Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


II-BOB. Miqdor belgilarining genetikasi



Download 1,64 Mb.
bet6/10
Sana10.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#651481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-kurs 303-guruh Alijonova Mohlaroy (2)

II-BOB. Miqdor belgilarining genetikasi.
Ma’lumki, organizmlarda sifat belgilardan tashqari, juda ko‘p miqdor belgilar ham mavjud. Ularning rivojlanishi va irsiylanishi murakkab asosga ega. Bunday belgilar poligenlar ta’sirida irsiylanishi sababli F2 dagi fenotipik sinflar orasidagi chegara aniq ko‘zga tashlanmaydi.
Shuning uchun ham F2 da miqdor belgilar bo‘yicha kombinativ o'zgaruvchanlik uzluksiz holatda ro‘yobga chiqadi. Miqdor belgilar qatoriga hayvonlarning vazni, sut miqdori, sutning y o g ‘liligi; o ‘simliklarning b o‘yi, hosildorligi, ular urug‘ (don) larining og‘irligi kabilar kiradi. Ularni o'lchash, sanash, tortish kabi usullar orqali o ‘rganilib, ularga miqdoriy baho beriladi. Shuning uchun ularni miqdor belgilar deb ataymiz. Organizmlar miqdor belgilari genetikasining barpo etilishi va rivojlanishi atoqli genetik olimlar N ilson-Ele (1908), A. Lang (1911), E.M . 1st (1910, 1916), G. M. Rasmussen (1933) va K. Mazer (1941) laming nomlari bilan bog‘liq.
Bu va boshqa olimlarning tadqiqotlari natijasida organizmlaming ba’zi sifat belgilarining va barcha miqdor belgilarning irsiylanishi va rivojlanishida polimer genlaming kumulativ roli katta ekanligi isbotlandi. Miqdor belgilar genetikasiga, ayniqsa, K.Mazer katta hissa qo‘shdi. U polimer irsiylanish nazariyasini ishlab chiqdi va miqdor belgilarning irsiylanishini tahlil qilishning samarali statistik metodlarini yaratdi. K.Mazer genetikaga «poligen» atamasini kiritdi. Shuning uchun miqdor belgilar genetikasida «poligen irsiyat» degan ibora keng ishlatila boshlandi. Poligenlarning har biri miqdor belgining rivojlanishiga nisbatan sust ta’sir ko‘rsatadi.
Ammo poligenlar tizimi jamlangan holda esa to‘liq fenotipik rivojlanish ro‘yobga chiqadi. M iqdor belgilarning rivojlanishiga genotipdan tashqari, muhit sharoitlari ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, poligen irsiyatning ham asosida irsiy birlik - genlar va ularning o‘zaro ta’si ridagi faoliyatlari yotadi. Miqdor o‘zgaruvchanlikni o‘rganish uchun statistik metodlar keng qo‘llaniladi. K.Mazer genetikaga asosiy genlar tushunchasini kiritdi. Uning fikricha asosiy genlar kuchli ta’sir qiluvchi irsiy omillar bo‘lib, u sifat belgilarining altemativ holatda rivojlanishini ta’min etadi. Keyinchalik bunday genlar «oligogenlar» deb ham atala boshlandi.
Poligenlar esa har qaysi biri alohida nisbatan sustroq kuchga ega bo‘lib, kumulativ (additiv) holatda faoliyat ko'rsatib miqdor belgilarning irsiylanishini ta’min etadi. Ota-ona organizmlarining polimer genlar bo‘yicha genotipining farqlanish darajasiga qarab, ulaming F2 duragay avlodida miqdor belgilar bo'yicha ajralish doirasi har xil bo'ladi.
Miqdor belgilar irsiylanishining yana bir muhim tomoni F2 dagi belgilar ajaralishidagi transgressiya hodisasining namoyon bo‘lishidir. Transgressiya ikki xil - ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Ikkinchi avlod 81 (F2) duragaylari ichidan ota-ona va qolgan F2 o'simliklariga nisbatan miqdor belgisi kuchliroq rivojlangan o ‘simliklaming ajralib chiqish hodisasi ijobiy transgressiya deb, ularga nisbatan miqdor belgilari kuchsizroq rivojlangan o‘simliklaming ajralib chiqishi esa salbiy transgressiya deb ataladi.



Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish