UMUMIY XULOSALAR
Mavzu yuzasidan yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalar va tadqiqot natijalaridan
kelib chiqib, quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:
1. Jamiyat ma’naviyati - ijtimoiy tarbiya mahsulidir. Shu sababli ma’naviy tarbiyaning
ilmiy asoslarini ishlab chiqish jamiyat ma’naviy yangilanishining strategik yo‘nalishlaridan
biriga aylandi. Chunki xalqimizning milliy o‘ziga xosligi, ma’naviyatini saqlab qolish, tiklash va
takomillashtirishni uning ma’naviy tarbiya an’analariga tayanmay amalga oshirish mushkul.
2. Ma’naviy va ma’rifiy ishlar yuzasidan o‘tkaziladigan tadbirlarning muayyan majmui
xalqimizning tarixi, urfodatlari, rasmrusmlari asosida tayyorlanib, o‘quvchiyoshlarda milliy
qadriyatlarimizga hurmat uyg‘otish ruhida o‘tkazilishi muhimdir. Shuni ham aytish kerakki
bunda milliy o‘ziga xoslikka haddan tashqari e’tiborni qaratish, boshqa millatlarning an’analari,
urfodatlarini ozgina bo‘lsada kamsitish, behurmat qilish kabilarga mutlaqo yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Milliy qadriyatlar bo‘yicha tayyorlanadigan tadbirlar umuminsoniy qadriyatlar
bag‘rida, u bilan ichki, uzviy aloqadorlik tarzida o‘tkazilishi lozim.
3. Ma’naviyat va ma’rifat jamiyat oldida turgan muammolar mohiyatini o‘zida ifoda
ettiradi hamda uni hal qilish uchun fuqarolarning davlat manfaatlarini birlashtiradi. Ma’naviyati
va ma’rifati zamonaviy rivojlangan mamlakatlarda xalqning vatanparvarlik va millatparvarlik
tuyg‘ulari kuchli bo‘ladi. Bunday holat o‘z navbatida davlat va xalqning birligini
mustahkamlashda turli xil millatlar va ijtimoiy qatlamlarning bir-birlari bilan umummanfaatlar
yo‘lida jipslashishlarida qudratli omil sifatida xizmat qiladi;
4. Yosh avlodni sportning barcha turlariga jalb kilish, ularda jischmoniy madaniyatni
takomillashtirish – ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimining tarkibiy kismidir. Bu esa mazkur
yunalishda olib boriluvchi ishlarni muayyan tartibga solish va uning sub’ekti masalasini kun
tartibiga kuydi. Natijada o‘quvchilar uylarining jismoniy tarbiya tashkilotchisi to‘g‘risida
Nizomi ishlab chikildi.
5. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da’vat etuvchi tarbiyaviy
maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi sharoitda maktabdan tashqari
tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh
texniklar uylari maktab tarbiyasining uzkiy davomchisi bo‘lib qolishi kerak. O‘zbekiston
Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi», bu ishlarni
rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo‘ladi.
6. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy
rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi. Bu jarayonda ular ta’lim olayotgan
maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga
solishni, tinmay ishlashni taqozo etadi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni
51
ko‘ngildagiday olib borishda o‘sib kelayotgan yosh avlodni yetuk va barkamol inson qilib
tarbiyalashda oila va mahalla hamkorlikda ish olib borishi lozim. Chunki kelajak avlod
tarbiyalangan, uyushgan, tahlil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarosi bo‘lishlari lozim.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |