muallifning
bilim saviyasi, dunyoqarashi, izlanishlari xususida ob’yektiv
ma’lumotga ega bo'ladi. Shunisi ayonki, muallifning o‘zi haqida
yoki tanlagan mavzusida asar yaratishi maqsadga muvofiqligini
isbotlashi, nashriyot uchun muhim emas. Undan boshqa narsa -
kitobning mavzuini va belgilangan maqsadini aniq ifoda etishligi,
mufassal tuzilgan reja, tasvirlar beriladimi, agar beriladigan bo'lsa,
ilmiy ma’lumotnoma apparatining tavsifini belgilash talab etiladi.
Asar rejasi tarhning asosiy qismini tashkil etadi. Lekin rejalar
turlicha bo‘ladi. Masalan, oddiy reja - bunda mavzuni ochib berish-
ning asosiy yo‘nalishlari, muhim jihatlari aytib o‘tiladi.
Mufassal reja-burejauchun barcha asosiy masalalar bayonidan
tashqari, juz’iy masalalar tafsiloti ham xosdir. Nihoyat, tezislari
bilan mufassal rejada esa asosiy qoidalar sharhi bo‘ladi, bu - asar
mazmuni, asosiy g‘oyasini ancha to‘liq tasawur etish imkonini
beradi. Tarh uchun so'nggi xususiyat eng maqbul hisoblanadi.
Xo‘sh, muharriming nashriyotda asar tarhi ustida ishlashi
qanday natijaga olib keladi? Asosan, asarni baholashga. Bu shub
hasiz, muhim va jiddiy e’tibomi talab etadi. Agar muharrir jiddiy
tuzatishlar, qayta ishlashni talab etadigan tarhni ma’qullab qo‘ysa,
muallifhi to‘g‘ri mo‘ljaldan chalg‘itgan bo‘ladi, agar u tarh
ma’qullangan, shuning uchun asaming asosi hisoblanadi desa haq
bo‘ladi.
Asar tarhini baholashda, birinchi galda uning mazmuniga e’tibor
beriladi. Muallif o‘z ijodiy niyatini amalga oshirishda bayonning
qanday shaklini tanlagan bo'lmasin tarh-hujjat asar g‘oyaviy
yo‘nalishi, foydalaniladigan metodologik usullar, mavzuni ochib
berishlik qanday boshlanishi, materiallami to‘laqonli qamrab
olishlik ko‘lami haqida yaqqol tasaw ur berishi kerak. Ishning
tuzilishi (tarkibiy qismlari), asos (faktik) materiallar qay tartibda
bayon etilishi, ulardan asosiy va ikkinchi darajali, o‘rinli (muvaf-
faqiyatli) farqlanganligi haqida mulohaza bildirilganligi ham aha-
miyatga ega.
Tarh mazmuni bilan tanishish (mazkur hujjat garchi ancha
qisqa tuzilgan bo‘lsa-da) muallifiiing ijodiy (adabiy) salohiyatini
ma’lum darajada baholash imkonini beradi. Agar zarurat paydo
bo'lsa, nashriyot asar tarhini, mutaxassisga taqriz uchun berishi
mumkin. Keyinchalik ana shu mutaxassisni qo‘lyozma bilan
tanishishi maqsadga muvofiqdir. Bunday amaliyot, albatta, o‘zini
oqlaydi, chunki nashriyot vakolatli, ishning mohiyatini anglagan
holda ishga kirishish jarayonidayoq muallifga to‘g‘ri yo‘nalishni
tavsiya eta oladi. Agar mavzu ancha murakkab bo‘lsa, asar tarhi
tahririyat jamoasi tomonidan mutaxassis maslahatchilar ishtirokida
muhokama qilinishi mumkin.
Tahririyot - nashriyot amaliyotida, tajribadan ma’lumki, mu
harrirlar asar tarhini tahlil qilishda, mufassal bo‘lmagan rejaga
ko‘proq duch keladilar. Odatda, u qism, boblar, ya’ni asar ruknlari
(sarlavhalar)ning ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Afsuski, har doim
ham ruknlar (sarlavhalar) o‘zi taalluqli qism mazmuni bilan man-
tiqan uyg‘un bo‘lavermaydi. Bunday hujjat, tabiiyki, muallifga
qaytarilishi kerak. Muallif bunday vaziyatda o‘z bo'lajak asarida
yoritiladigan asosiy masalalami tezislar tarzida taqdim etishi
kerak bo‘ladi. Agar muallif asar tarhini qayta ishlab topshirganida
ham nashriyot talablarini qondira olmasa, unda u mazkur mavzu
bo‘yicha asar yozish uchun tayyor emasligini ko‘rsatadi. Natijada
asarni rejaga kiritish keyinga suriladi, shunda ham qoniqarli
ma’lumot olinmasa rad etiladi.
Agar aksincha bo‘lsa, ya’ni reja haddan tashqari kengaytirib
yuborilgan, unda ikkinchi, uchinchi darajali faktlarga keng o'rin
berilgan bo‘lishi ham ijobiy hoi emas. Muallif bunda asosiy
faktlami to'liq ko‘rsatmagan bo,‘lad Bunday vaziyatda muallifni
ogohlantirish, xatoga yo‘l q o ^ li^ jn i oldini olish muharriming
muhim vazifasi hisoblanadi. Ayrim asar tarhlarida qismlararo
hajmiy mutanosibsizlik uchraydi. Muallif ba’zi masalaga ko‘proq
ahamiyat beradi va uni mufassal yoritishga harakat qiladi. Bunda
muammoning ayrim tomonlariga sub’yektiv yondashish kuzatiladi.
Bunday hollarda muharrir muallifga har bir qism hajmini aniq
belgilab olishni maslahat berishi kerak. Bundan tashqari undan
boblaming birinchi yozilganini ko‘rib chiqish uchun topshirishni
iltimos qilish lozim.
Asar tarhining tahlili va unga berilgan baho muharrir xulosasida
o‘z aksini topadi. Yuqoridagilardan muddao bir yoki bir necha
muallif tomonidan yangi, o‘ziga xos asar yaratilishidir.
Nashr mahsuloti, aytish kerakki, turli-tuman: darslik, o‘quv qo‘l-
lanma, monografiya (barcha sohaga oid), ma’lumotnoma, ensiklo-
pediya va lug‘atlar, badiiy asarlar va hokazo. Ulaming barchasi o‘ziga
xos xususiyatga ega. Bu nashrlaming barchasi, tabiiyki, o‘z xususiyati
bilan boshqalaridan ajralib turadigan tarh asosida yaratiladi. Aytaylik,
ensiklopedik nashrlar tarhi vazifasini so‘zlik bajaradi.
Ensiklopedik nashrdagi har bir termin (maqola sarlavhasi) haqida
so‘zlikda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: maqolaning aniq
sarlavhasi; qisqacha annotatsiya (bunda, odatda, fan sohasi, adabiy janr,
tarixiy davr va h.), maqola nima haqidaligi termindan aniq anglashilib
tursa, annotatsiya berilmaydi; maqola hajmi belgilarda; bibliografiya
berilishi yoki berilmasligi; maqolaga tasvir ilova qilinadimi yo‘qmi;
chizmalar, xaritalar, suratlar, karta-chizmalar. Agar sarlavha quruq o‘zi
bo‘lsa, qaysi maqolaga havola qilinishi ko‘rsatiladi.
So‘zlikda nashming g‘oyaviy yo‘nalishi, fanlar tasnifi haqidagi
ma’lumot, ma’lumotnomaning tuzilishi o‘z aksini topadi. So‘zlik
tuzish ko‘p mehnat va kunni talab etadi. Shunga ko‘ra uni tuzishga
hamisha mas’uliyat bilan yondashish talab etiladi. Nashming
maqsad va vazifasini albatta hisobga olish zarur.
So‘zlikka terminni tanlash uni tuzuvchilardan, muharrirdan
yuksak malaka va tajriba talab etadi. Shundagina terminlar o‘z
о ‘ mini topadi. Bu masalalami hal etish tahrir hay ’ atidan ham yuksak
mas’uliyat talab etadi. Mana shuning uchun ham so‘zlikni tuzishda
muharrirlar, mualliflar, muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, tash-
kilotlar ishtirok etadi. So‘zlik mutaxassislar tomonidan taqrizlanadi,
bundan tashqari, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
Darsliklar tarhi o'ziga xos xususiyati bilan boshqalardan ajralib
turadi. Bunday nashrlar rejasi bo‘lib o‘quv dasturi hisoblanadi.
Darslik tarxida у ana uning umumiy hajmi va ayrim qismlar har
birining hajmi alohida ko‘rsatiladi. Nashr qismlarining hajmi dars-
lar, shu qismni tashkil etgan mavzuni o‘rganishga ajratilgan soat
miqdoriga asosan belgilanadi. Bulardan tashqari, agar, zarurat
bo‘lsa, tarxda, odatda, kitobda, qaysi qismlar majburiy (asosiy),
qaysi qismlar ixtiyoriy (fakultativ)ligi qayd etiladi. To‘plamlar
(xrestomatiyalar), tazkira (antologiya)laming tarxi alohida talablar
asosida tuziladi. Shunday nashrlami tuzuvchilar materialni
tanlash,
ulami kitobda joylashtirishning tamoyilini tushuntirishadi.
Shuningdek, to‘plamlardagi har bir maqola (materialning) hajmini
ko‘rsatishlari shart.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Mumtoz va taijima asarlar nashri qanday kechadi ?
2. Nashriyot va mualliflik xuquqi to‘g‘risida nima bilasiz ?
3. Asar tarhi nima ?
4. Asar tarhining tahlili nima uchun kerak, u bilan kim shug‘ul-
lanadi ?
5-§. Muallifning qo‘lyozma ustida ishlashi.
•
Do'stlaringiz bilan baham: |