KIRISh
“Populyatsiyalar ekologiyasi” fani botanika fanlari sistemasiga kiruvchi tanlov fan bo‘lib, u
O‘zbekiston o‘simlik
olamining jamoalari, ularning tuzilishi, tarkibi va xilma xilligi haqida
fandir. “Populyatsiyalar ekologiyasi” fanini o‘qitishdan maqsad respublikamiz florasi va
faunasining tarkibi (muxim oila, turkumi va turlari), o‘simlik va
xayvonot dunyosi jamoalari
(fitotsenoz va zoosenoz), ularni turli yo‘nalishlarida tarqalishi, zahiralariulardan foydlanishning
hozirgi xolati, tiplari, formatsiyalarining tarqalish qonuniyatilarini talabalarga o‘rgatish, ulardan
mustaqil tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha ko‘nikmalar xosil qilishni vazifa qilib qo‘ygan.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishda nazariy, amaliy va strategik maqsadlar qo‘yiladi.
Nazariy maqsadning yechilishida quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
-Ekologiyaga ekosistemali va populyatsion yondashish nazariyasini ishlab chiqish;
-Populyatsiya tushunchasiga turli qarashlarni o‘rganish;
-Populyatsiya strukturasi, statik va dinamik ko‘rsatkichlarni o‘rganish;
-Populyatsiyada avlod yaratish tezligini hisoblash;
-Populyatsiya o‘sishining ekspotensial va logestik modellarini aniqlash;
Fanning strategik maqsadi aholida ekologik dunyoqarashni va madaniyatni shakillantirish.
Fan bo‘yicha
talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar:
Populyatsiyalar ekologiyasi fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar
doirasida magistr:
-Hozirgi zamon ekologiyasining o‘ziga xos tomonlari va muammolari. Ekosistemali
yondashish, populyatsiyali yondashish, strukturali va funksional yondashish,
populyatsiyani
o‘rganish xususiyatlari.
-Populyatsiya tushunchasiga turli qarashlar. Populyatsiyaga genetik va ekologik qarashlar.
Hozirgi kunda populyatsiya ta’rifi.
-Populyatsiyaning joyida-taqsimlanish turlari: tasodifiy, bir tekis va nuqtali taqsimlanish,
organizmlar taqsimlanishni tutib turuvchi mexanizmlar. Hayvon populyatsiyasida maydonga oid
munosabatlar. Shaxsiy maydon tushunchasi.
Qo‘yilgan vazifalar o‘quv jarayonida bakalavrlarning ma’ruza va laboratoriya
mashg‘ulotlarida, internet ma’lumotlari bilan mustaqil ishlash va o‘qituvchi kuzatuvida mustaqil
ta’lim olishi bilan amalga oshadi.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
va uslubiy jixatdan
uzviy ketma- ketligi.
Fanni o‘rganishda botanika, zoologiya, genetika, fitosenologiya,
biotexnologiya,
matematika, ekologiya, fizika, kimyo, informatsion texnologiyalar fanlaridan olingan bilimlarga
tayaniladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni.
«Populyatsiyalar ekologiyasi» faniga faoliyat turidan qat’iy nazar ishlab chiqarishning har
bir sohasi, yani ta’lim-tarbiya, hayvonot va o‘simlik olamini muhofaza qilish, ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarining barchasi uchun eng muxim va zarur bo‘lgan ustivor hamda amal darajasida
qaralmog‘i kerak. Bundan tashqari ushbu fanni o’rganish jarayonida aholi sonining ortib
borishini oldindan bashorat qilish, populyatsiya sonining turg‘unligi va uning kelajakda mavjud
bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo’lish hamda ulardan ishlab chiqarishda, chorvachilikda,
dehqonchilikda oldindan xisob-kitob qilish, yani bashorat qilishda foydalanish mumkin.
Fanni o‘qitishda yangi infarmatsion- pedagogik texnologiyalar.
Fanni o‘qitish jarayonida talabalarga «Populyatsiyalar ekologiyasi»
ning dolzarb
masalalari bo‘yicha ochiq va muammoli ma’ruzalar o‘tkazish, savol-javob orqali nazarat ishlari,
test topshiriklari o‘tkazish lozim. Hozirgi zamon ekologiyasining o‘ziga xos muammolarini
o‘rganish, populyatsiyada tug‘ilish va o‘lim, bundan tashqari immigratsiya va emigratsiyani
o‘rganish, populyatsiyaning kelajakda mavjud bo‘lishini bashorat qilish, populyatsiyani o‘sish
tezligini aniqlash usullarini o‘rganish maqsadga muvofiq foydalanishi
hakidagi axborotlarni
komp’yuterda ishlash, o‘quv fil’mlaridan foydalanish; turli hayvon va o‘simlik
populyatsiyalarini o‘rganish uchun ekskursiya tashkil qilish va ular to‘g‘risida har bir talabaning
fikrini tinglash. Interfaol usullardan foydalanish «Populyatsiyalar ekologiyasi» fanidan bilimlarni
chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi.
Dasturdagi mavzularni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning “Keys-stadi”,
“Aqliy xujum”, “Klaster”, “Bumerang”, “Munozarali dars» kabi uslublaridan foydalaniladi,
shuningdek,
mavzularga oid slaydlar, multimediya namoyishidan foydalanish ko‘zda tutiladi.
“Populyatsiyalar ekologiyasi” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual
yondoshuvlardan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: