MAVZU: GULLI PARAZIT O’SIMLIKLAR.
reja:
I. Gulli-yarim parazitlar:
1. Ildizdagi (Ivan-da-Mariya)
2. Poyadagi (Omela, arsetobium)
II. Gulli-tuliq parazitlar:
1. Ildizdagi (shumg‘iya)
2. Poyadagi (zarpechak)
Deyarli hamma gulli yuksak o‘simlik mustaqil ravishda anorganik moddalardan organik moddalarni xosil qilishadi, ya’ni avtotrof oziqlanadi. Bu o‘simliklar odatdayaxshi rivojlangan ildizlarga ega bo‘lib, ular orqali tuproqdan suv va mineral moddalarni oladi
hamda yashil barglari yordamida quyosh nuridan foydalanib, organik moddalarni hosil qiladi.Lekin bu guruhga kiruvchi ayrim botanik oilalarga mansub bo‘lgan o‘simliklar o‘zining hayotiy faoliyati tufayli yarim yoki to‘liq parazit holatda yashashga moslashgan. Parazit holdaxayot kechirishi ularni boshqa o‘simliklarning ildizi yoki yer ustki a’zolarida yopishib yashashga moslashishiga olib kelgan. Ana shunday hayotiy faoliyatiga ko‘ra, gulli parazit o‘simliklar ildiz va poya parazitlariga bo‘linadi. Bu o‘simliklarning yashash sharoitiga ko‘ra ularning ildizlari qisman yoki butunlay rivojlanmagan. Shuning uchunular xujayin o‘simlikdan suv, mineral va organik moddalarni oladilar.
Yuqorida qayd etilgan gulli parazit o‘simliklar o‘zida organik moddalarni hosil etishiga ko‘ra o‘zaro bir biridan farq qiladilar. Gulli parazit o‘simliklarning ayrimlari yashil barg va poyaga ega bo‘lganligi uchun organik moddalarni hosil qila oladi, shuning uchun ularni yarim parazitlar xam deb yuritiladi. Ayrimlari esa yuksak o‘simliklarga xos bo‘lgan organik moddalarni -xosil qilish xususiyatini (shu bilan birga xlorofill donachasi va yashil rangini) yo‘qotgan. Bunday parazitlar
xo‘jayin o‘simliklardan fakat suv va mineral moddani emas, balki organik moddalarni xam oladilar. bo‘linib o‘rganiladi.
1.Gulli-yarim parazit o‘simliklar; a) ildizdagi; b) poyadagi
2Gulli – to‘liq parazit o‘simliklar ; ) ildizdagi; b) poyadagi
Ildizdagi gulli –yarim parazit o‘simliklarga Ivan – da-Mariya o‘simligini olishimiz mumkin.
Ivan-da-Mariya o‘simligining ildizida mayda surgichlar bo‘lib, shular yordamida turli daraxtlar va butalar ildiziga yopishib olib yashaydi. Bu oilaga kiruvchi boshqa o‘simliklar (pogremok, mo‘tnik) o‘tsimon o‘simliklarda yarim parazit holda hayot kechiradi. Ular o‘tsimon o‘simliklarni siyraklashtiradi va yig‘iladigan xashakning sifatini pasaytiradi. Daraxtlarda yarim parazit holda hayot kechiruvchilarga misol qilib omelani olishimiz mumkin.
Omela (Vissum album L.). Omela yaxshi rivojlangan yashil bargga va tarmoqlangan shoxlarga ega bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlikdir. U ikki pallali, ikki uyli, ya’ni onalik guli va otalik guli aloxida usimliklarda rivojlanadigan o‘simlikdir. Mevasi-rezavor meva bo‘lib, yopilganda rangi oq tusga kiradi. Rezavor meva urug‘li bo‘lib, yelimsimon moddaga egadir. Yopilgan urug‘lar faqat
yorug‘likda unib chiqadi. Unib chiqqan maysa katta bo‘lib, uchi yassi. Poyasi qalin kutikula bilan qoplangan, lekin po‘kak qavati bo‘lmaganligi uchun suvni osonlik bilan parlatib yuboradi, shuning uchun suvga bo‘lgan talabi kuchli. Ko‘pincha o‘simlikning omela zararlagan qismi yo‘g‘onlashib ketib, ko‘rinishi shishga o‘xshab qoladi. Agar shishni ko‘ndalang kesib qaralsa, o‘simlikning po‘stloq qismida omelani ildizi-rizoidlarini ko‘rishimiz mumkin. Daraxtning rivojlanishi tufayli bu rizoidlar kambiy qismiga qarab chuqurlashib boradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, omelada xaqiqiy ildizlari bo‘lmaydi, balki ularning o‘rnini so‘rg‘ichlar bosadi. Omela olma, nok, terak, eman, igna bargli daraxtlarda va boshqa manzarali daraxtlarda parazitlik qiladi. Omelani urug‘i qushlar yordamida tarqatiladi. Ular yopishqoq bo‘lganligi uchun daraxtlarga yopishib keyin, asta-sekin o‘sib rivojlanadi. To‘liq parazitlarni o‘rganishda ularning parazitlik hayot kechirishidagi ayrim xususiyatlariga e’tibor berishimiz zarur. Bular quyidagilardir: ildiz sistemasi yo‘q, bularning o‘rnini so‘rg‘ichlar oladi, barglari yo‘q, poyasi siyox rang yoki sarg‘ish lekin yashil emas. To‘liq parazitlar ichida shumg‘iya va zarpechak alohida o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |