generativ bosqichga o’tadi. Generativ bosqichga o’tishda organizm fiziologik va bioximik
o’zgarishlar yuzaga keladi. Transpirasiya va fotosintez tezligi oshadi.
Yosh generativ o’simliklar - gullaydi, meva hosil qiladi, o’simlik yetuk shaklga kiradi.
O’rta yoshli generativ o’simliklar
- har tomonlama yetuk, eng yuqori o’sish va urug’
hosil qilishga qobiliyatli o’simliklar.
Qari generativ o’simliklar - reproduktiv funksiyasi zaiflashgan, shoxlanish va ildiz
o’sishi jarayonlari sekinlashgan o’simliklar. Bu usimliklarda yemirilish
jarayoni yangilanish
jarayonidan ustun.
Qari vegetativ o’simliklarda meva xosil kilishi to’xtagan o’simlik, yemirilish jarayoni
ko’payadi, ildiz va shoxlari orasidagi boglanish zaiflashadi.
O’layotgan individlar - o’lchamlari kichiklashgan ko’pchilik
hujayralari o’lgan o’simliklar. O’simlik populyasiyasida individlarning yosh holatiga qarab
taqsimlanishi yosh spektri deb ataladi. Agar populyasiya yosh spektri faqat urug’ va
o’simtalardan iborat bo’lsa, bu populyasiya invazion populyasiya deb ataladi. Yosh biosenozda
endi shakllanayotgan populyasiyalar shunday populyasiyadir. Bunday populyasiya o’z-o’zini
boshqarishga qodir emas. Agar populyasiya barcha yoshdagi guruhlardan iborat bo’lsa, normal
populyasiya deyiladi. Bunday populyasiya mustaqil va o’z-o’zini boshqara oladi. Generativ va
vegetativ qari individlardan iborat populyasiya regressiv populyasiya deb ataladi.
Invazion,
normal va regressiv populyasiyalar bir-biriga o’tib turadi.
Senopopulyasiyalar yosh tuzilmasi turning biologik xususiyatlari tomonidan
belgilanadi, hamda tashqi muhit sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Senopopulyasiyaning yosh
spektri uning holati va o’zgaruvchan yashash muhitiga moslashganlik darajasini aks ettiradi.
Hayvonlarda ko’payish xususiyatlariga qarab individlar
bitta yoki turli avlodlarga
tegishli bo’lishi mumkin. Agar populyasiyadagi individlar bir avlodga tegishli bo’lsa, ular
yosh jihatdan bir - biriga yaqin va deyarli bir vaqtda hayot bosqichlarini o’tadi. Bunday
populyasiyalarda turli hayot bosqichlari va ko’payishi muddatlari yilning ma’lum
mavsumlariga to’g’ri keladi.
Bir vaqtning o’zida turli avlodlari mavjud bo’ladigan turlarda populyasiya yosh
tuzilmasi murakkabroq bo’ladi. Masalan, may qo’ng’izi lichinkalari populyasiyasida 4 ta avlod
individlari majvud bo’ladi.
Yuksak hayvonlarda ko’p marta ko’payish va yetuk individlarning
uzoq vaqt yashashi
natijasida populyasiyaning yosh tuzilmasi yanada murakkabroq bo’ladi. Bunday populyasiyalar
nisbatan doimiy bo’ladi. Ekspluatasiya qilinadigan tabiiy populyasiyalarning yosh tuzilmasini
aniqlash juda muhim ahamiyatga ega. Tiklanish imkoniyatlari keng bo’lgan populyasiyalardan
soniga zarar yetkazmasdan ko’proq foydalanish mumkin.
Populyasiyalar yosh tuzilmasini tahlil qilish natijasida uning kelgusidagi sonini bashorat
qilishi mumkin. Bunday tahlil ayniqsa baliqchilikda keng qo’llaniladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Populyasiyaning statik va dinamik ko’rsatkichlari deganda qanday ko’rsatkichlarni
tushunasiz.
2.Populyasiya soni va zichligini tushuntirib bering.
3.Populyasiya tuzilmasi nima.
4.Populyasiyaning jins va yosh tuzilmasiga ta’rif bering.
5.O’simliklarrdagi
invazion, normal va regressiv populyasiyalar bir-biridan qanday farq
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: