Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana11.03.2020
Hajmi0,73 Mb.
#42094
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kasbiy bilimlar asosida konikmalarni shakllantirishning psixologik jixatlari khk misolida


Birinchi  bosqich.  (  I-IV  sinflarining  o‘quvchilari  bilan  ishlash)  –  moddiy  ishlab 

chiqarish soxasida mehnatga bo‘lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakllantiradi, o‘quvchilarda umuman 

mehnatga ijobiy munosabatda bo‘lishni, eng muhimi-jismoniy mehnatga shunday munosabatda 

bo‘lishni,  ishchi  degan  nomni  hurmat  qilishni,  qo’lidan  keladigan  o’z  mehnati  bilan  atrofdagi 

kishilarga  quvonch  bag’ishlashga  va  bundan  ma’naviy  ko’nikish  oshishni  shakllantiradi.  Bu 

boradagi  ishlar  oldindan  tuzilgan  reja  asosida  olib  boriladi.  Bu  rejaga  muvofiq  ekskursiya 

uyushtirish  va  eng  ommalashgan  kasblar  to’g’risida  qishloq  maktablarining  o‘quvchilari  uchun 

jamoa xo’jaligida, shaxar maktablarining o‘quvchilari uchun korxonalarda, ota-onalarning ishlari 

va  ularning  mehnatda  erishgan  muvaffaqiyatlari  haqida  suhbatlar  yosh  guruhidagi  o‘quvchilar 

uchun  maktab  oshxonasiga,  o‘quv  ustaxonalariga,  mehnat  kabinetiga,  kutubxonasiga, 

maktablararo  o‘quv  ishlab  chikarish  kombinatiga,  qishloq  hunar  texnika  bilim  yurtiga, 

korxonalarga, aloqa bo’limiga, jamoa xo’jaligi fermasiga, jamoa xo’jaligi xirmoniga va shu kabi 

joylarga  ekskursiya  tashkil  qilish  mumkin.  Bu  ekskursiya  chog’ida  ishlab  chiqarishda 

qatnashayotgan  odamlarning  mehnatiga,  xom  ashyodan  tayyor  mahsulot  olishga  yordam 

berayotgan  mehnat  qurilmalariga  asosiy  e’tibor  beriladi,  jamiyat  va  ayrim  odamlar  turmushida 

mehnatini ro’li uqtirib o’tiladi. 

 

Ikkinchi  bosqich.  (V-VII  sinflarning  o‘quvchilari  bilan  ishlash)  –  bu  bosqichda 

o‘quvchilar  o’z  kuchlarini  konkret  mehnatda  tekshirib  ko’radilar,  o‘quvchilarning  kasbga 

bo‘lgan  qiziqishlari  va  mayillari  yanada  shakllanadi.  Shu  boisdan  ushbu  bosqichda  kasbga 

yo‘naltirish soxasida olib borayotgan ishda o‘quvchilarda ish turlarini bilishga bo‘lgan qiziqishni 

uyg’otish  muhimdir.  Kasbga  yo‘naltirishning  ana  shu  bosqichida  texnikaga  va  mehnatga  oid 

sinfdan  tashqari  mashg’ulotlar,  tematik  kechalari,  ko’rgazmalar,  o’yinlar  katta  ro’l  o’ynashi 

lozim. Bu bosqichda o‘quvchilarda ijtimoiy maqsadlarning shakllanishi davom etadi, shu bilan 

birga kasbga yo‘naltirish ham boshlanadi. 

Uchinchi bosqich – o‘quvchilar bu bosqichda o’z kasbiy niyatlarini birmuncha umumiy 

kasblar  bo’yicha  amaliy  ko’nikma  va  malakalar  bilan  mustahkamlaydilar.  Bu  bosqich  konkret 

kasbni tanlash, uni o’zlashtirish yo’llarini belgilash bilan tugaydi. O‘quvchilarni turli klublar va 

qiziqishlar bo’yicha va to’garaklarda ishlashi ushbu bosqich uchun diqqatga sazovardir. Darsdan 

tashqari vaqtda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishi quyidagi maqsadlarda: 

-  mehnatga  muhabbat,  mehnatkashlarga  hurmat  xislarini  singdirish,  unumli  mehnatga  ijtimoiy 

mayllarni shakllantirish

- barqaror kasbiy qiziqishlar va mayllarni shakllantirish va rivojlantirish

- mutaxassislikni, kasbni tanlash va uni o’zlashtirish yo’llarini tanlash maqsadida o‘tkaziladi. 

 

Kasb maorifi o’z navbatida kasbiy axborotni, kasbiy targ’ibotni va tashviqotni o’z ichiga 



oladi. Bu elementlar bir-biri bilan o’zaro bog’langandir. Bularning maqsadi – xalq xo’jaligining 

ommaviy  kasblari  tog’risida  o‘quvchilarga  ma’lumot  berishdan,  kasblarni  egallash  usullari  va 

shart-sharoitlari  haqida  ularni  xabardor  qilishdan  iqtisodiy  mintaqa  xalq  xo’jaligi  ayni  vaqtda 

katta  ehtiyoj  sezayotgan  kasblarning  ijtimoiy  ahamiyatini  targ’ib  qilishdan  iborat.  Kasblarning 

xilma-xilligi  munosabati  bilan  qandaydir  bir  kasbni  yoki  xalq  xo’jaligi  tarmoqlarini  maktabda 


 

20 


sinflar  bo’yicha  targ’ib  qilishni  tavsiya  etish  juda  ham  qiyin.  Bu  narsa  maqsadga  muvofiq 

bo’lmasa ham kerak. 

 

Bunda  kasbni  targ’ib  qilishning  ba’zi  yo‘nalishlarigina  qayd  qilib  o’tish  mumkin.  Bu 



mehnat  faoliyatining  sevimli  turiga  muhabbatni  shakllantirish,  boshqa  oddiy  kasblar  bilan, 

so’ngra  o‘quvchilarning  yoshi  va  bilimlariga  qarab,  mamlakat  xalq  xo’jaligi  va  konkret 

mintaqani yaqin 10-15 yil mobaynida kadrlarga bo‘lgan talab ehtiyojini hisobga olib, bir muncha 

murakkab kasblar bilan tanishtirishdir. Targ’ibot mazmuni jihatidan chuqur bo‘lishi, yoshlarning 

ko’z o’ngida unchalik ommabop bo’lmagan kasblar nufuzuni oshirishi ham muhimdir. 

 

O‘quvchilarning kasb faoliyati har-xil turlariga bo‘lgan qiziqish va maylni rivojlantirish 



kasbga  yo‘naltirishning  muhim  tarkibiy  qismidir.  Agar  shunday  qiziqish  bo‘lmasa,  yigit  yoki 

qizni kasbni to‘g‘ri tanlashga tayyorlash mumkin emas. Kasbga bo‘lgan bunday mayl va ishtiyoq 

kasbga  bo‘lgan  qiziqishni  shakllantiradi  va  tarbiyalash,  ushbu  kasbga  hurmat  bilan  qarash, 

mehnatga muhabbatni, ishga psixologik shaylikni tarbiyalash singari elementlardan tarkib topadi. 

Bir qancha maktablarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda kasbiy  faoliyatning har-xil 

turlariga  bo‘lgan  qiziqish  va  ishtiyoqni  rivojlantirishga  o‘quvchilarni  bir  maqsadni  ko‘zlab 

mehnat  ta’limini  berish  va  ularni  ijtimoiy  foydali  mehnat  bilan  band  qilish  ta’sir  o‘tkazmoqda. 

Ko‘p kasblar bilan nazariy tanishib qolmay, balki bir muncha ommaviy kasblarni bilish, ishlab 

chiqarish  jamoalariga  qo‘shilish  uchun  zarur  bilim  va  ko‘nikmalarni  egallash  o‘quvchilarning 

kasb tanlashiga imkon beradi. Maktab o‘quvchilariga mehnat ta’limini berish va tarbiyalashning 

sobitqadamliligi  har  bir  iqtisodiy  rayonning  va  mamlakatning  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni 

rivojlantirish  tendentsiyalariga  muvofiq  ularning  kasbiy  ideallarini  shakllanishini  ta’minlaydi. 

Faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘quvchilar bilan ishlashga e’tibor berish, har bir kishining 

shaxsiy xislatlari va imkoniyatlariga mos bo‘lgan mashg‘ulotni topish mumkin. 

 

Kasb  psixodiagnostikasining  maqsadi  –  kasbga  yo‘naltirish  maqsadida  maktab 

o‘quvchisining  shaxsini  o‘rganishdir,  kasb  diagnostikasi  jarayonida  shaxsning  xususiyatlari, 

qimmatli  mo’ljallar,  qiziqishlar,  talab-ehtiyojlari,  kasbiy  niyatlari,  tempreramenti,  sog‘ligi 

o‘rganiladi. Kasb haqida maslahat berish shaxsiy psixologik va xususiyatlar, kasbning o’ziga xos 

xususiyatlariga  mos  bo‘lishini  aniqlashni  maqsad  qiladi.  Maslahat  berishning  quyidagi  turlari: 

ma’lumotnoma, diagnostik, shakllantiruvchi va tibbiy turlari bor. 

 

Ma’lumot  tarzidagi  maslahat  chog‘ida  o‘quvchilar  ishga  joylashish  yo‘llarini,  ishga  va 



o‘qishga  nisbatan  qo’yiladigan  talabalarni,  kasblarni  o‘zlashtirish  imkoniyatlarini,  tayyorgarlik 

muddatlarini, mehnatga xaq to‘lash sistemasini, kasbiy o‘sish istiqbollarini bilib oladilar. 

 

Diagnostik  maslahatalar  –  shaxsni  qiziqishlari,  mayllari,  qobiliyatlarini  o‘rganishga 



qaratilgan  bo’lib,  bunda  shaxsni  ana  shu  xususiyatlarini  tanlaydigan  kasbiga  yoki  unga  yaqin 

hunarga mosligi ko’zda tutiladi. 

 

Shakllantiruvchi  maslahatlarda  maktab  o‘quvchisining  kasb  tanlashga  rahbarlik  qilishni, 



tuzatishni ko’zda tutilgan bo’lib, bunday maslahatlar uzoq muddatga mo’ljallangan bo‘ladi. 

 

Tibbiy  maslahatlar  –  o‘quvchining  sog’ligini,  uning  tanlaydigan  kasbiga  nisbatan 



psixologik  xususiyatlarini  maqsad  qilib  qo’yadi.  Bunda  psixofiziologik  ma’lumotlarga  mos 

boshqa  kasbni  yoki  faoliyatni  tanlab  olinadigan  sohasiga  yaqin  kasbni  aniqlash  maqsad  qilib 

qo’yiladi. 

 

Kasb  tanlash  maktabdan  tashqari  laboratoriyalarda  va  qiyin  mehnat  sharoitidagi  kasblar 



bo’yicha  amalga  oshiriladi.  Kasb  tanlashdan  maqsad  odam  mehnatining  konkret  turiga  yaroqli 

yoki  yaroqsiz  ekanligini  anglashdan  iborat.  Bunda  faoliyatning  ushbu  turiga  davogarda  kasbiy 

xislat yo’qligi aniqlanib qolsa, unga ishga joylashish rad etiladi. Kasb tanlashni shaxsini, ijtimoiy 

erkinligini cheklovchi ish deb qaramaslik kerak. Kasb tanlanganda kasb ularga mos va muvofiq 

bo‘lgan  shaxslar  tanlanadi,  ya’ni  kasbdan  shaxs  tomon  beriladi,  kasbiy  saralanganda  mazkur 

shaxs uchun tegishli kasb tanlanadi, ya’ni shaxsdan kasb sari boriladi. 

 

O‘quvchilarni kasbiy tarbiyalash – kasbga  yo‘naltirish sistemasining asosiy qismlaridan 



biridir.  Kasbiy  tarbiyalash  –  o‘quvchilarda  shaxsning  kasb  jihatidan  xislatlari:  insonparvarlik, 

kasbiy  burch  va  sharafni,  ma’suliyatni,  ahloqiylik  va  shu  kabilarni  tarbiyalash  tushuniladi. 

Kasbga yo‘naltirish sistemasining yuksak darajada hamkorlik qiladi. 


 

21 


 

Professiografiya – odamlarni kasbiy faoliyatini o‘rganadigan professiologiyaning muhim 

sohalaridan  biridir.  Kasblarning  yoki  mutaxassisliklarning,  ularning  odamga,  odamning 

psixofiziologik  va  jismoniy  xislatlariga  nisbatan  qo’yayotgan  asosiy talablarning  tasnifi,  kasbiy 

faoliyat  shaxsga  muvaffaqiyat  yoki  muvaffaqiyatsizlik,  qoniqish  yoki  qoniqmaslik  keltiruvchi 

omillar  professiologiya  vazifalariga  kiradi.  Mehnatdan  psixologiya  jihatdan  foydalanish  va 

amaliy  faoliyatda  foydalanish  uchun  mo’ljallangan  ishning  konkret  turini  kompleks  tarzida, 

muntazam 

va 

ko‘p  tomonlama  tasniflash  psixologik  professiogramma  deyiladi. 



Professiogrammalar  kasb maorifi  jarayonida  o‘quvchilarni turli  kasblar  bilan  tanishtirish  uchun 

qo’llaniladi.  Kasbga  yo‘naltirish  sohasidagi  ishni  quyidagi  bosqichlarga  bo‘lish  mumkin:  kasb 

maorifi,  kasbiy  tarbiya,  kasb  haqida  maslahat  berish,  kasbga  ko’nikish,  kasb  tanlash.  Agar 

o‘quvchi kasb bilan tanishganda nimanidir tushunmay qolsa, kasb haqidagi axborot bilan, kasb 

mazmuni  to’grisida  maslahat  olishi  mumkin.  Har  ikki  bosqich  o‘quvchini  kasbga  qiziqishiga 

asos bo‘ladi.  

 

Kasb-hunar  kollejlaridagi  kasbga  yo‘naltiruvchi  o‘quv-metodik  kabineti  o‘quvchilarni 



kasbni  ongli  ravishda  tanlashga  tayyorlash  sohasida  ular  bilan,  ota-onalar  bilan  muntazam  ish 

olib  borish  uchun,  shuningdek  kasbga  yo‘naltirish  ishini  ado  etishda  o‘qituvchilarga, 

korxonalarning xodimlariga metodik yordam berish uchun xizmat qiladi. 

 

Shu  sababdan  kabinetning  jihozlanishi  va  vaziyati  o‘quvchilarning  muayyan  psixologik 



kayfiyatini  ko’tarishga  ko’maklashishi,  bu  yerda  ularni  qiziqtiruvchi  savollarga  javob  olish 

imkoniyati yaratilishi, kabinetga kelish ehtiyojini tug’dirishi muhimdir. 

 

1.  O‘quvchilarga  og’zaki  yo’sinda  bilimlar  berishdan  (suhbat,  hikoya,  izohlash,  leksiya, 



o‘rganilayotgan  xodisa  va  jarayonlarni  ko’rgazmali  vositalar  bilan  namoish  etishdan)  iborat 

ko’rgazmali-tushuntirish usullari; bular reproduktiv usullar deb ham ataladi. 

 

2.  Axborot-izlash  usullari  (muammoli  bayon  qilish,  evristik  suhbatlar,  munozaralar, 



tadqiqotchilik  faoliyatini  tashkil  qilish  usullari  kuzatish,  ta’limiy  va  boshqa  adabiyotlar  bilan 

ishlash). 

 

- o‘quvchining kasb tanlashga “xoxlayman-uddalayman-zarur” degan shiorga amal qilish 



haqida  axboroti.  “Xoxlayman”-qiziqishi  va  mayillik,  “uddalayman”  -  qobiliyat,  “zarur”  - 

jamiyatning kadrlarga ehtiyoji.  

 

- o‘quvchilarga savol: “Jamiyatning ehtiyojlariga muvofiq kasb tanlash nima? 



 

-  o‘quvchilarning  javobi:  “Bu,  birinchidan,  hozirgi  kunda  va  yaqin  kelajakda  xalq 

xo’jaligi uchun ishlab chiqarish sohasida, qishloq xo’jaligida, aholiga xizmat ko’rsatishda) juda 

zarur  kasbni  tanlash;  ikkinchidan,  har  qanday  ish  o’rnida  halol,  intizomli  va  ijodiy  mehnat 

qilishdir”. 

 

-  o‘quvchilarga  savol:  ”fan-texnika  taraqqiyoti  davrida  xalq  xo’jaligi  yuqori  malakali 



mutaxassislar zarurligining sababini qanday tushunasiz?”. 

 

-  o‘quvchilarning  javobi:  “Yuqori  malakali  ishchilar  ishlab  chiqarish  topshiriqlarini 



tezroq sifatliroq bajaradilar”. 

 

-  o‘qituvchi  o‘quvchilarning  javoblarini  umumlashtirib  va  to‘ldirib,  shunday  xulosa 



chiqaradi:  mahsuldor  mehnat  qilish  uchun  yuksak  saviyali  umumiy  va  professional  bilimlar 

zarur,  olimlarning  oldindan  aytishiga  qaraganda  1990  yilgacha  barcha  ishlarning  tahminan  30 

foizi,  2000  yilgacha  esa  50  foiziga  yaqini  murakkab  kompleks  avtomatlashtirilgan  texnikaga 

xizmat  ko’rsatish  bilan  shug‘ullanadi,  moxir  bunday  ishchilar  5  %  dan  oshmaydi,  ko‘p 

ixtisosliklariga doir professonal bilimlar 8-10 yil ichida eskirib qoladi, shuning uchun muntazam, 

uzliksiz ravishda mustaqil bilim olish bilan shug‘ullanish zarurati tug‘iladi.  

 

2.3. Kasb tanlashda asosiy motivlar. 

XXI  asr  jamiyat  taraqqiyotida  yoshlar  faolligini  oshirish,  ularning  ijtimoiylashuvining 

o‘ziga xos tomonlarini ochish imkoniyatlari asri sifatida boshlandi. Ularning turli sohalarda o‘z 

bilim va qobiliyatlarini ko‘rsata olish uchun shart sharoitlar yaratilmoqdaki, bu yoshlar faolligini 

mazmunini  ifodalab  bermoqda.  Ta’lim  tizimi  inson  va  jamiyatning  ta’limga  bo‘lgan  xilma-xil 

ehtiyojlarini  qondirish  imkoniyatlarini  ochib  berishi,  ta’limning  o‘rni  va  nufuzini  oshirishi, 



 

22 


iqtisodning  o‘zgaruvchan  talablari  sharoitida  shaxsni  umumta’lim,  kasbiy,  madaniy  bilimlarini, 

ilmiy salohiyatlarini oshirish asosida ijtimoiy himoya qiladi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  yuz berayotgan, inson omilining ro’li kuchayib borayotgan 

sharoitda  ilmiy-texnikaviy  taraqqiyot  nafaqat  kasbiy  mahoratni  oshirish,  balki  yoshlarning 

kasbga  qiziqishini  bugungi  jamiyat,  ilm-fan,  ishlab  chiqarish  va  texnikadagi  taraqqiyot 

talablariga  mos  tarzda  kuchaytirishni  ham  talab  qiladi.  Ana  shu  moslik  bo‘lmasa,  yosh  avlod 

kasb tanlashda ikkilanib qoladi va bu hol kadrlarning beqarorligiga olib keladi. 

 Har bir  inson shaxs sifatida  kamol topishi  uchun ta’lim,  ijtimoiy  tarbiya  va  rivojlanish, 

hamda kasbiy shakllanish tizimini bosib o‘tishi talab etiladi. Natijada shaxsning ijtimoiylashuvi 

sodir bo‘ladi, ya’ni ijtimoiy ahamiyatga ega muhim vazifalarni bajara olish qobiliyatiga hamda, 

jamiyatda  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘ladi,  o‘zini  anglaydi,  jamiyatning  boshqa  a’zolari  bilan  mustaqil 

munosabatlarga kirishadi. 

 Kasbiy qiziqishlar insonda mavjud bo‘lgan kasbiy  bilimlar bilan ajralmas uzviy bog‘liq 

bo‘ladi.  Inson  tomonidan  qancha  ko‘p  bilim  orttirilgan  bo‘lsa,  uning  qiziqishlari  shuncha 

mazmunli  va  chuqur  bo‘ladi.  Bugungi  kunda  yoshlarni  asosan  ularning  aqliy  faoliyatlari 

mazmuniga  ega  bo‘lgan,  ularning  rejalari,  maqsadlari,  tasavvurlari  bilan  mos  bo‘lgan  narsalar 

qiziqtiradi.  Kasbiy  qiziqishning  shakllanishi  o‘quvchilarni  kasbiy  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalarga  ega  bo‘lish  jarayonida  vujudga  keladi.  Shu  davrda  shaxsning  o‘zidagi  kasbiy 

qiziqishi mazkur kasblarga ega bo‘lishda yordam beradi. Bu holatlarda esa, umumiy qiziqish va 

kasbiy  qiziqish  orasidagi  farqlarni  bilib  olish  kerak.  Kasbiy  qiziqishlar  umumiy  qiziqishlardan 

aniqligi,  maqsad  sari  yo‘naltirilganligi  va  to‘la  mazmunli  ekanligi  bilan  farq  qiladi.  Kasbiy 

qiziqishlar  o‘quvchining  tanlagan  kasbi  bilan  bog‘liq,  shuning  uchun  u  umumiy  qiziqishdan 

ko‘ra mustahkamdir. Umumiy qiziqishlar yuzaki, hech qanday ma’suliyatni his qilmagan holda 

bo‘lishi  mumkin.  Kasbiy  qiziqishlar  bo‘lajak  kasb  egasining  mehnat  faoliyati  doirasidagi  kasb 

xususiyati bilan bog‘liqdir. Biroq bu boshqa qiziqishlarni inkor etmaydi.  Ma’lum mutaxassislik 

bo‘yicha  kasbiy  qiziqishlar  kasb  egasining  shaxsiy  psixologiyasiga  mos  kelishi  maqsadga 

muvofiq bo‘ladi. Bunday qiziqishlar ishlab chiqarish darajasini oshirish malakasiga ega bo‘lishni   

kengaytirishga,  kasbiy  faoliyat  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  bir  qancha  hayotiy  jarayonlarga  kirib 

borishga undaydi. Kasbiy  qiziqishlarning xarakteri va ularni shaxsga ta’siri jamiyat rivojlanishi 

bilan rivojlanadi. Jamiyatning rivojlanish davrlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, taraqqiyot ishlab 

chiqarishning rivojlanishi, iqtisodiy rivojlanish jamiyatdagi mehnatga bo‘lgan munosabatlarning 

o‘zgarishiga olib keladi. Keyingi yillarda iqtisodiyotda yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan 

ehtiyojlar  sezilarli  darajada  oshib  bormoqda.  Og‘ir  va  mayda  ishlab  chiqarish  mehnati  bilan 

bog‘liq kasblar o‘tmishda qolib, mehnatkashlarning madaniy-texnik darajalari ortmoqda. Kasbiy 

qiziqishning  mohiyati  kasbning  mazmuniga  bevosita  bog‘liq.  Insonning  kasbi  qanchalik 

mazmunga boy bo‘lsa, kasbiy qiziqishning mohiyati ham shunchalik yuqori bo‘ladi.  

Psixologiya  fanida  intellektual  (fikrlash,  xotira,  tasavvur)  hissiy-emotsional  va  xohish-

istak  jarayonlarini  o‘z  ichiga  oluvchi  qiziqishlar  tizimi  qabul  qilingan.  Shuni  ham  aytib  o‘tish 

kerakki, bu uch tarkibiy tizim nafaqat intellektual, emotsional va xohish-istaklar yig‘indisi, balki 

shaxs faoliyatida barcha psixologik vazifalarni o‘z ichiga oluvchi o‘zaro aloqa va o‘zaro harakat 

sifatida  ham  qaraladi.  Kasbiy  qiziqishning  tuzilmaviy  negizi  psixologiyada  qabul  qilingan 

qiziqishlar  tizimi  kabi  bo‘lg‘usi  kichik  mutaxassislarning  o‘z  xususiyatlarini  namoyon  qiluvchi 

kasbiy  qiziqishlari  tizimini  tashkil  etadi.  Uning  negizida  ishtirokchilarning  nazariy  va  amaliy 

tayyorgarligi  yotadi.  U  ishtirokchilarning aniq kasbiy  faoliyatga,  kasbiy  mahoratga  ega  bo‘lishi 

uchun,  shuningdek  o‘quv  va  ishlab  chiqarish  vazifalarini  bajarishga  psixologik  tayyor  turishi 

uchun  kerak  bo‘lgan  bilim  va  malakalarni  oshirish  uchun  intilishiga  tayanadi.  Buning  tarkibiy 

qismi  shaxsning  qaysi  yo‘nalish  bo‘yicha  kasbiy  tayyorgarlik  ko‘rayotganligiga  va  kasbiy 

faoliyat  uchun  talab  etiladigan  kasbiy  malakali  xususiyatlarida  aniqlangan  asosiy  bilim  va 

ko‘nikmalarni  aks  ettirgani  kabi  shaxsni  ularning  muhimligi  va  faoliyatda  foydalanish 

tayyorgarligi  bilan  birgalikda  kasbiy  mahoratga  ega  bo‘lishi  uchun  kerak  bo‘lgan  bilimlar, 

ko‘nikma va malakalarni aks ettiradi.  


 

23 


 Kasbiy qiziqishning tarkibiy qismlari faoliyatga va ishtirokchining shaxsiga ta’sir qilgan 

holda  tor  doirada  o‘zaro  aloqada  harakat  qiladi.  Ta’lim-tarbiya  ishlarini  olib  borishda  ta’lim 

jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Buning uchun har qanday 

yo‘nalishdagi kasbni egallayotgan o‘quvchilarda fikrlash, o‘z-o‘zini tahlil qilish qobiliyati yaxshi 

rivojlangan  bo‘lishi  kerak.  Bu  esa  o‘quvchilarni  kasbga  tayyorlash  jarayonida  intellektual 

komponentga  doimo  e’tibor  berilishi  lozimligini  taqozo  etadi.  Bu  esa  o‘quvchilarning  kasbiy 

qziqishlarini 

shakllantirishdagi 

motivlar 

mohiyatiga 

ham 

bog‘liqligini  ko‘rsatadi. 



O‘quvchilarning kasbga qiziqishni shakllanishida quyidagi motivlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:  

1.  Kelajak  (karera)  motivi:  o‘quvchi  yoshlar  o‘zining  vataniga,  kelajakda  jamiyatga 

foydasi  tegadigan  inson  bo‘lish  uchun,  ma’lumotga  ega  bo‘lish  uchun,  o‘zi  istagan  kasbini 

egallash  uchun,  kasb-hunar  kollejlariga,  oliy  o‘quv  yurtlariga  o‘qishga  kirish  uchun  yaxshi 

o‘qishga harakat qiladilar.  

2.  Obro‘  motivi:  egallaydigan  kasbi  kelgusida  jamiyatda,  atrofini  o‘rab  turgan  muhitda 

qandaydir  e’tiborga  ega  bo‘lish,  atrofdagilarning  diqqat  markazida  bo‘lib  yurish  va  oilada  o‘z 

o‘rnini egallash uchun yaxshi o‘qish. 

3.  Ta’lim  olish  motivi:  egallaydigan  kasbining  mohiyatini  anglashga  qiziqish,  o‘qish 

istagidagi  o‘quv  ishlab  chiqarish  jarayonining  o‘zi  bilan  qiziqish.  Ta’lim  jarayoni  davomida 

o‘quvchilar o‘quv yoki ishlab chiqarish ta’limining qiyin vazifalarini mustaqil hal qilsalar, ular 

o‘z navbatida o‘zlarining keyingi ishlarini rag‘batlantiradigan qoniqish oladilar. 

4.  Burch  motivi:  bu  motivning  mazmuni  jamiyat  tomonidan  qabul  qilingan  insoniy 

burchlarini bajarishga tayyorligi, jamiyatda o‘z o‘rnini anglash, qiyinchiliklarni bartaraf etishga 

tayyorligi, o‘zi tanlagan kasb doirasida mehnat faoliyatini yuritish. 

5.Majburiyat motivi: faqat ko‘ngilsizliklardan qochish uchun o‘qiydilar.  

 Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  motivlarining  mohiyati  teng  baholanmaydi.  Eng 

ta’sirlilaridan:  kelajak  motivi,  obro‘  motivi  va  qiziqishni  anglash  motividir.  O‘quvchilarda 

qiziqish  motivini  jamiyatdagi  va  shaxsiy  hayotidagi  maqsadlari  bilan  bog‘lash  orqali,  egallashi 

lozim  bo‘lgan  kasbga  tegishli  bo‘lgan  kasbiy  fanlarning  nazariy  va  amaliy  asoslarini  o‘rgatish 

orqali  uni  chuqurlashtirish  yo‘li  bilan  intellektual,  ongli  va  erkin  qiziqishlarga  aylantirishimiz 

mumkin  bo‘ladi.  Mutaxasslikka  kirish  davridan  boshlab  o‘quvchining  emotsional-ijobiy 

xususiyatlarini  rivojlanishiga  yordam  beradigan,  qiziquvchanlik  va  emotsional-motorli 

qiziqishlarning rivojlanishiga  yordam beruvchi  sharoitlarni  yaratilishi  zarur.  Har  qanday  kasbni 

o‘rganish negizida kasbiy  bilimlarni, mahorat va malakalarni egallash bilan bog‘liq o‘ziga xos 

fan  faoliyati,  shuningdek  tanlagan  kasb  doirasida  faoliyat  olib  borganda  paydo  bo‘luvchi  ilmiy 

qonuniyatlarni  o‘rganish  va  egallash  yotadi.  Ta’lim  jarayonida  ta’lim  beruvchining  asosiy 

vazifasi,  ta’lim  oluvchining  nafaqat  o‘quv  materiallarini  muvaffaqiyatli  egallashini  ta’minlash, 

balki o‘quvchida uni qiziqish bilan qabul qilish hamda o‘zini anglashiga va kasbiy qiziqishining 

rivojlanishiga ham yordam berish lozim. 

Kasbning  insonga  quyidagi  umumiy  talablari  “Kasbni  to‘g‘ri  tanlash  shartlari”  sxemasi 

yordamida tushuntiriladi. 

 

Agar qiziqishlar “bilimni istayman” degan formula bilan ifodalaniladigan bo‘lsa, mayllar 



“bajarishni  istayman”  degan  formula  bilan  ifodalaniladi.  Xayvonlar  to‘g‘risidagi  kitoblarni 

o‘qishga bo‘lgan qiziqish to‘g‘risidagi kitoblarni xayvonot bog’iga borib turishni yaxshi ko‘rish, 

“Xayvonot olamida” deb ataladigan televizion ko’rsatuvning birortasini qo’ymay  ko’rib borish 

boshqa-yu  haqiqiy  jonivorlarni  har  kuni  parvarish  qilish  natijasida  hosil  qilinadigan  bir  olam 

quvonch boshqadir. 


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish