69
Xulosa
Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan
tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik
qonuniyatlarni, bog’lanishlarni ko’rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan,
to’g’ri to’rtburchakning teng kvadratlarga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan
ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasini bog’lanishi ochib foydalaniladi...).
1-sinfdan boshlab to’g’ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko’pburchaklar va
ularning elementlari, to’g’ri burchak va hokozo kiritilgan.
O’quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari,
katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular
kesma va siniq chiziq uzunligini, ko’pburchak perimetrini, to’g’ri to’rtburchak,
kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish
malakasini egallab olishlari kerak.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga matematikani o’rgatish jarayonida hal
etiladigan ko’p masalalar ichida o’quvchilarning fazoviy tafakkur va tasavvurlarini
rivojlantirish kam ahamiyat kasb etmaydi (ya’ni katta ahamiyatga ega).
Shu narsa aniqki avvalgi mavjud dastur va metodikaga qaraganda hozirgi
zamon boshlang’ich maktabi juda ham ilgarilab ketgan. Boshlang’ich sinflarda
matematikani o’rganish davomida geometrik material talab va imkoniyat
darajasida arifmetik material bilan bog’langan.
Tekis figuralarning boshqa xossalari orasida yuzalarni o’lchash amaliy
usulga asoslangan. Dastur bo’yicha “Yuz. Yuz birliklari” mavzusi IV sinflarda
o’rganiladi. Yuz haqida boshlang’ich tushunchalarni shakllantirish bo’yicha
tayyorgarlik ishi I-II sinflardan boshlanadi.
Bosma asosidagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo’yash, mehnat
darslarida qog’ozdan figuralar qiyib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish
figurani tekislikning yopiq chiziq bilan chegaralangan bo’lagi sifatida mexanik
qabul qilishiga imkon beradi.
Geometrik sanoq materialidan foydalanib, bolalar bir-biridan juda farq
qiladigan yoki mutlaqo bir xil bo’ladigan figuralarni bemalol taqqoslaydilar. Biroq
70
tajriba shuni ko’rsatadiki, bolalar “figuraning yuzi” mavzusi materialini qiyinchilik
bilan o’zlashtiradilar. Masalan, turli shakldagi narsalarni taqqoslash ko’pincha
uning chiziqli o’lchamlarini taqqoslashga keltiriladi.
Bolalar ko’pincha yuzni o’lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash usuli
bilan aralashtirib yuboradilar. ”To’g’ri to’rtburchakning yuzini o’lchash nimadan
iborat?”,- degan savolga bolalar ko’pincha bunday javob beradilar: ”bu uning
bo’yini va enini o’lchab, ularni ko’paytirish demakdir”. Biroq to’rtburchakning
yuzini topish degan so’z unda yuz birligi (sm
2
, m
2
) necha marta joylashshini
aniqlashdir.