Qarama-qarshilik - bir-birini taqazo etuvchi va ayni paytda o’zaro bir-birini inkor qiluvchi jihat, xususiyat, mayllar birligidir.
Realizm (lot.realis – voqelik, mavjudlik) moddiy va ma’naviy narsalarni inson ongidan tashqarida, borliqning jabhasi sifatida mavjudligini, realligini tan oladigan tafakkur yo’nalishidir. Bu yo’nalishga ko’ra, har qanday narsaning mohiyatini namoyon etuvchi, unga nisbatan yaratuvchi, birlamchi bo’lgan nomoddiy asos-substantsiya tashkil qiladi.
Renessans davrining o’ziga xos xususiyatlaridan biri va eng muhimi, kishilarda yangicha fikrlash madaniyatining shakllanganligi bilan xarakterlanadi. YAngicha fikr yuritish madaniyati antik zamon, o’rta asr fikrlash madaniyatidan mutlaqo farq qilar edi.
Bekonning ulug’ xizmati induktiv bilish uslubini ishlab chiqqanligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |