1.3. Umumta’lim maktablarida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘ziga
xosligi va unga qo‘yiladigan talablar
Umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy sub’ekti -
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosaridir.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga kator funksional
xukuklar:
1. Guruhlarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarga qatnashish va
guruh murabbiysi ishini tahlil qilish.
2. Guruh murabbiylari ish rejalarini o‘rganish va tasdiqlash.
3. O‘quvchilar uylarida ovqatlanish sharoitlarini, turar joylarini va tibbiy xizmatni
yo‘lga qo‘yilishini tekshirish.
20
4. O‘quv xonalarini va o‘quvchilar uylaridagi xonalar xolatini o‘rganish maqsadida
tekshirishlar uyushtirish.
5. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari haqida tavsiyanomalar berish, unda
kollej “kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati bilan kelishish va majlislarda, anjumanlarda, “ochiq
eshiklar” kunlarida qatnashish uchun ota-oalarni taklif qilish va x.k.lar berildi.
6. Direktor o‘rinbosari faoliyati – kupkirrali pedagogik-psixologik yunalishlar
kompleksidan iborat. Bular:
7. Umumta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ish rejalarini tuzish, guruh
murabbiylari ish rejalarini o‘rganish va tasdiqlash.
8. Umumta’lim maktablarida har kuni soat 8.30 da davlat madhiyasini ijro etilishini
ta’minlash.
9. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishni
turli uslub va yo‘llarini izlab topish va uni tashkil etish.
10. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida terrorizm, giyoxvandlik, jinoyatchilik,
turli diniy-siyosiy oqimlarga berilishning oldini olish borasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi
va kollej “kamolot” yoshlar ijtimoiy harakti bilan xamkorlikda ish olib borish.
11. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida turli xil kasalliklarning oldini olish
maqsadida viloyat
“spid”, “narkomaniya”, “sog‘lom avlod uchun”, “qizil yarim oy”, “ekosan”
markazlari bilan hamkorlikda maqsadli uchrashuvlar tashkil etish.
12. Umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonida tartib intizomga rioya qilmagan
o‘quvchilar bilan alohida ish olib borish.
13. Umumta’lim maktablarida, o‘quvchilar uylarida, xususiy xonadonlarda yashovchi
o‘quvchilarni gigienik normalarga rioya qilishni nazorat qilish.
14. O‘quvchilar uylarida sport raxbari bilan hamkorlikda sport ishlariga rahbarlik qilish
(ertalabki jismoniy mashqlar, sport musobaqalari, sport to‘garaklari).
15. Umumta’lim maktablari murabbiylar kengashi orqali o‘quvchilarni tarbiyalash
jarayonini boshqarish.
16. O‘quvchilar guruhi murabbiylariga va guruh faollariga amaliy yordam ko‘rsatish.
17. Umumta’lim maktablarii jamoatchi tashkilotlarning o‘quvchilar guruhida, o‘quvchilar
uyida va xususiy ylarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlarini nazorat qilish va baholash.
18. O‘quvchilarning ota-onalari bilan doimiy aloqada bo‘lishga alohida e’tibor berish ular
bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, o‘quvchi haqida ota-onasiga xat orqali
ma’lumot berib turish.
19. Umumta’lim maktablari xotin-qizlar kengashi bilan hamkorlikda qizlar tarbiyasiga
alohida e’tibor berish.
21
20. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish
masqsadida turli mavzularda to‘garaklar tashkil etish.
21. Guruh murabbiylariga o‘quvchilarni shahar, viloyat, respublika bo‘yicha sayoxatlarni
tashkil etishda yordam beradi va nazorat qiladi.
22. o‘quvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish va ovqatlanishni tashkil qilish va uning
sifatini nazorat qilish.
23. O‘qituvchilarning, guruh murabbiylarining tarbiyadagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish,
umumlashtirish va targ‘ibot qilish.
24. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini o‘tkazishlari haqida reyting daftarchasini yuritilishini
nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish. Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslublari bilan hamkorlikda o‘rta
maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida, o‘quvchilar uylarida va xususiy xonadonlarda
yashovchi o‘quvchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ish olib borish.
25. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida murabbiylar kengashi raisi vazifasini
bajarish va boshq.
Yosh avlodni sportning barcha turlariga jalb kilish, ularda jischmoniy madaniyatni
takomillashtirish – ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimining tarkibiy kismidir. Bu esa mazkur
yunalishda olib boriluvchi ishlarni muayyan tartibga solish va uning sub’ekti masalasini kun
tartibiga kuydi. Natijada o‘quvchilar uylarining jismoniy tarbiya tashkilotchisi to‘g‘risida
Nizomi ishlab chikildi.
O‘quvchilarga o‘zbek xalqining jahon madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasini xolisona
tushuntirish va targ‘ib qilish ishlarida bilimdon tajribali pedagogik xodimlardan, ustozlar
faoliyatidan foydalanishda ko‘maklashish. O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixini keng omma,
xususan, o‘quvchi yoshlar orasida targ‘ib qilish ishlariga bilimdon tarixchi, sotsiolog, etnograf,
pedagog, arxeolog, faylasuf, adabiyotshunos, tilshunos va boshqa soha olimlarini jalb etish.
Noshirlik ishlari, targ‘ibot-tashviqot sifatini yaxshilash, o‘quvchilarni turli o‘quv vositalari,
ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, dasturlar bilan ta’minlash maqsadida nashriyot
faoliyatini kuchaytirishga yordam ko‘rsatish. Mamlakatimiz mustaqiligining munosib kutib olish
hamda bu tarixiy sananing har bir yilini nishonlashda katta tayyorgarlik ishlarini amalga
oshirishni ko‘zda tutib:
- vatanimiz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashlardan matonat ko‘rsatgan, millatni
xurlik va erkinlikka chorlagan mustabid tuzum yillarida qatag‘on etilgan kollejimiz ta’limini
olgan vatandoshlarimizning mo‘’tabar xotirasini abadiylashtirish, ibratli hayoti va faoliyati,
ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijodiy me’rosiin chuqur o‘rganish maqsadida jamoatchilik
komissiyasini tuzish;
- “shahidlar xotirasi” hayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar kiritish.
22
- umumta’lim maktablariida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bunyodkorlik ishlariga
xususan, obodonlashtirish, ilmiy-pedagogik xodimlar va o‘quvchilarning madaniy xordiq
chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda maslahatlar berish, yangidan ta’minlanishi
hamda qurilishi lozim bo‘lgan o‘quv binolari, laboratoriyalar ochish kabi bunyodkorlik ishlarida
taklif va mulohazalar bilan ishtirok etish;
- shahar va viloyat mahallalari faollariga ma’naviy-ma’rifiy yumushlarida otaliq
yordamlari uyushtirish. ayniqsa, mamlakatimiz prezidentining asarlari nutqlaridan kelib
chiqadigan vazifalar haqida, xususan, din niqobidagi turli ekstremistik guruhlarni, terrorizm
mafkurasini fosh qilish bo‘yicha ma’ruzalar, davra suhbatlar o‘tkazish zaruriyatdan kelib chiqib,
bu ishlarga keksa, bilimdon olim, domlalarni hamda iqtidorli yosh pedagog olimlarni safarbar
qilishda rahbariyatga yordam ko‘rsatish;
- ustoz va shogirdlar, kollejni bitirganlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, kollejda
shakllangan ibratli maktablar haqida, bosib o‘tilgan tarixiy yo‘li uning mamlakatimiz fan, ta’lim
va madaniy hayotda tutgan o‘rni, ibratli an’analari haqida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini olib
borishda ko‘maklashish;
- lotin alfavitiga asoslangan yangi yozuvimizni keng targ‘ibot qilish maqsadida kollejni
radiolashtirish va undan foydalanishga e’tibor berish, hamda uni qo‘lga qo‘yish zaruriyatlari
haqida fikrlashish;
- umumta’lim maktablari gazeta faoliyatini yanada takomillashtirishga maslaxatlar bilan
ko‘maklashish, har o‘quv yili davomida fakultetlarda kafedralarda “ustozlar yodi” va shunga
o‘xshash mavzudagi tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishda ko‘maklashish.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda, ta’lim va targ‘ibot ishlarini
mukammalligini ta’minlashda, ularni takomillashtira borishda allomalarimizning ibratli ma’rifiy,
ilmiy maktablari an’analaridan keng foydalanish, xususan, o‘zbek xalqining ozodlikka erishish
va vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan mafkuraviy kamsitilgan, qatog‘on qilingan o‘g‘il-
qizlarning muqaddas nomlari aniqlanib, ularni o‘rganish, qayta tiklash ishiga hissa qo‘shildi. bu
esa yoshlarni ma’naviy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ta’sirchanligini
kuchaytiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumatining yoshlar ma’naviy
tarbiyasi borasidagi hujjatlarni, kollej o‘quvchilar uylariga aloqador qarorlarini o‘quvchilar
o‘rtasida o‘z vaqtida targ‘ib etilishi va bajarilishini ta’minlaydi.
1. O‘quvchilar uylarida olib boriladigan tarbiyaviy, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini
ishlab chiqadi va amalga oshirish bo‘yicha tizim vujudga keltiradi.
2. O‘quvchilar uyida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni fakultet dekanini birinchi
o‘rinbosari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
23
3. O‘quvchilar uyidagi o‘quvchilar Kengashi faoliyatini boshqaradi va nazorat qiladi.
4. O‘quvchilar uylarida huquqbuzarlik holatlarining oldini olish bo‘yicha ishlar rejasini
tuzadi, maqsadli uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazilishiga sharoit yaratadi.
5. “Ma’naviyat va ma’rifat xonalari”da zarur adabiyotlar, texnika vositalari, ro‘znoma
va oynomalarning o‘z vaqtida kelishi va yo‘qolmasligini ta’minlaydi.
6. O‘quvchilar uyidagi navbatchi vaxtyor va navbatchi o‘quvchilar faoliyatini nazorat
qiladi.
7. O‘quvchilar uyidagi ozodalik kunlarini tashkil etadi, sanitariya-gigiena holatlarini
yaxshiligi va yotoqxona atrofidagi obodonlashtirish ishlariga o‘quvchilarni va barcha ma’sul
shaxslarni jalb etadi.
8. Devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlaydi.
9. Turli uchrashuvlar, maroqli suhbatlar, maroqli ma’ruzalar, madaniy – oqartuv
tadbirlarining bo‘lishi uchun sharoitlar yaratib, ularni muntazam olib borishga javobgar
hisoblanadi.
10. O‘quvchilar uyida sodir bo‘lgan tartibbuzarlik uchun shaxsan javob beradi.
11. O‘quvchilar uyida pasport rejimini yo‘lga qo‘yadi.
12. Uslubchi o‘quvchilar uyida yashayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan yaqindan
aloqada bo‘ladi va ularni farzandlari haqida xat orqali ma’lumot berib boradi.
13. O‘quvchilar uyida sport musobaqalarini tashkil etishga yordam ko‘rsatadi.
14. Uslubchi belgilangan tartibda kech soat 15 dan tungi 10 gacha ish joyida bo‘lishi
shart. O‘quvchilar uyida faoliyat ko‘rsatuvchi uslubchi fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari bilan hamkorlikda ish yuritadi.
15. O‘z faoliti haqida har oyda bir marta ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi Kengashi oldida
hisobot berib boradi.
Yuqoridagi yaratilgan qushimcha tashkiliy, ma’muriy shart-sharoitlar o‘quvchilar
uylarida olib borilgan Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning yangiliklar samarasida
namoyon bo‘ldi. Jumladan, shahrimiz umumta’lim maktablarida quyidagi tashkiliy-intizomiy
tadbirlarni amalga oshirdik:
Sinf xonalariga begona shaxslarning kirib chiqishini nazorat qilish kuchaytirildi.
Sinf xonalariga begona shaxslarni kirib chiqishlari uchun maxsus ro‘yxatga olish
daftari joriy etilgan va ushbu daftarda mehmonlarni shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar qayd etib
borildi.
Maktab ma’muriyati tomonidan qorovullarni vazifalari aniq ko‘rsatilgan
yo‘riqnomalar ishlab chiqildi.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |