XULOSA…………………………………………………………….…
|
25
|
Foydalanilgan adabiyotlar......................................................
|
27
|
Ilovalar…………………………………………………………………
|
28
|
Kirish
Biz amal ga oshirayotgan islohatlarning asosiy maqsadi – bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdir.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
Barchamizga ma’lumki, respublikamizda ta'lim va tarbiya sohasidagi islohotlar bugungi dolzarb, ertangi taqdirmizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlar rejasining samarali taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutahassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liq. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamidanoq ma'naviyatimizni yuksaltirish, ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berilmoqda.
Mavzuning dolarbligi: Noallel genlarning o’zaro ta’sirida orqali yuz beradigan muammoli vaziyatlarni o‘rganish usullarini ochib beradigan mavzu bo'ldi. Mendelning izdoshlari o‘simlik va hayvon organizmlarining aksariyat belgilari ayrim genlarninggina emas, balki bir necha noallel genlarning ishtirokida irsiylanishini isbot etdi. Bu genlarning turli xilda o‘zaro ta’sir qilib, faoliyat ko‘rsatishlari kashf etildi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, genetik adabiyotlarda «belgilar irsiylanadi» degan ibora irsiy jarayonni obrazli, qisqa qilib bayon etish uchun ishlatilgan. Genetik tadqiqotlar, aslida belgilar emas, balki shu belgilarning rivojlanishini ta’min etuvchi genlar nasldan-naslga berilishini isbotladi. Yangi avlodga o‘tgan ota-ona genlari ontogenez davomida faoliyat ko‘rsatib, ularning har qaysisi ma’lum sifatga ega bo‘lgan oqsilning sintez qilinishini ta’min etadi. Akademik D.A.Musayev olib borilgan tadqiqotlar natijasiga suyangan holda umumiy genetika faniga birinchi bo‘lib noallel genlar o‘zaro ta’sirining yangi tipi – kombinirlangan tipni kiritdi. Bu tipning asosiy xususiyati shundaki, bitta belgining – chigit ustidagi tuklanishning irsiylanishida bir vaqtning o‘zida noallel genlar o‘zaro ta’sirining barcha tiplari – komplementariya, epistaz, polimeriya, asosiy va qo‘shimcha genlarning o‘zaro ta’siri kabilar ishtirok etadi. Bu dunyo fanidagi buyuk kashfiyotlardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |