O‘qituvchi faoliyatining
tuzilmasi
O‘quvchi faoliyatining
tuzilmasi
o‘quvchilarga
o‘quv
muammosini
taklif etish;
o‘quvchilar
bilan
hamkorlikda
tadqiqot
masalasini
o‘rnatish;
o‘quvchilarning ilmiy
faoliyatini tashkil etish
o‘quv
muammolari
mohiyatini anglab olish;
tadqiqot muammosini
o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan
birgalikda o‘rnatishda
faollik
ko‘rsatish;
ularni echish usullarini
topish;
tadqiqiy
masalalarni
echish
usullarini o‘zlashtirish
Evristik metodi o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi
yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga
ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda
yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf
o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum
holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda
foydalanish amaliyotchi-o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra bir muncha
murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan
ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga
40
oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash
o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. SHunga qaramasdan
bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik
hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. SHuningdek buyuk didakt
I.YA.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.
41
2 BOB. ZAMONAVIY TA’LIMDA O’QITUVCHINING
TYUTORLIK, SUPERVIZORLIK VA MODERATORLIK FAOLIYATINI
AMALIYOTGA TADBIQ QILINISHI
2.1. O‘QITISHDAGI INNOVATSIYALAR VA ILG‘OR XORIJIY
TAJRIBALARGA TAYANISHNING AFZALLIKLARI
Ma’lumki mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida barcha fanlarni
o‘qitish jarayonida innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash
6
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan biz
bugungi kunning eng muhim innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalariga
to’xtalib o’tamiz.
Modulli texnologiyalar - eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul
bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil
qilishga, talabaning mustaqil faoliyatiga asoslangan, bilim, ko‘nikma va
malakalar diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil
etiluvchi yahlit jarayon.
Blended learning – aralash o‘qitish tizimi bo‘lib, ta’limiy konsepsiya
hisoblanadi, qaysiki mustaqil ravishda bilimlarni onlayn orqali va kunduzgi
holatda o‘qituvchi ishtirokida o‘rganiladi.
Ya’ni “shu yerda va hozir” degan ma’nolarni tushuniladi. Aralash
o‘qitish shakllari:
• Blended learning;
• Hubrid learning;
6
Oliy pedagogik o‘quv yurtlarining o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq
etishning ilmiy asoslari. Respublika ilmiy-metodik konferentsiyasining materiallari. – T.:
Nizomiy nomidagi TDPU, 2000. 111 b.
42
• Technology-Mediated Instruction;
• Web-Enhanced Instruction;
• Mixed-Model Instruction.
Zamonaviy ta’limda tyutor, supervizorlik va moderatorlik faoliyati
Tyutor – bu o‘qituvchi. Muhim o‘qituvchi, uning asosiy maqsadi faqat
bilim berish emas, bolaning maqsadga erishishi uchun mustaqil ravishda
harakat qilishga o‘rgatish.
Tyutor – pedagog ta’lim oluvchilarning mustaqil ravishda maqsadini
belgilashiga, o‘z kamchiliklarini tushunishga, ajdodlar tajribasini amalda
qo‘llashga o‘rgatadi.
Supervayzer (ingliz “supervise”–kuzatish ma’nolarini bildiradi) –
kuzatuvchi. U ta’lim jarayonidagi kamchilik va yutuqlarini kuzatadi.
Shuningdek, adminstator savollarini yechishga harakat qiladi u kreativ,
ambitsioz, kuzatuvchi, kommunikativlik, analitik, ijrochi, mas’uliyatli,
strategik fikrlovchi xususiyatlariga ega shaxs. Uning vazifalari:
• shaxsni tanlash va o‘qitish;
• ta’lim oluvchilar o‘rtasida topshiriqlarni bo‘lib berish;
• ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro munosabatga kirisha olish;
• ta’lim sifatini nazorat qilish;
• ta’lim oluvchilar faoliyatidan xabardor bo‘lish.
Moderator – axborotlarni tekshiradi, o‘rnatilgan tartibda taxrir qiladi
yoki o‘chirib tashlaydi.
Pedagogik fasilitatsiya va talabalar bilimini baholashning assesment
texnologiyalari turlari:
Modul tamoyillari, turlari, tarkibiy qismlari. Evropa modul-kredit
tizimini tahlili. “Edvayzer”, “Tyuter”, “ Aralash o‘qitish”, “Vebinar” tizim,
43
“Supervayzer”, “Fasilitator” lardan iborat bo’lib ular talabalar bilimini
baholashda samarali usul hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ta’lim
tizimida qo‘llanilib kelinayotgan va didaktikada ishlab chiqilgan
pedagogik texnologiyalar shaxsga yo‘naltirilganligida, ta’lim oluvchilarning
bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda, shaxsga bo‘lgan munosabatida
ko‘rinadi. Zamonoviy metodlar ya’ni interfaol usullar o’qitishni samarasini
oshirishga, ruxiy zo’riqishning oldini olishga kam vaqt sarf etib yuqori
natijalarga erishishga, talabalarda mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil
fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarni rivojlantirishga, yetuk mutaxassis
bo’lishlariga, hamda mutaxassisga kerak bo’lgan kasbiy fazilatlarni
tarbiyalashga yordam beradi. Davr talabiga ko‘ra ta’lim tizimida
hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan o‘zgartirishga qaratilayotganligini
ta’kidlash kerak.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |