ko‘pchiligi kosmopolitdir. Ular, asosan, bir va ko‘p yillik o‘tlar hisoblanadi. O‘zbekistonda 87 turkumga mansub 252 tur uchraydi. Bug‘doydoshlar oilasi vakillarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati judayam muhimdir. Bularga: bug‘doy (Triticum), sholi (Oryza), makkajo‘xori (Zea), suli (Avena), tariq (Prosa), arpa (Hordeum) kabi turkumlarning vakillari kiradi. Oilaning asosiy vakillaridan biri bug‘doy o‘simligi bilan tanishamiz. Bug‘doy ‒ Triticum. Bo‘yi 1-1,5 m ga yetadigan bir yillik o‘simlik. Poyasining ichi kovak. Barglari lentasimon bo‘lib, poya bo‘g‘imlarida bittadan joylashgan. lldizi popuk ildiz. Aprel, may oylarida gullaydi, Gullari sarg‘ish rang bo‘lib, boshog‘idan chiqib turadi. Boshog‘i qiltiqli, ba’zi turlari esa qiltiqsiz. Iyun-iyul oylarida mevasi pishadi. Mevasi ‒ don. Doni oq yoki qizg‘ish rangda, usti qipiq bilan qoplangan. Bug‘doyning turlari ko‘p. Shundan 2 turi: yumshoq (T.vulgare) va qattiq (T.durum) bug‘doy bizda ko‘p ekiladi. Bugdoydoshlar (Boshoqdoshlar) oilasi -Poaceae Bu oilaning 700 ta turkumi va 7500-10000 ta turi er yuzining turli mintaqalarida keng tarqalgan. Ular bir yillik, ikki yoki kop yillik ot osimliklar, bazan buta va daraxtsimonlari ham uchraydi. Poyasi ot osimliklarida ingichka, naysimon, bogimlarga bolingan. Bogimlari bortgan ichi berk, bogim oraliqlarining ichi boshliqdan iborat. Barglari oddiy, bandsiz, bazan bandli, ketma-ket joylashgan. Ular poyani orab turadigan, naysimon uzun qindan va tasmasimon, nashtarsimon yoki begizsimon shaklga ega bolgan barg yaproqlaridan tuzilgan. Barg qinining-barg yaprogiga otish joyida yupqa pardasimon osimta tilcha va 2 ta quloqchasi bor. Tilcha 2ta yonbargchaning qoshilib osishidan hosil bolgan deb qaraladi. U poya bilan qin orasida suv tushishiga yol qoymaydi. Gullari mayda gulqorgonsiz bolib, ular oz navbatida boshoq supurgi, shingil, sota, rovak kabi oddiy va murakkab topgullarni hosil qiladi. Har bir boshoqcha 1 dan 10 tagacha. Bazan undan kop ikki jinsli yoki bir jinsli ikkita gultangacha barglar va ular ostidan chiqqan ikkita etli boshoq tangacha bargli gullardan tashkil topgan. Ayrim hollarda ularning soni ozgarib turishi ham mumkin. Biroq tangacha barglar boshoqchani orab turganini ostki, oralib turgan ichkaridagini esa ustki, boshoq tangacha barg deyiladi. Ulardan keyin changchi va urugchilarni orab turgan gultangacha barglar joylashgan boladi. Gultangacha barglarning boshoqcha ozagidan chiqqan etli va kattarogini ostki, uning qarshisida gul banddan chiqqan kichikrogini ustki gultangacha barg deyiladi. Gultangacha barglar ichida 1, 2, 3 ta bolib joylashgan kichkinagina yupqaparda bolib, bu parda ozgargan gulqorgon «Lodekula» deb ataladi. Lodekulalar tangacha barglarni itarib, ularni bir-biridan ajratadi va gulning ochilib turishiga imkon beradi. Changchilar asosan 3 ta yoki 6 ta, bazan 2 ta ham bolishi mumkin. Urugchi bitta, 2 yoki 3 mevabargning qoshilib osishidan hosil bolgan. Ustunchasi qisqa, bazan otroq holda bolib, tumshuqchasi 2 ta bolakka bolingan, patsimon tuzilishga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |