Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


 Maktabda  “Ma’naviyat soatlari”ni tashkil etish asosida o‘quvchi-yoshlarda



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#80286
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
maktabda manaviy-marifiy ishlarni tashkil etishning pedagogik-psixologik asoslari

2.3. Maktabda  “Ma’naviyat soatlari”ni tashkil etish asosida o‘quvchi-yoshlarda 

vatanparvarlik hissini shakllantirish 

 

O‘quvchi-yoshlarda  vatanparvarlik  hissini  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  asosida 



shakllantirishda  o‘qituvchilar  va  murabbiylar  quyidagilarga  qat’iy  rioya  qilsalar  maqsadga 

muvofiqdir: 

  xalq orasida keng tarqalgan va yoshlar fuqarolik madaniyatining shakllanishiga ta’sir 



etuvchi  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  ijobiy  fazilat  kasb  etgan  qadriyatlar  mohiyatini 

atroflicha tushuntirish; 

  tashkiliy-pedagogik  tadbirlarning  suhbat,  munozara,  savol-javob  kechalari, 



konferensiya,  ekskursiya  kabi  usullaridan  keng  foydalanib,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar 

to‘g‘risida puxta ma’lumotlar berish; 

 

o‘quv  mashg‘ulotlari,  tarbiyaviy  tadbirlar  jarayonida  o‘rganilayotgan  mavzular 



mazmuni 

bilan 


bog‘lab,  o‘quvchilarning  insoniy  madaniyati,  bilimlari  saviyasini 

takomillashtirishga erishish. 

“Ma’naviyat”  soatlarida  va  boshqa  ma’naviy-ma’rifiy  tarbiya  tadbirlarida 

o‘quvchilarning  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  to‘g‘risidagi  tasavvurlarini,  bilimlarini 

mustaqil, ijodiy tarzda bayon etishi ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish. 

O‘zbek  xalqining  turli  asrlar  mobaynida  shakllanib,  davr  ruhidan  yangi  mazmun  kasb 

etib  millatning  quvonchi,  qo‘lga  kiritilgan  g‘alabasini,  muvaffaqiyatini,  iftixorini  aks  ettiruvchi 

milliy  bayramlari  mavjud.  Ular  shaklan  milliy,  mazmunan  hududiy  xususiyat  kasb  etib 

o‘quvchilarda  fuqarolik  madaniyatini  shakllantirish  uchun  muhim  vosita  bo‘lib  xizmat  qilishi 

tabiiy.  “Chunki  kishilar,  ayniqsa  bolalar  baramda  eng  yaxshi  kiyimlarini  kiyadilar,  lazzatli 

taomlar  tayyorladilar,  ularda  ko‘tarinki  kayfiyat  hamroh  bo‘ladi,  eng  yaxshi  an’analarga  rioya 

etishlarini,  o‘zlarining  qobiliyatlarini,  ijodkorliklarini  namoyish  qiladilar.  Demak,  bayram  – 

ijtimoiy,  madani,  ma’naviy  yutuqlarini  namoyish  etuvchi,  shu  yutuqlar  asosida  tarbiyalovchi 

vositadir.  Shu  boisdan  bayramlar  o‘quvchi-yoshlar  tarbiyasiga  ijobiy  ta’sir  qiluvchi  o‘ziga  xos 

sehrli kuchga egadir”. 

Mamlakatimizda  milliy  bayramlarimiz  juda  ko‘p.  Bular  madaniyat,  san’at,  mehnat, 

ma’rifat,  oilaviy,  diniy,  ommaviy  yo‘nalishga  ega  bo‘lgan  bayramlardir.  Ular  ichida  eng 

ta’sirchani, muqaddasi mustaqillik bayramidir.  

Ma’lumki,  1991  yil  1  sentabr  O‘zbekiston  xalqi,  o‘zbekiston  millatining  hayoti  uchun 

mo‘’tabar  xun  bo‘lib,  uning  tarixiga  zarhal  harflar  bilan  yoziladi.  Bu  kun  O‘zbekiston 

mehnatkashlari  uchun  aziz  bayram  mustaqillik  bayrami,  Umumxalqbayrami  bo‘lib  qoldi. 

Xalqimizning  azaliy  orzusi,  maqsad-muddaosi  ushaldi.  Shuning  uchun  bu  bayram  elimizda  har 




 

40 


yili katta shodiyonalik, faxru-iftixor bilan nishonlanadi. Yurtimiz yangicha ko‘rinish, chiroy kasb 

etadi.  


Mustaqillik  har  mamlakat  kishisi,  ayniqsa  o‘quvchi-yoshlar  qalbini  tug‘yonga 

keltiruvchi,  ularni  yangi  zafarlar  sari  chorlovchi  bayram  hisoblanadi.  Zero,  mustaqillik 

mamlakatda  tinchlik  va  demokratiya,  erkinlik  va  mustaqil  fikrlash,  farovonlik  va 

tashabbuskorlik,  vijdon  va  oriyatni  tarkib  toptirib,  har  bir  yoshning  kamolotga  erishishining 

shart-sharoitlaridir. Qolaversa, bu yurt Sirojiddin Sayid “Vatan nadir” she’rida yozilganidek: 

Beshta beku beshta xon birlashmagan, 

Millat debon, Vatan debon sirlashmagan, 

Bir yer bo‘lib, bir qir bo‘lib yer talashgan, 

To‘zg‘ib yotgan, xonavayron yurt edi bu. 

... Bir sultoni Xudo yurtga qarab bergay, 

Olam ahli so‘ng u yurtga taraf bergay,  

Abadiyat qadar unga sharaf bergay, 

Sharaf-shoni  ro‘yi  jahon  yurt  bo‘ldi  bu!Mustaqillik  –  bu  tarbiyashunos olim  Safo  Ochil 

yozganidek: 

“Mustaqillik – iymon, e’tiqod erkinligi.  

 Mustaqillik – milliy qadriyat, ma’naviyat va madaniyat, ma’rifat va din-dinat ozodligi. 

Mustaqillik  –  davlatning  milliy  chegarasi,  iqtisodiy,  siyosiy  va  ma’naviy  jihatdan 

daxlsizligi. 

Mustaqillik  –  muayyan  davlatning  davlat  boshqaruviga,  uning  ichki  ishlariga  hech 

kimning aralashmasligi. 

Mustaqillik – milliy tilning davlat mavqeiga ega bo‘lishi. 

Mustaqillik  –  milliy  armiyaning  barqarorligi,  yagonaligi  va  uning  boshqalarga 

bo‘ysunmasligi; 

Mustaqillik  –  davlat  hududidagi  barcha  yer  osti  va  yer  usti  boyliklari,  shuningdek  unga 

tegishli chegara osmonining daxlsizligi; 

Mustaqillik  –  tashqi  mamlakatlar  bilan  har  qanday  aloqa  va  munosabatlar  erkinligi; 

Mustaqillik – o‘z kuchiga ega bo‘lish va h.k.”. 

Darhaqiqat, O‘zbekiston mustaqilligining asosini shu diyorining o‘zi, uning xalqi, uning 

ma’naviy va madaniy merosining mazmunini tashkil etgan onatili, tarixi, urf-odatlari, an’analari, 

marosimlari tashkil etadi. Shuning uchun ham mustaqillik qadriyat hisoblanadi.  

Zero, mustaqillik davlatni davlat, millatni millat, elni el etadi. Uning mohiyat-mazmunini 

anglagan  har  bir  fuqaro,  shu  jumladan,  yoshlar  uni  asrab-avaylashga,  qudratini  yuksaltirishga, 

unga sodiq qolishga astoyidil o‘qiydi va mehnat qiladi, Vatanga muhabbat tuyg‘usini izhor etadi.  



 

41 


Shunday  ekan  bayram  kunlarida  oliy  o‘quv  yurti  professor-o‘qituvchilari,  murabbiylari, 

guruh  rahbarlari  o‘quvchilarga  mustaqillikning  mazmunini  teranroq  anglashga  ko‘maklashishi, 

O‘zbekistonning  davlat  ramzlari  –  bayrog‘i,  tamg‘asi  (gerbi),  madhiyasi  bilan  faxrlanishga 

da’vat etishi, uning Konstitutsiyasi to‘g‘risida tushuncha berib, yoshlarni elim deb, xalqim deb 

yonib  yashashga  o‘rgatishi  lozim.  Shuni  inobatga  olib,  tajriba  ishlari  olib  borgan  ob’ektlarda 

“Mustaqillik  –  buyuk  qadriyat”,  “Mustaqillik  sodiqlik  –  elga  sodiqlik”,  “Mustaqillik  –  mening 

hayotimda”,  “Mustaqillikni  asrash  har  bir  yoshning  –  fuqarolik  burchi”,  “Men  nechun 

ardoqlamay  mustaqillikni”,  “Gulla,  yashna  mustaqil  O‘zbekiston”,  “Mustaqillik  bo‘lsang 

mustaqil bo‘l! Davlat bo‘lsang, davlat bo‘l!” mavzularida munozaralar, suhbatlar, tarbiyadarslari, 

ma’naviyat soatlari, savol-javob davralari tashkil qilindi.  

Shuningdek  mustaqillik  yillarida  mamlakat  fani,  madaniyati,  texnikasi,  qishloq  xo‘jalig, 

maorifi,  adabiyoti,  san’ati  erishgan  yutuqlarini  aks  ettiruvchi  foto  lavha  albomlari,  bukletlar, 

diagrammalar  tuzildi.  “Mustaqillik  –  mening  taqdirimda”  badiiy  kecha  o‘tkazildi  (uning 

ssenariysi5-chi 

ilovada 

ifodalangan). 

Kelajakda 

mustaqillikni 

mustahkamlash 

va 


takomillashtirish  orqali  mamlakatni  buyuk  davlatlar  darajasiga  ko‘tarish  uchun  yoshlarda 

quyidagilarni mujassamlashtirish maqsadga muvofiq: 

Mustaqillik – buyuk ne’mat, uni qadrlash, mustahkamlash va rivojlantirish mamlakat har 

bir fuqarosining insoniy burchi. 

Mustaqillik  –  o‘z  taqdirini  o‘zi  qo‘lga  olishi  o‘zligini  anglashi,  o‘zining  tili,  tarixi, 

madaniyati, urf-odatlari, an’analarini mo‘’tabar deb bilish. 

Mustaqillik – tinchlik, erkinlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik. 

Mustaqillik – jamiyatni insonparvarlashtirish va insonni ijtimoiylashuv jarayoni. 

Mustaqillik – demokratiya, huquqiy-axloqiy barkamollik. 

Mustaqillik – milliy merosimizga hurmat, mehr-shafqat, ozod va tinch yashash huquqi. 

Mustaqillik – ilm-fan, madaniyat, ma’rifat, san’at va Vatan ravnaqi. 

Mustaqillik  –  tabiiy,  ma’naviy  boyliklar  o‘zi  egalik  qilish,  ularni  asrab-avaylash  va 

ko‘paytirish demak. 

Mustaqillik  –  bu  o‘tmish  allomalari,  fan,  madaniyat  fidoyilari  ta’limotiga  hurmat, 

muhabbat, dinimizga e’tibor va ularga sadoqat. 

Mustaqillik  –  mamlakatda  demokratik  o‘zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish,  fuqarolik 

jamiyati  asoslarini  shakllantirish  uchun  ongimiz  va  fikrimizni  yanada  yuksaltirish  hamda 

jahonhamjamiyatida o‘z o‘rnimizni egallashdir. 

Vatanparvarlikni shakllantirishda o‘quv mashg‘ulotlari, ma’naviy–ma’rifiy tarbiya ishlari 

bilan  birga,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlardan  foydalanish  muhim  ijtimoiy-pedagogik 

ahamiyat  kasb  etadi.  Zero,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  millatni,  xalqni  jumladan, 



 

42 


o‘quvchi-yoshlarning  buyuk  kelajak  va  ulug‘vor  maqsadlarga  yetaklash,  taraqqiyot,  Vatan 

ravnaqi uchun doimo ma’suliyat sezib yashash hamda yetuk shaxs bo‘lib tarbiyalanishlari uchun 

katta imkoniyatlar yaratadi. 

Darhaqiqat,  o‘zbek  xalqining  madaniy  va  siyosiy  hayotida  asrlar  davomida  shakllanib, 

sayqallanib va takomillashib kelayotgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar mazmunida xalqning 

noyob urf-odatlari, an’analari, intizomi, madaniyati, hayot qonunlari mujassamlashtirgan bo‘lib, 

ular  kishilarning  moddiy  va  ma’naviy  hayotini  mukammalashishiga,  iqtisodiy  va  madaniy 

taraqqiyotiga zamin tayyorlab kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham ular oliy 

o‘quv  yurti  o‘quvchilarida  fuqarolik  madaniyatini  shakllantirishda  muhim  mexanizm  rolini 

o‘tashi tabiiy. 

Qadriyat  atamasi  ilmiy  manbalarda  qayd  etilishicha,  inson  tomonidan  amalga 

oshiriluvchi  faoliyatining  mazmunini  ochib  beruvchi  falsafiy–sotsiologik  va  aksiologik 

tushuncha  hisoblanib,  voqelikdagi  voqea  va  xodisalarning  ijtimoiy-madaniy  xususiyatini  aks 

ettiradi.  Chunonchi,  «Mustaqillik:  izohli  ilmiy–ommabop  lug‘atida  qayd  etilishicha, 

«Qadriyatlar–borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma’naviy 

boyliklarning ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha».  

Albatta,  ushbu  tushuncha  muayyan  jamiyat,  sinf  yoki  fuqarolar  turmushi  va 

madaniyatining  jixatlarini  ifodalab  ular  inson  ma’naviy–kamoloti,  yoki  jamiyatning  u  yoki  bu 

ehtiyojini  qondirish,  shaxsiy  va  ijtimoiy  faoliyatini  boyitishga  xizmat  qiladigan  ne’matdir. 

Shuning  uchun u inson va  jamiyat rivojiga  ijobiy  hissa  qo‘shadigan millat,  elat  hamda ijtimoiy 

guruhlarning manfaatlari, maqsadlariga xizmat qiladigan pedagogik omil hisoblanadi. 

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlardan biri – bu milliy va 

umuminsoniy  qadriyatlarning  qayta  tiklanishi,  ularga  yangicha  mazmun  berilishi  bo‘ldi. 

Darhaqiqat  Respublika  prizedenti  I.A  Karimov  mustaqil  O‘zbekistonni  rivojlantirishning 

ma’naviy-axloqiy negizlari xususida gapirar ekan, bu negizlar: 

o  umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 

o  xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 

o  insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 

o  vatanparvarlik”dan iborat bo‘lishi kerak deb ta’kidlar ekan, mazkur ma’naviy-axloqiy 

negizning kuch-qudrati umuminsoniy va milliy qadriyatlarning mushtarakligini uqtiradi. Chunki, 

qadriyatlar  xoh  u  umuminsoniy  bo‘lsin,  xoh  milliy  jamiyat  taraqqiyoti  jarayonida  shakllanib, 

rivojlanib  o‘tmish  uchun  muhim  jamiyat  etib  qolmasdan,  balki  bugungi  kun,  kelajakning 

ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy-madaniy,  ma’rifiy  taraqqiyotiga  katta  ta’sir  ko‘rsatuvchi  hodisa 

hisoblanadi.  

Qadriyatlar  jamiyat  ijtimoiy  va  ma’naviy-iqtisodiy  taraqqiyotning  zaruriy  mahsuli, 



 

43 


muayyan bir davr, sharoit va ehtiyojning ko‘zgusi sifatida milliyligi va umumbashariyligi bilan 

farqlanadi. 

Milliy  qadriyatlar  ma’lum  bir  millatning  tarixini,  madaniyatini,  tilini,  san’atini, 

adabiyotini, ruhiy va axloqiy-estetik fazilatarini qamrab oluvchi, uning o‘tmishi, hozirgi davi va 

kelajak  taraqqiyotiga  ijobiy  ta’sir  etuvchi,  millatni  birlashtiruvchi  axloqiy-ma’naviy,  ijtimoiy-

siyosiy, iqtisodiy-madaniy munosabatlar majmuidir. Shu ma’noda milliy qadriyat millat va xalq 

uchun  o‘tmish  ajdodlari,  hozirgi  avlodlari  tomonidan  yaratilib,  eng  katta  va  kuchli  moddiy 

hamda  ma’naviy  boylik  sifatida  e’zozlanadi,  asrab-avaylanadi  va  yosh  avlod  tarbiyasiga  ta’sir 

ko‘rsatadi.  

Umuminsoniy qadriyatlar turli millat va elatlarning tarixi, turmush tarzi, madaniyatining 

bir-biriga  o‘xshashlik,  bir  butunlik  tomonlarini  ifodalaydi.  Uning  asosini,  dunyo  xalklari 

o‘rtasidagi tenglik, xamjixatlik, adolat o‘zaro hamkorlik, xalqaro huquq normalariga asoslangan 

ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, ma’rifiy-madaniy,  xususiyatlar tashkil etadi.  

Insoniyat  aql-idroki  va  tafakkurining  buyuk  samarasini  tashkil  etgan  fan-texnika 

taraqqiyoti,  madaniy-ma’rifiy  yutuqlar,  dunyo  mamlakatlari  va  xalqlari  o‘rtasidagi  iqtisodiy-

siyosiy hamkorlik umuminsoniy qadriyatlar mazmunini qamrab oladi.  

Umumbashariy qadriyatlar o‘quvchilarda dunyo xalqlarining hayoti, madaniyati, mehnat 

faoliyati,  odati,  marosimlari,  urf-odatlari  haqida  ma’lumot  berib,  ularni  insoniyatning  ijtimoiy, 

iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy,  ma’naviy,  estetik,  axloqiy,  mehnat,  falsafiy  madaniyatiga 

yaqinlashtiradi.  Buning  natijasida  o‘quvchilar  mamlakatda  yashaydigan  turli  millat,  elat, 

xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, mehnat faoliyati, turmush tarzi, yashash sharoiti bilan bog‘liq 

holda,  shu  millat,  elat,  xalqning  turli  urf-odatini,  axloq  normalarini,  odobini,  o‘tmishi  va 

kelajagini bilib oladilar.  

Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  o‘quvchilarda  fuqarolik  madaniyatini  shakllantirishda 

milliy  va  umuminsoniy  qadriyatga  sadoqat,  madaniy  merosimiz,  tariximiz,  ona  tilimiz, 

ruhiyatimizga  hurmatni  tarkib  toptirishga  xizmat  qiladi  va  yoshlarni  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotning tashabbuskor shaxsiga aylantiradi.  

Demak, bo‘lajak mutaxassislarni maktabdanoq o‘qish jarayonida milliy va umuminsoniy 

qadriyatlarni  o‘rganishga  va  ular  asosida  tadbirlar  tashkil  qilib  o‘tkazishga  jalb  qilish, 

ajdodlarimiz  va  butun  jahon  xalqlarning  hayot  tarzi  mehnat  faoliyati,  turmush  odobi,  ijtimoiy–

tarixiy  taraqqiyotini  mukammalroq  o‘rganishga  ko‘maklashadi.  Va  ular  o‘quvchilarning  xulq 

madaniyati,  iymon–e’tiqodi,  ijodiy,  mustaqil  tafakkuri,  mehnat  ko‘nikmalari  kabi  fuqarolik 

madaniyatining  sifatlarini  shakllantirishga  yordam  beradi.  Bu  esa  fuqarolik  jamiyatini  barpo 

etish  yo‘lidan  dadil  odimlayotgan  mamlakatimiz  uchun  ham,  tadbirkor,  ishbilarmon,  fidoyi, 

Vatanni, xalqi uchun yonib yashaydigan fuqarolarni voyaga yetkazish uchun muhim pedagogik 



 

44 


voqea bo‘lib xizmat qiladi.  

 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish