Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Noallel genlarning o’zaro ta’sirida belgilarining irsiylanishi



Download 1,64 Mb.
bet4/10
Sana10.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#651481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-kurs 303-guruh Alijonova Mohlaroy (2)

1.1. Noallel genlarning o’zaro ta’sirida belgilarining irsiylanishi
Noallel genlarning o‘zaro ta’sirida belgilarning irsiylanishi Mendeldan keyingi davrda, turli o‘simlik va hayvon turlari ustida olib borilgan tadqiqotlar natijasi Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari to‘g‘ri va umumbiologik ekanligini tasdiqladi.
Genetika fanining asoschilaridan biri, ingliz olimi U. Betson o‘zining 1909 yilda chop etilgan asarida o‘simliklarning 100 dan ortiq, hayvonlarning 100 ga yaqin belgilarining Mendel qonunlariga binoan irsiylanishi aniqlanganligi haqida dalillar keltiradi. Shu bilan birga, bu tadqiqotlar natijasida, organizm belgilarining genetik asoslariga taalluqli yangi qonuniyatlar ham kashf etildi. Ma’lumki, Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari faqat bitta gen ta’sirida rivojlanuvchi belgilarning nasldan-naslga berilishini tadqiq qilish natijalari asosida yaratilgan edi.
Mendelning izdoshlari o‘simlik va hayvon organizmlarining aksariyat belgilari ayrim genlarninggina emas, balki bir necha noallel genlarning ishtirokida irsiylanishini isbot etdi. Bu genlarning turli xilda o‘zaro ta’sir qilib, faoliyat ko‘rsatishlari kashf etildi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, genetik adabiyotlarda «belgilar irsiylanadi» degan ibora irsiy jarayonni obrazli, qisqa qilib bayon etish uchun ishlatilgan. Genetik tadqiqotlar, aslida belgilar emas, balki shu belgilarning rivojlanishini ta’min etuvchi genlar nasldan-naslga berilishini isbotladi. Yangi avlodga o‘tgan ota-ona genlari ontogenez davomida faoliyat ko‘rsatib, ularning har qaysisi ma’lum sifatga ega bo‘lgan oqsilning sintez qilinishini ta’min etadi.
Sintezlangan oqsil esa muayyan belgining rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Genlarning o‘zaro ta’sirida irsiylanishda esa bu genlarning faoliyati tufayli sintez qilingan oqsillar o‘zaro ta’sir qilgan holda, bir belgining irsiylanishi va rivojlanishini ta’min etadi. Bu haqda quyiroqda batafsil ma’lumot beriladi.
Mendeldan so‘ng organizmlarning ko‘p turlari, navlari va zotlari genetikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ulardagi aksariyat belgilarning irsiylanishi bitta gen emas, balki ikki va undan ortiq noallel genlarning birgalikda faoliyatiga bog‘liq ekanligi isbotlandi.
Noallel genlar faoliyatida o‘zaro ta’sir etishning quyidagi tiplari mavjud.
Genlarning o‘zaro komplementar ta’siri (komplementariya)
Genlarning o‘zaro epistatik ta’siri (epistaz).
Genlarning o‘zaro polimer ta’siri (polimeriya).
Genlarning o‘zaro kombinirlangan ta’siri.
Genlarning ko‘p tomonlama ta’sirida belgilarning irsiylanishi (pleyotropiya).
Genlarning o‘zaro modifikatsion ta’siri.



Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish