4-Mavzu:Paleontropologik va etnografik ma’lumotlarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati (4 soat) Reja:
Antropologiya va etnologiya fanlari, ularning vazifalari.
O‘zbekistonning qadimgi odamlar yashagan hudud ekanligi (Selung‘ur, Teshiktosh, Samarqand topilmalari).
O‘rta Osiyodagi etnik guruhlar (so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetlar) to‘g‘risidagi dastlabki yozma ma’lumotlar.
O‘zbek xalqi to‘g‘risidagi etnografiyaga oid ilk ma’lumotlar.
O‘rta asrlar davri tarixi etnografik ma’lumotlari.
XIX-XX asrlar madaniyatini o‘rganishda etnografiya fanining roli.
Tayanch so‘z va iboralar: Antropologiya, qadimgi inson, qiyofa, mexnat quroli, ma’daniyat, o‘zbek, ulus, urug‘, qabila, Etnografiya, etnologiya, qang‘li – qipchoq. Nukus – mang‘it, san’at, etnik birlik, etnogenez, diplomatik missiya, antropologiya.
Adabiyotlar:
Nafasov T. O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati. T.,1988.
Alimov I., Ergashev F., Butaev A. Arxivshunoslik. - T1997.
Rustamov M. O‘zbek etnografiyasi. — T., 1990.
Xujaev T. Qadimgi ajdodlarimiz qiyofasi. — T., 1992.
Xujaev T. Xujaeva G. O‘zbek xalqining antropologiyasi vaetnik tarixi. — T., 1995.
Sagdullaev A.S. Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda.T., 1996.
Sagdullaev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. T., 2002.
Suleymanov R.X. Drevniy Naxshab. T., 2000.
Z.Choriev, T.Annaeva boshqalar. Al-Hakim At- Termiziy. 2008 y.
Tarixiy o‘lkashunoslik. O‘quv-uslubiy majmua. Universtitet. 2011.
1. Antropologiya va etnologiya fanlari, ularning vazifalari. Xalqlarning kelib chiqishi, turli hududlarda joylashishi, ularning o‘ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyati, xalqlarning bir-biri bilan tarixiy-madaniy munosabati, turmush tarzi va taraqqiyotini etnografiya, etnogenez va etnik tarix fani o‘rganadi.
Etnologiya yunoncha so‘z bo‘lib, «Etnos» - xalq, «logos» - fan, ya’ni «Xalqlarni o‘rganuvchi fan» yoki «Xalqshunoslik», umumlashtirilganda esa, xalqlarning turmush tarzi va madaniyatini o‘rganuvchi fan degan ma’noni anglatadi.
Ba’zi mamlakatlarda shu ma’noda «Etnologiya» atamasi bilan bir qatorda «Madaniy antropologiya» va «Xalqshunoslik» nomlari ham uchraydi. Etnografiya so‘zi ham lotin tilidan olingan bo‘lib, «Etnos»-xalq, «stafos»-ta’rif degan ma’noni anglatadi.
Ayrim xorijiy olimlar etnografiyani ta’riflovchi fan, etnologiyani esa nazariy fan, deb izohlashga urinadilar. Yaqinda rus etnografiyasi ham etnologiya nomiga almashtirildi. Shuning uchun hozirgacha etnografiya fanining yakdillik bilan qabul qilingan ta’rifi yo‘q. Shunday bo‘lsada shubhasiz, bu fan jahondagi barcha xalqlarni, katta-kichikligi, irqi, ijtimoiy tuzimi, qaloq, yoki rivojlangan bo‘lishidan qat’iy nazar teng, bab-baravar o‘rganuvchi muhim tarixiy ilm sohasi hisoblanadi. Etnologiya dastlab yuqorida ta’kidlanganidek, hozirgi etnoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, mashg‘uloti, madaniy-tarixiy munosabatlari, moddiy va maishiy turmushi, ma’naviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bog‘liq holda o‘rganadi.
Etnografiya – dunyo xalqlari madaniyatini maishiy hayotini kelib chiqishi va madaniyati tarixini, o‘zaro aloqa va munosabatlarini o‘zgartiruvchi tarixiy fandir.
Xalq va elatlar dastlab quldorlik tuzumi davrida kelib chiqib, tili yaqin bo‘lgan bir necha qabilalarning birikishi, bosqinchilik yurishlari tufayli aralashib ketishi, bir joydan ikkkinchi joyga ko‘chishi natijasida shakllana boshlagan. Odatda xalqlar iqtisodiy sotsial va madaniy jihatlardan eng kuchli va rivojlangan ko‘p sonli etnoslar doirasida muayyan iqtisodiy-hududiy va til umumiyligi negizida paydo bo‘ldi.
Etnografik bilimlar ham asrlar davomida to‘planib kelgan nihoyatda boy ma’lumotlarni o‘zlashtirib, muayyan xulosalar va nazariyalar, dunyoqarashlar sistemasi va yo‘nalishlar xosil qildi. Natijada XIX asr o‘rtalariga kelib mustaqil fan sohasi-etnografiya tug‘ilishiga zarur shart-sharoitlar yaratilgan edi.
XIX asrning 60-70 yillarda yangi fan-etnografiya bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan turli jamiyatlar va jurnallar bilan bir qatorda har xil kasbdagi kishilar tomonidan yaratilgan ajoyib tadqiqotlar etnografiya ilm sohasi ekanligini to‘liq tasdiqladi.
Atoqli tadqiqotchilardan germaniyalik Adolf Bastion, Geodor Vayts, Yulius Lippert, angliyalik
Djon Fergyusson, Mak Lennan, Jon Lebbok, Edurad Teylor, fransuz Sharl Leterpo, amerikalik Lyus Genri Margon kabilarning ko‘p tomlik asarlari etnografiya fani qonuniy ravishda tug‘ilganligini isbotlovchi dalillar edi.
Etnografiya terminini dastlab, XVII asr boshlarida nemis yozuvchisi Iogan Zummer ishlatgan, keyin XVIII asr oxirlarida va 1808 yilda maxsus jurnallar shu nom bilan chiqa boshladi. Etnografiya so‘zi mashhur fransuz tabiatshunosi va fizik olimi Jon-Jak Amper tomonidan 1830 yilda taklif qilingan edi. Rossiyada «etnografiya» termini dastlab XIX asr boshlaridan boshlanib qo‘llana boshlagan, keyin rasmiy ravishda yangi fan deb topilgan. Buni mashhur rus geografiya jamiyatining etnografiya bo‘limi ochilishi tasdiqlaydi.
Etnografiya fani tarixiy fanlar ayniqsa, arxeologiya, antropologiya, geografiya va lingvistika bilan bevosita bog‘liqdir. Bundan tashqari u yozma manbalar, geografik hujjatlar, moddiy va ma’naviy materiallardan ham foydalanadi. Mana shu xususiyatlari bilan etnografiya boshqa fanlardan farq qiladi.
Inson aql zakovati va hulqi bilan yaratilgan hamma narsa madaniyat etnografiyasidir. Madaniyat o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi:
Moddiy madaniyat.
Ma’naviy madaniyat.
Etnografiya fani faqat moddiy madaniyat bilan ma’naviy madaniyat o‘rtasidagi asosiy farqlarinigina o‘rganib qolmay, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik, umumiy qonuniyatlarni ham o‘rganadi.
Bu qonuniyatlarni tadqiq qilish esa, insoniyatning umumiy tarixiy taraqqiyoti qonunlarini bilish imkoniyatini beradi. Etnograflar oldida turgan keng va hilma xil masalalar etnografiya fanini boshqa yaqin fan sohalari bilan uzviy bog‘labgina qolmay, uning o‘zini ham bir qator ihtisosliklarga bo‘lib yuboradi:
Xo‘jalik va texnika tarixi;
Xalq me’morchiligi va tasviriy san’at;
Urf-odatlar va marosimlar;
Etnik oilaviy tuzum;
Kiyim-kechak va uy ro‘zg‘or;
Ijtimoiy va maishiy turmush ixtisoslari va hokazolar.
O‘lka tarixini o‘rganishda antropologiyaning o‘rni beqiyosdir. Antropologiya - odamning kelib chiqishi va evolyusiyasi, odamzod irqlarining paydo bo‘lishi, odamning tana tuzilishidagi normal farqtafovut, o‘zgaruvchanlik haqidagi fan. Antropologiya ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir.
Antropologiyaga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bo‘lganiga qaramay, u fan sifatida faqat XIX asrning 2-yarmidan shakllana boshladi. Antropologiyaning muhim sohasi - odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga ta’sir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarni o‘rganadigan bo‘limi - «Odam biologiyasi» degam umumiy nom bilan XX asrning o‘rtalaridan boshlab rivojlandi. Odamning paydo bo‘lishida faqat tabiat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Odam paydo bo‘lgandan hozirgi holatigacha uning butun hayoti ijtimoiy jamiyatning rivojlanish qonuniyati bilan chambarchas bog‘langan. Antropologiyaning fan bo‘lib rivojlanishida tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlar ijobiy rol o‘ynadi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytganda, antropologiya quyida-gi uchta katta bo‘limdan iborat: 1) odam morfologiyasi; 2) antropogenez; 3) irqshunoslik (etnik antropologiya.). Morfologiya odamning jismoniy tuzilishidagi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o‘zgarishini tushun-tirib beradi. Irqshunoslik odamzod irqlarining kelib chiqish davri va sa-bablarini, ularning Yer yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammo-larini yechishga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Antropologiya o‘zining turlicha tekshirish usullariga (antropometriya, osteometriya, kraniometriya) va ko‘p xil asboblariga ega. Antropologiya biologiya fanining faqat nazariy sohasi bo‘libgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan ko‘p sohalarda, jumladan tibbiyotning har xil sohalarida (masalan, odamning jismoniy o‘sishini o‘rganishda), shuningdek, sud ekspertizasida foydalaniladi.
Turkiston o‘zining geografik o‘rniga ko‘ra uzoq o‘tmishda murakkab irqiy va etnik jarayonlarni boshidan kechirgan, shuningdek qo‘shni xalqlarning ham tarixiy taqdirlarini belgilab berishda katta rol o‘ynagan. Bu o‘lka, xususan O‘zbekiston xalqlarini antropologik jihatdan o‘rganish 20-yillarda rivojlandi. Bu ishda O‘rta Osiyo davlat universiteti antropologiya kafedrasi asoschisi va doimiy rahbari L.V. Oshaninning xizmati katta bo‘ldi. Uning rahbarligida Turkiston bo‘ylab 29 ta antropologik ekspeditsiyalar uyushtirildi. L.V. Oshanin va uning shogirdlari (V.Ya. Zezenkova, Q.N. Najimov)ning sa’y-harakatlari natijasida Turkiston antropologik jihatidan 3 viloyatga ajratildi. Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yashovchi o‘zbeklar va tojiklar yer yuzidagi mavjud uch irqning (yevropeoid, negroid va mongoloid) biri - yevropeoid irqining «O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi»ga mansub deb topildi. Moskvalik antropolog A.I. Yarxo bu irqni «Pomir-Farg‘ona tipi» deb atadi. Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur va Surxondaryodagi Teshiktosh g‘orlaridan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari tufayli O‘zbekiston Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, hozirgi zamon odamlarining paydo bo‘lishi jarayoni yuz bergan hududlar tarkibiga kiritildi va bu xulosa fanda uzil-kesil isbotlangan.
Sopollitepadan topilgan jez davri odamlari bosh suyaklarining rekonstruksiyasi (T. Xo‘jayov) yaqingacha yagona fikr yo‘q edi. Bir guruh olimlar bu irqiy tip bundan 6 - 8 ming yil ilgari shakllandi desa, boshqa bir guruh mutaxassislar bu voqea bundan 3 ming yil ilgari sodir bo‘ldi deyishdi. Uchinchi guruh olimlari esa uni XVI acrda shakllandi deb hisoblar edilar. O‘zbek antropologlari (T. Xo‘jayov)ning uzoq yillik izlanishlari natijasida, juda boy antropologik materiallar asosida bu tip bundan 2200 - 2300 yil ilgari shakllana boshlaganligini isbotladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |