhalar va keyingi matn orasidagi masofa ikki intervaldagi satrda bo‘lishi kerak. Bunday masofa bob va bo‘limlar sarlavhasidagi oraliqni ushlab turadi.

Matnda so‘zlarni qisqartishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ishda bayon etilayotgan matnlar 15 mmda rasmiylashtiriladigan abzats bilan ajratib boradi. Agar so‘zlar bir-biriga chambarchas bog‘liq yoki matn qismining mazmuniga biriktirilgan bo‘lsa, bunda ularni abzats bilan ajratish mumkin. Bu bir nechta gapdan iborat, umumiy mazmun-mohiyatga ega bo‘lgan so‘zlar bo‘lishi ham mumkin. Adabiyotlarni tanlash – bu talabaning burchidir. Kurs ishi raxbari faqat talabaga ishning asosiy yo‘nalishini aniqlashda ko‘maklashadi hamda ishni yozish jarayonida qo‘llash uchun ko‘proq muhim bo‘ladigan ilmiy manbalarni ko‘rsatadi va ularni qayerdan topish mumkinligi to‘g‘risida tushuntirib boradi.



Download 186,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish