O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TAXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER INJINERING FAKULTETI
AXBOROT TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu : “Takrorlanuvchi algoritmlarni dasturlash, for operatori mavzunisi o‘qitish metodikasi”
BAJARDI : USMONOV.M.M
RAHBAR : ABDULLAYEV.B
Andijon - 2021
Mundarija :
Kirish 2
O‘qitishning intеraktiv uslublari 6
“Baliq skeleti” texnologiyasi 17
Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib boriladi. Masalan, yo‘l harakati darslarida “Yo‘l qoidalari” mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?” muammosi qo‘yilsa, bolalar o‘z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar. 17
Darsning texnologik xaritasi 18
Python dasturlash tilida for operatorini ishlatilishi 22
for BILAN TANISHAMIZ 22
for QANDAY ISHLAYDI 23
for YORDAMIDA SONLI RO‘YXATLAR BILAN ISHLASH 26
for va input() 27
Xulosa 29
Foydalanilgan Adabiyotlar 30
Kirish
Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan izchil siyosat natijasidagi rivojlanish ta‘lim tizimida ham o`qitishning yangi shakllarni joriy etishni taqoza etmoqda. Shu sababli, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta‘lim tizimini yuqori sifat darajasida tashkil etish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, har bir mamlakatning dunyodagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy mavqeini, uning iqtisodiy o`sishda asosiy omili bo`lib borayotgan intellektual boyligi ta‘minlamoqda. Bu borada mustaqillik yillarida mamlakatimizda qator tadbirlar amalga oshirildi. Shunindek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida» PQ-1730 sonli qarori, 2012 yil 1 fevraldagi “Joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish choratadbirlari togrisida”gi qarorlari Respublikamizda axborot-kommunikasiya texnologiyalari taraqqiyotida, bu sohadagi amaliy-ilmiy va fundamental tadqiqotlarni rivojlantirishida yana bir muhim bosqich bolib qoladi [1]. Prezidentimiz I.Karimov XXI asrni manaviy-marifat asri, ilm-fan madaniyat va axborotlar asri deb tariflar ekan, bu bilan hozirgi davrning muhim belgisi va xususiyatini ham belgilab berganini payqab olish qiyin emas. Ozbekistonda talim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri bu talim jarayoniga zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bilan bogliq bolib, respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov bu masalada “… bugun hayotimizga chuqur kirib borayotgan Internet tizimini keng joriy etish, yoshlarimizni Ozbekistonning qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, bu borada ozbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo etiborimiz markazida turishi lozim”ligini takidlaydi [1]. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy — iqtisodiy inqirozi sharoiti iqtisodiy islohotlarni yanada chuqrlashtirish, iqtisodiy rivojlanishning innovasion yoli juda dolzarb ekanligini isbotlab berdi. Bu borada Prezidentimizning “Jahon moliyaviy — iqtisodiy inqirozi, Ozbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yollari va choralari” kitobida ham quyidagi fikrlari keltirilgan: “… innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish - Ozbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yolidir”. Buning uchun avvalom bor tinchlik va barqarorlik muhimdir. [1].
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini amalga oshirish hamda yosh avlodni yuqori saviyada tarbiyalashni taminlash maqsadida milliy qadriyatlar singdirilgan fanlar boyicha elektron oquv-uslubiy majmualar yaratish davlat ahamiyatiga ega bolgan masalalar qatoriga qiradi. Bugungi kunda ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalari keng joriy etilgan jamiyatda barcha fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, talim oluvchilar oldiga ularni tez va sifatli egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilimlarni egallash vazifasini qoymoqda. Shuning uchun milliy istiqlol goyasiga sodiq, yetarli intellektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalasi elektron oquv-uslubiy majmualarining yangi avlodini yaratishni talab qilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli talablariga mos keladigan hamda Davlat talim standartlari asosida ishlab chiqilgan «Uzluksiz talim tizimi uchun oquv adabiyotlari yangi avlodini yaratish konsepsiyasi»ning asosiy vazifalaridan biri sifatida elektron oquv-uslubiy majmualarining yaratish uchun ilmiy-goyaviy, psixologik-pedagogik va metodik talablarni ishlab chiqish, elektron oquvmetodik majmualaridan togri va rasional foydalanish maqsadida ularning mavjud shakllari va turlariga aniq tariflar berish hamda mamlakat miqyosida zamonaviy elektron oquv-metodik majmualarni tayyorlash boyicha strategik masalalar kolamini aniqlash belgilangan.
Jamiyat rivojining yangi shart-sharoitlari axborotlashgan jamiyat talablariga
javob beruvchi zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan foydalanib, yangi
mutaxassislarni tayyorlashni vazifa qilib qo`ymoqda. Axborot texnologiyalarini
hayotimizning turli jabhalariga keng va jadal kirib borishi axborotlashgan
jamiyatni shakllantirishga zamin yaratmoqda. ―Elektron ta‘lim, ―Elektron
hukumat, ―Elektron boshqaruv―Masofaviy ta‘lim, ―Ochiq ta‘lim.
Hozirgi kunda turli sohalarda masofali o`qitishga turlicha munosabat
kuzatilmoqda. O‘zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay intellektual imkoniyat va axborot zaxiralariga ega. Fanlar Akademiyasi, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta'minoti, axborot tizimlari bo‘yicha malakali xodimlar ishlamoqda.
Inson hayoti davomida katta kichik vazifalar va masalalarni hal qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qoyadi. Odatda u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo‘lgan amal yoki ishlarni hayotiy tajribasi yoki o‘zlashtirgan bilimiga asoslanib ma’lum bir tartibga keltiradi. Ma’lum maqsadga erishishga olib boradigan amallarni ketma ket bajarish informatikada algoritm deb ataladi. Sizlar bilan bu sarlovhamizda algoritmning turiga mansub takrorlanuvchi algoritm haqida suhbatlashamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |