KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish – ma’rifat va madaniyat borasida olib borilayotgan islohotlarni mustahkamlashda asosiy
omillaridan biri sanaladi. Ma’naviyatsiz, ma’rifatsiz jamiyat rivojlana olmaydi.
Insoniyatning, millatning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ilmiy
bilimlar, falsafiy, ahloqiy, huquqiy, estetik, badiiy g‘oya va ideallar yig‘indisi, xalq ma’naviy
merosi, qo‘shiqlari, maqollari, xikmatli so‘zlari, termalari, laparlari, matallari, she’riyati
millatning ma’naviy qadriyatlaridir. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari ma’naviy-
ma’rifiy ishlar tizimi ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchi shaxsining axlo qiy-ruhiy
mohiyatini shakllantiradi. Ma’nan, axloqan, ruhan barkamol inson o‘z Vatani, xalqi oldidagi
burch va mas’uliyatini teran anglab yetadi, xalqi uchun, uning moddiy va ma’naviy madaniyati
kelajagi uchun qayg‘uradi.
I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyada mamlakatimiz va xalqimiz
taraqqiyotini ta’minlashning asosiy omili sifatida milliy-ma’naviy tiklanish ustuvor o‘rinni
egalladi. Bu albatta, bejiz emas. Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs
barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi, chunki ma’naviyat
rviojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi hamda
mamlakat va millat taraqqiy etadi. Bu o‘z navbatida shaxsnng barkamol rivojlanishi uchun zarur
bo‘lgan zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Buni chuqur his qilgan va o‘z qalbidan o‘tkazgan Prezidentimiz I.Karimov
mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ona zaminimizda demokratik
jamiyatni qurishning nazariy konsepsiyasini ishlab chiqar ekan, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
hayotni qayta qurishni milliy-ma’naviy tiklanish bilan uyg‘un holatda bo‘lishi kerakligini ham
ilmiy asoslab berdi. u o‘zining hajmi jihatdan kichik bo‘lsa, ham, ammo, mamlakatimizda yangi
jamiyat qurishning ilmiy-nazariy asoslarini aks ettirilishi jihatdan mukammal, fundamental
dastur bo‘lgan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida mustaqillikdan
keyin O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy sohasidagi strategik vazifalarni ham belgilab
berdi. Umuman bu asar O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmga asoslangan dasturi
hisoblanadi. Chunki unda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurish sohasida ilgai
surilgan barcha g‘oyalar o‘tgan davrda o‘zining ifodasini topdi va jamiyatimiz tubdan yangi
bosqichga ko‘tarildi.
Darhaqiqat, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurilayotgan
bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori hisoblangan barkamol avlodda milliy
o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, adolatparvarlik kabi ma’naviy-ahloqiy negizlarni shakllantirish
muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan ham o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida ma’naviy-
4
ma’rifiy tarbiya tizimi o‘zining dolzarbligi bilan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” doirasida
ham alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki, unda o‘quvchi-yoshlarda milliy o‘zlikni anglashni
yuksak darajaga ko‘tarish, fidoyilik, vatanparvarlikni shakllantirish, o‘z vatani bilan faxrlanish,
xal qimizning milliy madaniy merosiga hurmat bilan qarashni shakillantirishga qaratilgan tarbiya
tizimi kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashda muhim omil ekanligiga ulkan e’tibor
qaratildi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va mavzuning dolzarbligini inobatga olgan holda
bitiruv malakaviy ishi mavzusini “MAKTABDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI
Do'stlaringiz bilan baham: |