Asar qo‘lyozmasi ustida ishlash.
• Muharriming muallifga ko (magi.
•
Muallifga yordamlashish shakllarL
• Asar qo ‘lyozmasining kitobxonlar bilan muhokamasL
•
Muharrir chop etilajak asar muvaffaqiyatini ta
’minlovcht
Asar tarxi tasdiqdan o‘tgach va shartnoma imzolangach nashr
jarayonining yana bir bosqichi, ya’ni muallifning qo‘lyozma
ustida ishlash bosqichi boshlanadi.
To‘g‘ri, bu bosqichda qo'lyozma ustida muallifning o‘zi ish-
laydi, muharrirga taalluqli joyi yo‘q-ku, degan savol tug‘ilishi tabi-
iy. Shuning uchun bu bosqichni nashr jarayoni tarkibiga kiritish
uchun asos bormi, yo‘qmi ?
Bunga javob aniq. Ma’lumki, nashriyot-matbaa ijodiy uylari
muallif bilan bosmaxona o‘rtasidagi pochta idorasi emas. Qo‘lyoz-
mani oladi-yu, ishlab chiqarishga o'tkazadi. Garchi bugungi kunda
nashriyot bilan bosmaxona yagona ishlab chiqarishga (ham ijodiy.
ham jismoniy) aylantirilgan bo‘lsa-da, nashriyot ijodiy faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi tarkib muhim mafkuraviy, ijodiy va
2
ifani
bajaradi hamda barcha adabiy jarayonga ta’sir etadi.
Jamiyatning turli-tuman mavzudagi adabiyotlarga bo‘lgan
ehtiyojini o‘rganib, o‘z mualliflarining mohirona, zamona talab-
lariga mos holda muloyimlik bilan yo‘naltirib turadi, ularga ham
maslahatlar berib, ham amaliy ish bilan ko‘maklashib turadi.
Muharrir shunday mutaxassiski, u qaysidir darajada muallifga us-
tozlik qiladi, yordamlashadi. Bu ishlami u ayni kitob yaratishning
muallifining qo‘lyozma ustida ishlash bosqichida amalga oshiradi.
33
Muharriming asosiy vazifasi muallifga, ayniqsa, yosh ijodchi-
larga yordamlashishdan iboratdir. Mualliflik borasida oq-qorani
tanigan, tajribali ijodchilar ham muharrir ko‘magidan o‘zini chetga
ololmaydi, zero ular har qancha bilimdon bo‘lmasinlar, boshqa
sohaning malakali - mutaxassisidir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, muharriming muallifga ko‘magi
zinhor biror bob yoki biror qismini yozib berishdan iborat emas.
Bunday ko‘mak “muallif uchun” foydadan ko‘ra ko‘proq zarar
keltirishi tayin. Muharriming muallifga ko‘magi maslahat tarzida
do‘stona bo‘lishi lozim, chunki u adabiy asar yaratish, noshirlik
texnikasi va texnologiyasini har qanday muallifdan ko‘ra yaxshi
biladi. Muharriming muallif bilan hamkorligining keng tarqalgan
shakli suhbatdir. Suhbat chogMda ishning ayrimmurakkab jihatlari,
manbalar, asaming kompozitsion tuzilishi, qismlaming mantiqiy
uyg‘unligi, sarlavhalar va matnning mazmunan tadrijiyligi, asar
qismlarining mazmunan yaxlitligi, asaming tili va uslubi, xullas,
amaliy muhim masalalar, muallifga qiyinchilik tug‘diruvchi no
shirlik bilan bog‘liq muammolar hal etiladi. Muharrir muallifga
nashrlardan, arxivdan, manbalardan, kutubxonalardan foydalanish
yo‘llarini ko‘rsatadi.
Ba’zan suhbat jarayonida muharrir muallifn tg mo‘ljallangan
ishini bajara olmayotganini, u ham asar yaratish uchun tayyor
emasligini payqab qolishi mumkin. Ba’zan muallifning o‘zi men bu
asarni (maqolani) nashriyot talabi darajasida tayyorlay olmayman,
deb ochiq-oydin tan olishi mumkin.
Shaxsiy ish tajribamdan shu narsa ma’lumki, 0 ‘zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotida ilmiy tahririyat mudiri
vazil’asida ishlagan kezlarim universal ensiklopediyaning yangi
nu.shri birinchi jildini tayyorlash vaqtida bir qator mualliflarga ular
ixlisosligi bo‘yicha so‘zlikdagi maqolalar tarqatildi. Shunda bir
muullil'“Afrosiyob” maqolasini men yozib berayin deb taklif etadi
va o'zida ayrim, Afrosiyob (go‘yo tarixiy shaxs emish) haqida bir
qancha ma’lumotlarga ega ekanligini ta’kidlaydi. Men tahririyat
mudiri sifatida mazkur maqola ensiklopedik tavsifda bo‘lishi, unga
so‘zlikda ajratilgan belgi miqdori haqida ma’lum qilib, quyidagi
ma’lumotlar berilishi maqsadga muvofiqligini bildirdim. Shartlar
quyidagicha edi:
1. Afrosiyob tarixiy shaxsmi?
2. Avestodagi Afrosiyob kim?
3. “Shohnoma”dagi Afrosiyob kim?
4. Samarqanddagi qadimiy manzilgoh, Toshkentdagi Mingo‘rik
nima uchun Afrosiyob deb ham atalgan, etimologiyasi qanday?
5. Turkiy yozma yodgorliklarda nima uchun Afrosiyob nomi
uchraydi?
6. Alisher Navoiyning Afrosiyobga munosabati qanday?
Oradan bir haftalar o‘tgach maqolani tayyorlashni o‘z zimmasiga
olgan muallif tahririyatga kelib, yuqoridagi barcha shartlar bo‘yi-
cha maqolani tayyorlay olmasligini bildirdi.
Maqolani kimga tayyorlatish uchun muallif izlay boshladim va
oxiri bir to‘xtamga keldim. Xullas, mo‘ljalimizdagi, ya’ni deyarli
talab darajasidagi materialga ega bo‘ldik. Fikrimizning isboti uchun
maqola matnini to‘liq keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |