Mustaqil ish Ekologik populyasiya va tizimlarni tirik organizlar misolida



Download 89,39 Kb.
bet1/6
Sana31.05.2023
Hajmi89,39 Kb.
#946935
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Ekologik popu


Mustaqil ish
Ekologik populyasiya va tizimlarni tirik organizlar misolida
Xalikova Muslimabonu

Reja:

  1. Populyasiyalar taʻrifi

  2. Populyasiyalar klassifikasiyasi

  3. Populyatsiyaning fazoviy strukturasi.

  4. Populyatsiya gomeostazi.

Populyasiya deganda, bir turga kiruvchi, o'zi ko'payuvchi, maʻlum maydonda tarqalgan va bir-biri bilan o'zaro bog'langan guruh tushuniladi. “Populyasiya” so'zi lotincha “populyus” so'zidan olingan bo'lib, “xalq”, “aholi” degan maʻnoni anglatadi.


Areal – maʻlum bir populyasiya va turning butun umri davomida yashaydigan joyiga yoki bo'shliq maydonga aytiladi. Areallar tarqalishi va hajmiga qarab, yaxlit va bo'laklarga bo'lingan bo'lishi mumkin, albatta, maʻlum geografik to'siqlar, bo'shliqlar taʻsirida maʻlum tur rivojlana olmasligi mumkin.
Tur – bu har xil xususiyatlarga hamda irsiy o'xshashliklarga ega bo'lgan maʻlum bir guruh bo'lib, ular urug'lanish yordamida mahsuldor avlod beruvchi, maʻlum bir hududda yashashga va tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan individlar guruhidir.
Biz bilamizki, ekosisitemalarning aniq belgisi, xususiyatini tа’riflab bo‘lmaydi, lekin u bir joyda yashovchi har xil organizmlarning hamda muhitning tabiiy va kimyoviy komponentlari ishtirokida ozaro aloqasi tufayli yashash uchun sharoit yaratiladigan tizim (sistema) deb tushuniladi.
Ekosistemada produtsentlar (osimliklar) konsumentlar (hayvonlar), redutsentlar (bakteriya, zamburuglar) kabi barcha organizmlar majmuasi uglerod va barcha biogen elementlarni tabiatda butunlay aylanishini tа’minlaydi.
Tabiatda moddalar aylanishining har bir halqasini mа’lum bir individlar majmuasi amalga oshiradi. Biz yuqorida qayd etgan uchala guruh ham o‘ziga xos bir qancha jamoalardan tashkil topgan yoki sistematika bo‘yicha oladigan bolsak, hozirgi kunda yer yuzida 2 mln. tur tirik organizmlar bolsa (osimliklar 500000, hayvonlar 1500000) ularni eng kamida shuncha populyatsiyasi mavjud hamdir.
Shu nuqtai nazardan qaraydigan bolsak, 1 ekosistemada 100 lab hatto bir necha ming turlar kiradi. Demak, bu shuncha populyatsiya demakdir. Agar biz ekosistemaga populyatsion yondoshadigan bolsak, har bir populyatsiya ekosistemada oziga xos ahamiyatga ega. Masalan: xojalik ahamiyatga molik turlar, zararkunandalar, kasallik tarqatuvchilar, parazitlar va hokazolar.
Populyatsiya - bu mа’lum territoriyada yashovchi, bir turga mansub individlarning o‘zaro aloqasi va birgalikda yashashiga aytiladi. «Populyatsiya» terminining mohiyati haqida munozara hanuzgacha davom etib kelmoqda. Bu munozaralarning bir qancha sabablari bor.
1.Populyatsiya tadqiqot obekti sifatida faqat ekologlarni qiziqtirib qolmasdan, genetika, mikroevolyutsiya boyicha mutaxassislarni va boshqalarni ham qiziqtiradi.
2.Populyatsiya murakkab ierarxik strukturaga ega, tabiiy holatda mayda birliklar, mikropopulyatsiya, oila va hokazolardan iborat.
Tirik materiya (hayot)ning asosan oltita shakllanish darajasi bolib, ular quyidagi iyerarxik qatorlarni hosil qiladi. Molecular, hujayraviy, organizm, populyatsiya, ekosistemali va biosferali (ekosferali) darajalardir. Yuqorida bayon etilgan tirik organizm sistemalari xususiyatlarining negizida (asosida) hujayra yotadi. Olik tabiat tarkibida mavjud bolgan barcha kimyoviy elementlar tirik organizmlar tarkibida ham boladi. Biroq tirik organizmlar tarkibida uchraydigan barcha elementlarning deyarli 99 % ni uglerod, kislorod, vodorod, azot, oltingugurt va fosforlar tashkil etadi. Bu elementlar biogen elementlar deb ataladi. Ularning birikmalari bir necha onlab tabiiy biomonomerlar (amonokislotalar, nukleotidlar, yog kislotalari, qand moddalari) va boshqa xil organik moddalar turlarini hosil qilardilarki, ularning har tusdagi nisbatlari turli xil biopolimerlarni hosil qiladilar.
Tabiatda turli xil juda koplab miqdorda tirik organizmlar bolib, hozirgi kunda ularning ikki milliondan ortiq turlari mavjud. Bazi bir malumotlarga qaraganda (T.A.Akimova, V.V.Xaskin, 1998) planetamizdagi turlarning miqdori 5-30 mln.gacha borar ekan.
Bundan tashqari, organizmlarning katta-kichikligi ham muhim ahamiyatga ega. Yer yuzida yashovchi organizmlarning hajmi (katta-kichikligi) diopozoni katta bolib, mikroskopik kichik tuzilishga ega bolgan mikroplazmalardan tortib (10-13g), eng gigant tuzilishga ega bolgan (hajmi 1000 t keladigan) Kaliforniya sekvoyiga oxshash osimliklar mavjud, hattoki sut emizuvchilar sinfiga kiruvchi hayvonlar orasida turli xil hajmdagi vakillari boladi. Chunonchi, karlik belozubkaning umumiy massasi (ogirligi) 1-1,5 g bolsa shu sinfga kiruvchi kok kitlarning ogirligi 100-150 t ni tashkil etadi yoki birinchisidan million marta vazni ogirroqdir. Bu farqlar turli xil organizmlarning ekologik muhitga moslashish belgilarini bildiradi va evolyutsiya uchun juda muhim bolgan irsiy ozgaruvchanlik imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Populyatsiya (yunoncha-populus xalq, aholi manosidan olingan) bu uzoq muddat davrida muayyan bir hududda yashaydigan yoki osadigan bir turga mansub individlar yigiindisidir. Populyatsiyaning biologik xususiyatlardan biri bir populyaysiyaga oid individlar boshqa populyatsiya individlariga qaraganda erkin chatisha oladilar. Demak, populyatsiyaning asosiy xususiyati uning genetik birligidadir. Shuningdek, populyatsiya individlariga genetik geterogenlik ham xos bolib, bu xususiyat ularning har xil sharoitga moslanishlarni belgilaydi va evolyutsiya uchun juda muhim bolgan irsiy ozgaruvchanlik imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Populyatsiya atamasining 1903-yilda V.Iogansen tomonidan bir turga mansub, genetik bir xil xususiyatga ega bolmagan individlar yigindisini tushuntirishda keltirilgan edi. Demak, populyatsiya deganda bir turga oid bir-birlari bilan doimo boglangan organizmlar yigindisi etiborga olinadi. Chunonchi, qaragaylar populyatsiya deganda ormonda uchraydigan qaragay turiga mansub barcha individlar yigindisi etiborga olinadi yoki otloqlarda qoqi oti populyatsiyasi, Ozbekistonning shuvoq, barra otli yaylovlardagi shuvoqlar populyatsiyasi, qumli chollardagi oq saksovullar, izenlar, qandimlar populyatsiyalari, kollardagi baqalar populyatsiyasi, dalalardagi chigirtkalar populyatsiyasi, kishi organizmida tif yoki sil kasalliklarini tugdiruvchi bakteriyalar populyatsiyasi yoki shaharlarda odamlar populyatsiyasi ana shu tushunchalarga misol bola oladi.
Xonaki hayvonlarning alohida guruhlari (zotlar, podalar) va osimliklarning madaniy guruhlari (navlari, liniyalari, klonlari va boshqalari) ham populyatsiya atamasi bilan ifodalanadi.
Gistologiya, meditsina va mikrobiologiyada kop hujayrali organizmlar toqimasidagi bir xil tuzilishga ega bolgan hujayralar populyatsiya deb ataladi. Etnograf populyatsiya deganda oz ichida koproq qiz olish-berish qiladigan odamlar jamoasini tushuniladi. U yoki bu populyatsiyaning tarqalish chegarasini ayrim omillar cheklab turishi mumkin. Chunonchi, suvda yashaydigan populyatsiyalarning keng tarqalishiga quruqlik yoki quruqlikda yashovchi hayvon va osimliklar populyatsiyasining tarqalishuga iqlim (sovuq, issiqlik, namlik) yoki toglar tosqinlik qilishi mumkin.

2. Populyasiyalar klassifikasiyasi


Populyasiyani klassifikatsiyalashda turlicha prinsiplarga amal qilinadi. Masalan, prof. N.P. Naumov sutemizuvchi hayvonlar misolida, populyasiyani guruhlashda biotopik tomondan yondoshadi. Bir xil jogrofik sharoitda uchraydigan tur vakillari malum bir jogrofik populyasiyalarga birlashtiriladi. Ular iqlimga va landshaftga bir xil moslashadi. Turli sodda tuzilishga ega bolgan populyasiyalar elementlari ekologik populyasiyalarga ajratiladi. Populyasiya kichik bolgani sayin, ular qoshni populyasiyalar bilan yaqindan boglangan boladi.
Populyasiyaning makonda tarqalishini prof. N. P. Naumov qu- yidagilarga boladi: elementar (boshlangich, sodda), ekologik va jogrofik populyasiyalar.
Elementar populyasiya bu uncha katta bolmagan, bir xil joyda uchraydigan tur vakillarining yigindisi. Agar biogeotsenoz ichida yashash sharoiti har xil bolsa, populyasiyalarning soni kop boladi, tur kop sonli populyasiyalar hosil qiladi. Bir xil sharoitda bunday holat kam kuzatiladi.
Ekologik populyasiya sodda, elementar populyasiyalar yigindisidan hosil boladi. Ular malum biogeotsenozda tur ichidagi guruhlardan yuzaga keladi. Masalan, olmaxon har xil ormon tiplarida uchraydi. Shuning uchun ham olmaxonni «qaragay», «qoraqaragay», «oqqaragay» kabi populyasiyalari uchraydi. Lekin, bu populyasiyalar bir-biridan keskin chegaralanmaydi, ular ortasida genetik axborot tez-tez otib turadi.
Jogrofik populyasiya ekologik populyasiyalarni oz ichiga oladi va bir xil jogrofik sharoitda, xududda uchraydi. Lekin jogrofik populyasiyalar yetarli darajada bir-biridan chegaralangan bolib, katta-kichiklik, kopayishi, ekologik moslanishlari, fiziologik va xulqiy xususiyatlari bilan farqlanadi. Bunga Enisey orti taygasida va Belorussiya ormonlarida uchraydigan olmaxon xamda tundra ingichka boshli yoki Ozbekistan dala sichqonlari populyasiyalarini misol qilib olish mumkin.
Hayotiy shakllar.
Osimliklarning barcha turi, paydo bolishi bilanoq, agar ular ayni hudud uchun xos bolgan ekologik faktorlar kompleksiga moslasha olgan bolsagina yashab ketgan va kopaygan. Osimliklar muayyan sharoitda bir necha turkumi yashab otgan uzoq davr davomida yashab, ekologik muhitning aniq sharoitiga moslashgan formalarni hosil qilgan. Osimliklarning muayyan morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlarga ega bolgan va bu xususiyatlarni irsiy mustahkamlagan bunday formalari hayotiy yoki ekologik formalar deb ataladi.
Osimliklar hayotiy formasining turli klassifikatsiya va sxemalari bor. Lekin ularning hammasi qandaydir birorta belgiga asoslanib tuzilganligidan bir tomonlamadir, shuning uchun ularni qabul qilish mumkin emas. Osimliklar hayotiy formalarining daniyalik olim botanik Raunkiyer tomonidan taklif qilingan sistemasi botanikaga doir adabiyotlarda eng kop tilga olingan. Raunkiyer ozining klassifikatsiyasida osimliklarning yangilanib turadigan organlarining joylashishiga va ularning bu organlarining qishning noqulay sharoitidan (sovuq hududlarda) yoki qurgoqchilikdan (qurgoqchilik boladigan hududlarda) himoyalashga asoslanadi.
Osimliklar hayotiy formalari (yoki Raunkiyerning atashicha biologic tiplar) sistemasi quyidagi guruhlarni oz ichiga oladi.
1. Fanerofitlar guruhi. Bular jumlasiga novdalari qishda qurib qolmaydigan hamda yangilanish kurtaklari yerdan yuqorida turadigan daraxt va butalar kiradi.
2. Xamefitlar guruhi. Bular ot va chala buta osimliklar bolib, ularning yer ustki poyasi batamom qurimaydi, lekin novdalari past boyli boladi yoki yer bagirlab osadi. Yangilanish kurtaklari yer betiga yaqin turadi. Arktikada osadigan kopgina butalar va moyadil kenglik florasining bazi turlari xamefitlar guruhiga kiradi.
3. Gemikriptofitlar guruhi. Bular yer ustki novdalari deyarli ostigacha qurib qoladigan osimliklar bolib, ularning tiklanish organlari (kurtaklari) deyarli yer yuzasida turadi. Kopgina yaylov osimliklari gemikriptofitlar guruhiga kiradi.
4. Kriptofitlar guruhi. Bu guruh osimliklarining yer ustki organlari batamom qurib qoladi, tiklanish organlari yilning noqulay davrlarida yer ostida yoki suvda (suv osimliklariniki) saqlanib qoladi. Bu guruhga piyozli, tugunakli, ildizpoyali osimliklar kiradi.
5. Terofitlar guruhi. Bu osimliklarning yer usti va yer osti organlari batamom quriydi. Yilning noqulay davrlarida ularning faqat urugigina saqlanib qoladi. Bu guruhga bir yillik osimliklar kiradi.
Kop yillik va bir yillik otlar vegetatsiyasi davrining turlicha davom etishi bilan ham farqlanadi. Bularning bazilari bahordan kuzgacha, boshqalari yoz ortasigacha osadi, kopchiligi esa bahor oxiri yoki yoz boshidan jazirama issiqlar boshlanib, yerning betidagi nam tugaganidayoq rivojlanib boladi.
Osimliklarning osishini yoz boshida tugallaydigan bunday turlari efemeroidlar (kop yillik otlar) yoki efemerlar (bir yillik otlar) deb ataladi.
Ozbekiston sharoitida rang, qongirbosh, juda kop xil lolalar efemeroidlarga misol boladi. Yaltirbosh, arpagon, machka, malkolmiya va boshqalar ham efemerlardir. Umuman olganda, Orta Osiyoning gil tuproqli chollarida va asosan soz tuproqli tog yon bagrlarida efemer va efemeroidlarning juda kop har xil turi osadi.
Orta Osiyo sharoitida lianalar va yostiqsimon osimliklar ham uchraydi.
Mexanik toqimalari yetarli darajada rivojlanmagan va turgovuchsiz osishi qiyin bolgan ingichka uzun poyali bir yillik va kop yillik osimliklar lianalar jumlasiga kiradi.

3.Populyatsiyaning fazoviy strukturasi.


Bunda ayrim individ va guruhchalarning tarqalish xarakteri ifodalanadi. Odatda tur va ayrim populyatsiyalar ichida individlar bir tekis tarqalmaydi, sababi yashash sharoiti, yani ozuqa resurslari, boshpana kabilar notekis taqsimlangandir. Har qanday populyatsiyadagi individlarning malum darajada bir joydan ikkinchi joyga kochib yurishi kuzatiladi. Bazi individlar tugilgan joyida umrining oxirigacha yashab qolsa, bazi birlari uzoq masofaga kochib ketadi.



Download 89,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish