populyasiyalarda turli hayot bosqichlari va ko’payishi muddatlari yilning ma’lum
mavsumlariga to’g’ri keladi.
Bir vaqtning o’zida turli avlodlari mavjud bo’ladigan
turlarda populyasiya yosh
tuzilmasi murakkabroq bo’ladi. Masalan, may qo’ng’izi lichinkalari populyasiyasida 4 ta avlod
individlari majvud bo’ladi.
Yuksak hayvonlarda ko’p marta ko’payish va yetuk individlarning uzoq vaqt yashashi
natijasida populyasiyaning yosh tuzilmasi yanada murakkabroq bo’ladi. Bunday populyasiyalar
nisbatan doimiy bo’ladi. Ekspluatasiya qilinadigan tabiiy populyasiyalarning
yosh tuzilmasini
aniqlash juda muhim ahamiyatga ega. Tiklanish imkoniyatlari keng bo’lgan populyasiyalardan
soniga zarar yetkazmasdan ko’proq foydalanish mumkin.
Populyasiyalar yosh tuzilmasini taxlil kilish natijasida uning kelgusidagi sonini bashorat
qilishi mumkin. Bunday tahlil, ayniqsa baliqchilikda keng qo’llaniladi.
Populyasiyaning jins tuzilmasi deganda populyasiyadagi
turli jinsga mansub
organizmlarning, ya’ni erkak va urg’ochi individlar nisbati tushuniladi. Ko’pchilik turlarda
individlar jinsi urug’lanish jarayonida jinsiy xromosomalar kombinasiyasi bilan aniqlanadi. Bu
jarayon zigotalar jinsining teng nisbatini ta’minlaydi. Lekin bunday nisbat umuman populyasiya
uchun xos deyish to’g’ri emas. Erkak va urg’ochi individlar fiziologiyasi, ekologiyasi va xulq-
atvori bilan bir-biridan farq qiladi. Natijada turli jinsdagi individlarning
yashab qolish
imkoniyatlari turlicha bo’ladi, binobarin, jinslar nisbati ham o’zgarishi mumkin.
Ba’zi organizmlarda urg’ochi va erkak jinslar o’rtasidagi
ekologik va xulq atvori
jihatidan farq kuchli ifodalangan bo’ladi. Masalan, chivinlarning urg’ochisi qon so’rib oziqlansa,
erkagi yetuk davrida oziqlanmaydi, yoki ba’zi turlari nektar bilan oziqlanadi. Urg’ochi va erkak
organizmlar bir-biridan ko’pchilik fiziologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, o’sish
tezligi, jinsiy yetilish vaqti, ochlikka va harorat o’zgarishiga chidamliligi va hokazo. Albatta,
populyasiyaning jins strukturasi populyasiyada turli jinslar mavjud bo’lganda mavjud bo’ladi.
Germofrodit va partonegenetik formalar haqida gapirganda jins
strukturasi mavjud emasday
tuyuladi. Lekin germofrodit organizmlarda ham o’ziga xos jinsiy jarayon kuzatiladi.
Partenogenetik formalarning kupchilik populyasiyalarida erkak organizmlar uchrab turadi.
Shuning uchun populyasiyaning jins strukturasi ko’pchilik turlar uchun universal xususiyat
bo’lib xizmat qiladi.
Hayvon populyasiyasi yosh tuzilmasini hasharotlarda o’rganish ancha qulay. Hasharotlar
to’liqsiz va to’liq o’zgarish orqali rivojlanadi. To’liqsiz o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar
uch rivojlanish davrini (tuxum, lichinka va yetuk) o’tkazadi. Bunday hasharotlarning lichinkalari
tashqi ko’rinishi bilan yetuk davriga o’xshaydi, ammo ular kichikligi va qanotlarining taraqqiy
etmaganligi, tana bo’g’imlari miqdorining kamligi va boshqa bir qator belgilari bilan farqlanadi.
Lichinka katta bo’lgan sari qanot paydo bo’lib,
tanasi yiriklashadi, bo’g’imlarining miqdori
ortib, umumiy gavda ko’rinishi borgan sari yetuk individga o’xshab boradi. To’liqsiz o’zgarish
bilan rivojlanuvchi
hasharotlarga chigirtkalar, qandalalar, suvaraklar
va shira bitlari misol
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: